Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari tasdiqlandi

Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari tasdiqlandi

EconomyMoliyaPress

Buxgalteriya hisobi subyektlari tomonidan moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari tasdiqlandi (Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi nizom (ro‘yxat raqami 3567, 2024-yil 4-noyabr)).

BHMSga asosan tuzilgan yillik moliyaviy hisobot hisobot yilidan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay, MHXSga asosan tuzilgan yillik moliyaviy hisobot hisobot yilidan keyingi yilning 1-mayidan kechiktirmay taqdim etiladi.

Bunda, amaldagi qonunchilikka ko‘ra BHMSga asosan tuzilgan yillik moliyaviy hisobot hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay taqdim etilish belgilangan bo‘lib, endilikda tadbirkorlik subyektlariga yengillik yaratish maqsadida ushbu muddat 1-mart qilib belgilanmoqda.

Shuningdek, mavjud qonunchilik hujjatlarida MHXSga asosan moliyaviy hisobot tuzuvchi tashkilotlar uchun moliyaviy hisobotlarni taqdim qilish muddatlari belgilanmagan bo‘lib, endilikda ushbu toifadagi tashkilotlar uchun MHXSga o‘tish jarayonlarida qo‘shimcha yengilliklar yaratish maqsadida yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim qilish muddati 1-may etib belgilanmoqda.

Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni bo‘yicha batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.


Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborot xizmati

Report Page