«Moʻminning najoti» kitobi boʻyicha testlar

«Moʻminning najoti» kitobi boʻyicha testlar

Hilol dasturlari

1. Zakot soʻzining lugʻaviy maʼnosi nima?
A) Poklik
B) Oʻsish
C) Yuqoridagi javoblar toʻgʻri
Toʻgʻri javob: C

2. Zakotga toʻgʻri taʼrif berilgan qatorni toping.
A) Maxsus moldan maxsus juzni barcha odamlarga Alloh roziligi uchun sadaqa qilib berish
B) Maxsus moldan maxsus juzni maxsus shaxsga Alloh roziligi uchun mulk qilib berish
C) Qoʻldagi moldan ayrim qismini Alloh roziligi uchun barcha musulmonlarga berish
Toʻgʻri javob: B

3. Zakot qachon farz qilingan?
A) Hijriy 1-sanada Ramazondan oldin
B) Hijriy 2-sanada Ramazondan oldin
C) Hijriy 2-sanada Ramazondan keyin
Toʻgʻri javob: B

4. Zakot farz boʻlishi uchun molda boʻlishi lozim boʻlgan shartlar qaysilar?
A) Nisobga yetishi, toʻliq mulk, feʼlan yoki taqdiran oʻsuvchi boʻlishi
B) Hojati asliyadan ortiqcha, qarzdan xoli, bir yil toʻlgan boʻlishi
C) Yuqoridagi javoblar toʻgʻri
Toʻgʻri javob: C

5. Molning nisobga yetishi deganda nima tushuniladi?
A) Molning zakot berish uchun yetarli boʻlishi
B) Zakot berish uchun insonda oz miqdorda boʻlsa ham mablagʻ boʻlishi
C) Zakot beruvchining mulkka kamida 1 yil mobaynida egalik qilgan boʻlishi
Toʻgʻri javob: A

6. 5 tadan 24 tagacha tuyasi bor odam zakotga nima beradi?
A) Har 5 tasidan 1 ta qoramol
B) Har 5 tasidan 1 ta qoʻy
C) Har 5 tasidan 1 ta tuya
Toʻgʻri javob: B

7. 1 tadan 29 tagacha qoramoli bor odam zakotga nima beradi?
A) 1 ta qoʻy
B) 1 ta echki
C) Zakot yoʻq
Toʻgʻri javob: C

8. 30 tadan 39 tagacha qoramoli bor odam zakotga nima beradi?
A) Ikki yoshli urgʻochi buzoq
B) Bir yoshli erkak yoki urgʻochi buzoq
C) 2 ta qoʻy
Toʻgʻri javob: B

9. Qoʻylarning soni nechtaga yetganda nisobga yetgan boʻladi?
A) 30 taga
B) 40 taga
C) 50 taga
Toʻgʻri javob: B

10. 40 tadan 119 tagacha qoʻyi bor odam zakotga nima beradi?
A) Bitta qoʻy
B) Ikkita qoʻy
C) Bitta echki
Toʻgʻri javob: A

11. 120 tadan 200 tagacha qoʻyi bor odam zakotga nima beradi?
A) Toʻrtta qoʻy
B) Uchta qoʻy
C) Ikkita qoʻy
Toʻgʻri javob: C

12. Miniladigan, ishlatiladigan va harbiy xizmatga tayyorlangan otlardan zakot beriladimi?
A) Zakot beriladi
B) Zakot berilmaydi
Toʻgʻri javob: B

13. Qancha tillaning bahosi qogʻoz pulning nisobi boʻladi?
A) 85 gramm
B) 72 gramm
C) 63 gramm
Toʻgʻri javob: A

14. 85 gramm tillaning qiymatiga teng yoki undan ortiq qogʻoz puli bor odam uchun zakot berishning hukmi qanday?
A) Farz
B) Vojib
C) Sunnat
Toʻgʻri javob: A

15. 85 gramm tillaning qiymatiga teng yoki undan ortiq qogʻoz puli bor odam qancha zakot berishi kerak?
A) Pullarini hisoblab, ikki foizini, yaʼni ellikdan birini zakot qilib berishi kerak
B) Pullarini hisoblab, ikki yarim foizini, yaʼni qirqdan birini zakot qilib berishi kerak
C) Pullarini hisoblab, toʻrt foizini, yaʼni yigirma beshdan birini zakot qilib berishi kerak
Toʻgʻri javob: B

16. Tijorat qilish maqsadida sotib olingan doʻkonlarning qiymatidan zakot beriladimi?
A) Doʻkon qiymati hisoblanib, nisobga yetgan boʻlsa, beriladi
B) Yoʻq. Balki undan tushgan foyda nisobga yetib, bir yil aylansa, zakot beriladi
Toʻgʻri javob: B

17. Kimning xalifalik davrlarida zakot toʻplanib, zakot oladigan odam topilmay qolgan?
A) Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning
B) Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning
C) Umar ibn Abdulaziz roziyallohu anhuning
Toʻgʻri javob: C

18. Marvarid, laʼl, zumrad, yoqut, olmos kabi narsalardan zakot beriladimi?
A) Berilmaydi
B) Beriladi
Toʻgʻri javob: A

19. Alloh taolo qaysi surada zakot olishga haqdor toifalarning barchasini zikr qilgan?
A) Tavba surasida
B) Baqara surasida
C) Tahrim surasida
Toʻgʻri javob: A

20. Mol nisobga yetgandan keyin, unga bir yil toʻlishi kerak. Bunda milodiy yil eʼtiborga olinadimi yoki hijriy?
A) Hijriy yil
B) Milodiy yil
Toʻgʻri javob: A

👇 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz

TelegramYouTubeInstagramFacebook

Report Page