O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash O‘quv markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirlig…

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash O‘quv markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirlig…

MoliyaPress

Joriy yilning 17-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash O‘quv markazi va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslari 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, Tomonlar o‘rtasida ta’lim, ilmiy-uslubiy, axborot-tahlil, ilmiy-amaliy innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, ilmiy-tadqiqotlar va g‘oyaviy-ma’rifiy sohalarda ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va kuchaytirish, moliya sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazish, Tomonlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashishga qaratilgan samarali choralar qabul qilishda o‘zaro manfaatdorlikdan kelib chiqqan holda Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi rahbari Iroda Xamidova hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslari rahbari Umar Sultanov tomonidan bitim imzolandi.

Ushbu Memorandum o‘zbek tilida ikki nusxada tuzildi. Uning har bir nusxasi bir xil yuridik kuchga ega bo‘lib, bir nusxasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslarida, ikkinchi nusxasi esa – Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazida saqlanadi.

O‘tgan tadbirda Tomonlarning mas’ul xodimlari ham ishtirok etdilar.

Moliya vazirligi

Axborot xizmati


Report Page