Moodup.uz
Sardorbek Begaliyev1. Sotib olgan mahsulotni qaytarish yoki boshqa mahsulotga almashtirish mumkinmi?
Agarda do’konlarning o’zida mahsulotni qaytarish imkoniyati bo’lsa bizning platformamiz
orqali ham mahsulotni qaytarish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Agarda mahsulotni sotib olgan
do’koningizda mahsulotni qaytarish yoki almashtirish imkoniyati bo’lmasa, bizning
platformamiz orqali ham buni imkoni bo’lmaydi va sotib olgan mahsulotingiz qaytarilmaydi.
2. Sotib olgan mahsulotni defekti bo’lsa uni qaytarishni iloji bormi?
Ha albatta. Moodup platformasi orqali sotib olingan mahsulotning defekti bo’lsa uni boshqa
mahsulotga almashtirish, agarda aynan siz sotib olgan mahsulotdan boshqa o’lcham
bo’lmasa sotib oluvchining o’z hohishiga ko’ra boshqa mahsulotga almashtirishi yoki pulini
qaytarib olish imkoniyatiga ega.
3. O’lchamlarimni bilmasdan mahsulotni olishim mukinmi?
Agarda o’lchamni aniq bilmasangiz, sotuvchi tomonidan yana bir qo’shimcha o’lcham
yuborilishi mumkin va ulardan birini olish imkoniyatiga egasiz. Agarda qo’shimcha o’lcham
tanlanmagan bo’lsa, mahsulot o’lchami tog’ri kelmagan holda, mahsulotni olganingizdan
boshlab 24 soat ichida uni qaytarish va boshqa o’lchamga o’zgartirish imkoniyatiga ega
bo’lasiz.
4. Sotib olgan mahsulotimga to’lov qildim, ammo men so’ragan o’lcham topilmasa pul
qaytariladimi?
Agarda siz sotib olgan mahsulotingizda belgilagan o’lchamingiz bo’lmasa yoki tugagan
bo’lsa, pul to’liq holatda qaytariladi.