Monopoliya o'zi nima?

Monopoliya o'zi nima?

Ikrom
«Xali rivojlanmagan iqtisodingni butkul o‘ldirmoqchi bo‘lsang — neoklassik iqtisodchilar maslaxatlariga quloq sol» (s)
Shu kabi “iqtisodchilarimizni” — diabetdan o‘layotgan odamni shakar bilan davolashga chaqirayotgan tabiblarga o‘xshataman.

Avvalambor aniqlashtirib olaylik: birlamchi maqsad — shunchaki "monopoliyaga barxam berish" EMAS, chunki monopoliya (xozir ko‘pchilik uchun syurpriz bo‘ladi) — xar doim xam faqatgina salbiy omil bo‘lavermaydi. Misol uchun, Janubiy Koreyaning xam, Yaponiyaning xam keskin rivojlanishi — aynan maxalliy monopoliyalarga asoslangan. Koreyada bunday monopoliyalar “chebol”, Yaponiyada — “dzaybatsu” (xozir “keyretsu”) deb atalgan. Ularga misollar — Samsung, Mitsubishi. Eʼtiborlisi shuki, Koreyada xam, Yaponiyada xam bunday gigant korporatsiyalar bevosita davlat nazorati va boshqaruvi asosida tuzilgan va faoliyat ko‘rsatib kelgan.

Demak, birlamchi maqsad — shunchaki monopoliyalardan qutilish emas, ushbu monopoliyalarni IQTISODIY O‘SISHGA xizmat qildirish bo‘lishi kerak (yuqorida esga olingan davlatlardagidek).

Xo‘p, buning uchun “iqtisodchilarimiz” maslaxatiga asosan, boj to‘lovlarini bekor qilish orqali erishib bo‘ladimi? Bu savolga javob berish uchun, tarixga nazar solishimizga to‘g‘ri keladi — o‘zi bironta rivojlanmagan davlat shunday yo‘l bilan rivojlana olganmi? Javob oddiy — YO‘Q, bironta davlat chegaralarini tashqi tovarlarga ochib qo‘yish orqali rivojlanmagan.

Misol uchun, dunyo tarixidagi eng yirik imperiya bo‘lgan Buyuk Britaniyani olaylik. Unda 15-asrdanoq, Tyudorlar nasliga mansub Genrix VII tomonidan o‘sha paytda Angliyaning asosiy sanoat soxasi — jun tekstili maxsulotlari uchun qatʼiy to‘siq bojlari o‘rnatilgan, tashqaridan keluvchi junga butkul yo‘l yopilib. Ushbu bojlar Tyudorlardan keyin xam saqlanib qolib, 18-asrda (1721 yilda), xatto KUCHAYTIRILGAN xam, ro‘yxatga boshqa tovar turlari qo‘shilib. 1770 yillarga kelib, Angliya ushbu soxalarda boshqa davlatlardan shunchalik o‘zib ketganki, o‘sha paytda yashagan Adam Smit Angliya uchun proteksionizm siyosatiga endi xojat xam yo‘qligini yozib chiqqan. Biroq Angliyada proteksionizm siyosati yana salkam bir asr davom etib, faqatgina 1860 yilda, bu soxada Angliya allaqachon birinchi o‘ringa chiqib olganda bekor etilgan. Bu paytga kelib, butun dunyo jun tekstilining 20%, sanoat maxsulotlarining 40%i Angliyaga to‘g‘ri kelgan.

Endi boshqa bir liderga — AQSHga nazar tashlaylik. Mustaqillikka erishungcha, u yerda sanoat Angliya tomonidan atayin bostirilib, rivojlantirilmay kelingan. 1766 yil Angliya premyer-ministri gapiga ko‘ra, "Amerikaliklarga xatto taqa uchun mixlarni ishlab chiqarishga yo‘l qo‘ymaslik darkor" bo‘lgan.

Mustaqillikka erishgach, AQSH xukumati qanday qilib o‘z sanoatini rivojlantira oldi? Xa, aynan o‘sha proteksionizm siyosati orqali. 1791 yildayoq (mustaqillikdan 25 yil o‘tgach) Gamilton tomonidan yosh amerika sanoatini qo‘llab-quvvatlash uchun kuchli boj soliqlari va davlat subsidiyalariga tayanish siyosati taklif etilgan. Natijada, 1830-yillarga kelib, AQSHda DUNYO BO‘YICHA ENG BALAND BOJ TO‘LOVLARI amal qilgan, to ikkinchi jaxon urushigacha (yaʼni AQSH dunyo bozorida to‘laqonli lider bo‘lib olgunigacha). Aytgancha, bugungi kunda, ayni damda u yana ochiq proteksionizm siyosatiga o‘tyapti, Xitoy tovarlar bilan raqobatlasha olmay qolishi bilanoq.

Xuddi shunday siyosatdan boshqa rivojlangan Yevropa davlatlari (Fransiya, Germaniya va x.k.) xam foydalanishgan.

Ironiya shundaki, xuddi shu paytning o‘zida, bu davlatlar boshqa davlatlarning ichki bozorlarini ular uchun ochib berishiga xarakat qilib kelishgan. Misol uchun, Yaponiyaning ichki bozorini “ochishda”, 1853 yilda AQSH xukumati shunchaki o‘z xarbiy kemalarini Yaponiya qirg‘oqlariga olib kelib, agar u ichki bozorini AQSH uchun ochib bermasa (deyarli boj to‘lovlarisiz), uni bombardimon qilib tashlashini aytgan. Xuddi shu yo‘sinda 19-asrda Xitoy, Lotin Amerika davlatlari, Eron, Usmoniylar imperiyasi, Siam (bugungi Tayland) bozorlari “ochilgan”, Yevropa va AQSH davlatlari uchun. Tabiiyki, bunday xolat ushbu davlatlar sanoati va iqtisodini uzoq yillarga rivojlanmay qolishiga maxkum qilgan (chunki maxalliy sanoat tovarlari rivojlangan derjavalar tovarlari bilan umuman raqobatlasha olmagan). (davomi pastda)

https://t.me/mirziyod_mir/171

Endi nima bo‘layotganini ko‘ryapsizlarmi? Bizning "taniqli iqtisodchimiz" — bir paytlar zambaraklar ostida qabul qilishga majbur qilingan iqtisodiy siyosatni o‘z xoxishimiz bilan qabul qilishimizga chaqiryapti. Va bundan xayron bo‘lishga xojat xam yo‘q, chunki o‘z paytida proteksionizm siyosati orqali rivojlanib bo‘lgan davlatlar uchun endi boshqa (rivojlanmagan) davlatlarni "ochiq bozor" siyosatiga daʼvat qilish manfaatli (chunki bunday raqobatda kim yutib chiqishi aniq). Xamma zamonaviy “krutoy” oliy o‘quv yurtlarida o‘tiluvchi iqtisod fani xam shunga moslab yozilgan.

Yuqorida yozilganlardan, xozirgi iqtisodiy siyosatimizni (xususan, avtoprom soxasida) qo‘llab-quvvatlayotgandek tuyulgan bo‘lsam, aytishim mumkin — mutlaqo unday emas. Bizning iqtisodiy siyosatimizda yo‘l qo‘yilgan xato — “a”ni aytib, “b”ni aytmaganimiz, yaʼni proteksionizm siyosatini boshlab, keyingi bosqich — maxalliy sanoat, injenerlik maktabi va bularni kadrlar bilan taʼminlovchi ilm-fan soxalarini rivojlantirishni amalga oshirmaganimiz bo‘ldi. Biz xaligacha BIROVNING moshinalarini "otvyortka sborkasi" orqali yig‘ib, sotib yotibmiz. Vaxolanki maqsad — boshqalarning texnikasini o‘zimizda yig‘ish jarayonida ularni obdon o‘rganib, O‘ZIMIZNING texnologiyalarimiz asosida o‘zimizning texnikani ishlab chiqarishga asos solish bo‘lishi kerak edi (o‘z paytida SSSR, Koreya, Yaponiya, Xitoylar kabi). Menimcha, bu yerda shunchaki elitamizning "muximi, bugungi kunimizga yetib turibdi, ertaga xudo poshsho" dunyoqarashiga amal qilib kelishi to‘sqinlik qilyapti, ushbu sanoat modernizatsiyasi jarayonini oxirigacha olib borishimizga. Yuqorida sanab o‘tilgan davlatlar o‘z olim va injenerlarini yetishtirib chiqarish uchun, bepul ommaviy taʼlimga zo‘r berishgan bo‘lsa, bizda “super-kontraktlar” kiritilib, byudjet o‘rinlari yildan-yilga kamayib boryapti.

Xullas kalom, siyosat o‘zgarishi kerak (va u MAXALLIY YIRIK SANOATNI rivojlantirishga qaratilishi kerak, shunchaki "mashinalarni arzon sotish"ga emas), biroq aniq chegaralarni tashqi tovarlarga ochib berish shaklida emas. “Monopoliyalarimiz” tepasiga shunchaki "mayda bozorchi" dunyoqarashli (faqat bugungi kun daromadini o‘ylagan) odamlar emas, balki uzoq perspektivali rivojlanish kategoriyalarida fikrlovchi odamlar kelishi kerak.

https://t.me/mirziyod_mir/172


Oxirgi postimga qo‘shimcha "aniqlashtirish posti" yozmasam bo‘lmaydiganga o‘xshaydi, uni noto‘g‘ri tushunganlar soniga qaraganda. Post matni shundog‘am cho‘zilib ketgani uchun, "bugungi kunimizga" atalgan oxirgi qismi bir oz chalaroq bo‘lib qolganmi, yo xatto shu oxirgi 2 abzasni ko‘pchilik o‘qib o‘tirmaganmi, lekin kuni bo‘yi o‘sha ikkita abzasda yozilganni qayta-qayta yozib borishga majbur bo‘ldim, "sen ochko‘z monopolistlarimizni qo‘llab-quvvatlayapsan!" deb laʼnatlab ketgan birodarlarimizga javoban.

O‘zi kelib-kelib meni (yaʼni umuman burjuylarga qarshi odamni) bunday "shayton advokati" rolida ko‘rishligi mumkinligini xecham tasavvur qila olmasdim :)

Xullas, pozitsiyamni yana bir bor aniqlashtirib o‘tay:

— Men "monopolchilarimiz — yaxshi" demayapman (qandayligini yozib o‘tirmayman, notsenzur so‘zlar bo‘lmasligi uchun);

— Men "avtomobillarning narxi xaddan tashqari balandligi — yaxshi" demayapman (xotya... shunchalik qimmatligida ko‘chalarni, yo‘llarni, uylar oldi va bolalar maydonlarini to‘ldirib tashlagan mashinalarga qarab, arzonlashtirilsa, nima bo‘lishini tasavvur qilishga qo‘rqyapman)

— Men "ichki bozorda faqat bitta maxalliy avto ishlab chiqaruvchi bo‘lishi kerak" demayapman. Agar bu soxada 2-3 ta korxona o‘zaro raqobatlashib, mashina va boshqa texnika chiqarsa, fakat yaxshi bulardi albatta.

Mening aytayotganim — shu bittagina korxonani YO‘QOTMASLIK KERAK, qanchalik yomon ishlasa xam (chunki yomon ishlayotgan narsani to‘g‘rilash — ancha osonroq, noldan yangisini yaratishdan ko‘ra). Shuning uchun tashqi bojlarning bekor qilinishiga qarshi chiqyapman (mening fikrim xech nimaga taʼsir qilmasa xam).

Va qaytaraman, avtosanoatimizning asosiy muammosi — shunchaki qimmat narxlarda emas, balki soxaning o‘zi rivojlantirilmay, soxaning asosiy maqsadi bo‘lmish butkul MAXALLIY avtomobillar rusumlarini ishlab chiqarish xaligacha yo‘lga qo‘yilmaganida. Agar xar bir qimmatga sotilgan mashinadan tushgan qo‘shimcha pul — kimningdir cho‘ntagiga emas, balki yangi maxalliy injenerlarni, dizaynerlarni, fizik-ximik-matematiklarni yetishtirib chiqaruvchi bepul taʼlim tizimiga, va ushbu mutaxassislarga to‘laqonli o‘z avtomodellarimizni (boshlanishiga unchalik zo‘r bo‘lmasa xam) yaratishi uchun yaxshi maoshlariga sarflanganida, men bunday qimmat narxlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardim (chunki bu — o‘z paytida butkul maxalliy arzon mashinalarimiz yaratilishga poydevor bo‘lardi). Binobarin, xalqimiz prezidentdan va avtosanoatimizdan "tashqi bojlarni bekor qilinishini" emas, "to‘laqonli o‘zbek mashinalari yaratilishini" talab qilishi kerak birinchi o‘rinda, aks xolda tashqariga texnikani emas, gasterbayterlarni eksport qilib yuraveramiz (o‘zimizda qolganlar inomarkalarni xayday olishi evaziga).

Lekin ochig‘ini aytsam, yengil avtomobillardan ko‘ra, jamoat transporti (zamonaviy avtobus, trolleybus, tramvay, poyezdlar) ishlab chiqarilishiga asosiy urg‘u berilganida, jamiyat uchun foydasi ancha ko‘proq bo‘lardi.

https://t.me/mirziyod_mir/173


Bir-ikki yil avval monopoliyalar xaqida post yozgandim. Shu mavzu bo‘yicha so‘nggi yirik xabarlardan — xammangizga maʼlum Microsoft korporatsiyasi tomonidan o‘yinlar dunyosidagi boshqa bir gigant — Activision-Blizzard korporatsiyasinining sotib olinishni bo‘ldi. Bor-yo‘g‘i 70 MILLIARD DOLLARGA. Yesli chto, butun boshli O‘zbekistonning yillik VVPsi $57.7 milliardligini eslataman.

O‘z navbatida, Activision-Blizzard korporatsiyasi bir paytlar ikkita yirik korporatsiyaning birlashishidan xosil bo‘lgandi. Bu, birodarlar, kapitalizmga TABIATAN xos MONOPOLIZATSIYA jarayonining yana bir yorqin namoyondasidir (monopoliya faqat O‘zbekistonga xos deb yurganlar maʼlumotiga). Quyidagi rasmda o‘yinlar soxasidagi oligopoliya xolati tasvirlangan. Bir paytlar unda ko‘rsatilgan xar bir firma — mustaqil bo‘lgan.

From comment:

Savol: Bizdakidan farq qilsa kk manopoliyasi

- oborotini kattaligini

- avval mustaqil bogan firma qoshib olingandan kn loyixalari tuxtatib qoyilmasa kk

Javob: Yuk, moxiyatan fark kilmaydi. Yaʼni bizdagidek, isteʼmolchilarning tanlash imkoniyatini kamaytiradi, bozordagi xukmronligidan foydalanib, narxlarni oshira oladi (sifatni unchalik yaxshilamay xam) va unga kelajakda konkurentlik kilishi mumkin bulgan xar kanday yangi korxonaga turli tusiklar urnatadi, yo kichkinaligidayok sotvolib, yo boshkachasiga yuk kilib borishga intiladi. "Yaxshi monopoliyalar" bulmaydi, va bizdagi GM xam "eng daxshatli monopoliya" emas. Xakikiy “daxshatli” monopoliyalarni biz xali yettib uxlab, tushimizda kurmaganmiz (Britaniya va umuman Yevropa kolonial tarixi bilan tanishib kurishni tavsiya kilaman).

avval mustaqil bogan firma qoshib olingandan kn loyixalari tuxtatib qoyilmasa kk — Bu masalada xam xar xil. Baʼzida shunchaki uzida yuk texnologiyalarni yo patentlarni kulga kiritish uchun boshka kompaniya sotvolinadi va ushbu texnologiyalar uzlashtirilgach, eski korxona shunchaki yuk bulib ketadi (yorkin misol — usha Microsoft sotib olgan Nokia), baʼzida bozor kamrovini kengaytirish uchun sotib olinadi, baʼzida shunchaki rakobatni yuk kilish uchun (rakibni sotib olib, keyin uni shunchaki yopib yuborish xolatlari xam buladi). Eng yomoni, bozor monopollashib borgan sari, ISHCHILARNING xak-xukuklari xam kamayib boradi (chunki ulardagi tanlov imkoniyatlari kamayib boradi). Xullas, kapitalistik bozordagi xususiy monopoliyadan xali xech kachon foyda bulmagan odamlarga.

https://t.me/mirziyod_mir/245?comment=289

https://t.me/mirziyod_mir/245


Milbern Pennibegs yoki «Janob Monopoliya» - Monopoliya o‘yini ramzi. U kostyum kiygan, boshida silindr shlyapa va mo‘ylovli keksa odam ko‘rinishida tasvirlangan. Ilk bor 1936-yil monopoliya o‘yinining Chance va Community Chest amerikancha turida ko‘rinish beradi.

Maʼlumotlarga qaraganda «Janob Monopoliya», rassom Den Foksga tegishli.

https://t.me/wikipediya_1/388



Report Page