Moodle platformasi! Qisqacha ta'rif beramiz!

Moodle platformasi! Qisqacha ta'rif beramiz!

Dilshod Tursimatov


Assalomalaykum hurmatli talabalar. Hozirda barchamizda moodle tizimi bo‘yicha ko‘plab sizga javoblari mavhum bo‘lgan savollar tug‘ulayotgani tabiiy holatdir. Albatda axborot texnologiyalari sohasida har bir loyiha ishga tushirilayotgan bir vaqtda o‘z qo‘llab quvvatlash markazi va undan foydalanish yo‘riqnomasiga ega bo‘lishi talab etiladi. Moodle platformasining ham o'z qo‘llab quvvatlash markaziga va foydalanish yo‘riqnomasiga ega va siz moodle.com sayti orqali batafsil tanishishingiz mumkin. Biz esa o‘z jamoamiz bilan moodle platformasida javoblari mavhum bo‘lgan(balki siz uchun emasdir) savollarga javob topishga yordam berish uchun telegram tarmog‘ida @moodle_info kanalini tashkil etdik. Biz ushbu kanal orqali sizga eng kerakli va foydali maʼlumotlarni taqdim etib boramiz. Bizni kanalimizga obuna bo‘ling va o‘zingiz uchun moodle tizimida yangi imkoniyatlaridan foydalanishni kashf eting!

Moodle platformasining rasmiy logotipi

Bugun sizlar bilan moodle platformasi o‘zi  nima ekanligiga qisqacha to'xtalamiz? O‘zi nega bu platforma bizga joriy etildi degan savol sizda tug‘ildimi? To‘xtang eʼlon qilingan karantin haqida gapirmoqchi emasman!

Keling yaxshisi qisqacha tarif berib ketaylik. moodle tizimining ilk versiyasi 2002-yilda taqdim etilgan bo‘lib, Ingliz tilidagi Modular Object-Oriented Dynamic Learning Environment(obyektga yo‘naltirilgan modulli dinamik o‘qitish muhiti) so‘zlarining qisqartmasidir. moodle platformasi kurslarni boshqarish yoki masofaviy taʼlim platformasi deb ataladi. Shu o‘rinda aytib o‘tishni joiz deb bildim: Bizga tanish bo‘lgan va o‘z zamonasining qahramoni bo‘lgan Windovs XP operatsion tizimining ilk versiyasi 2001-yilda eʼlon qilingan.

Windows XP
O‘ylaymanki shu vaqtga qadar rivojlanib kelgan va ayni kunda eng oxirgi versiyasi 2020-yil 13 yanvarda eʼlon qilingan 3.8.1 versiyasi bilan bizda bu platformaga bo‘lgan ishonchimizni yanada orttiradi degan fikrdaman.

  Moodle tizimining yana bir afzalligi shundan iboratki platforma litsenziyasi ochiq kodli bo‘lib, undan foydalanish hamma uchun bepul hisoblanadi. Shuning uchun ham bu platforma masofaviy taʼlimda eng mashhur platforma hisoblanadi!

  • Qo'llab-quvvatlaydigan o'qitish formatlar. Moodle barcha zamonaviy formatlarni qo'lllab quvatlaydi. SCORM, AICC va IMS formatlarni qo'llay olishi.
  • Integratsiya. Moodle yengillik bilan boshqa tizim va servislar bilan integratsiyalashishi. Masalan siz o'zingizni CRM sistamsi bilan bog'lamoqchi bo'lsangiz Arlo yoki Edwiser Bridge pluginlari orqali bog'lashingiz mumkin. Yoki masalan hozirda mashhur bo'lgan zoom platformasi bilan bog'lashingiz mumkin.
  • O'qitish ma'lumotlari. Moodle matli(pdf, doc, xls), rasmli, taqdimotlar, testlar va kurslarni qo'llab quvvatlaydi. Videolarni ham qo'llab quvvatlayda va hamda ularni real vaqtda uzatish imkoniyati ham mavjud. Yana shuningdak videolar bilan interaktivlik imkoniyatini ham taqdim etadi.
  • Mobil ilova orqali ta'lim. Siz smartfoningiz va planshetingizning brauzerlari orqali ochishingiz mumkin, ya'ni Chrome, Safari yoki Moodle mobilel ilova dastur orqali
  • Hisobotlar. Moodle da siz istalgan ko'rinishda hisobotlarni olishingiz mumkin. Masalan foydalanuvchi tizimda umumiy hisobda qancha vaqt sarf qilgani!


t.me/moodle_info

Moodle tizimi bo'yicha savollaringizni t.me/moodle_info_bot manziliga yuboring!






Report Page