Mohirdev ta'lim bo'limi yangi xodimlariga talablar

Mohirdev ta'lim bo'limi yangi xodimlariga talablar

Muhammadjavohir Sur'atov

Har bir ish o'rni uchun sinov muddati - 1 oy.

Sinov muddatidagi oylik - 2 mln so'm.

Ish oflayn bo'lgani uchun ofis joylashuvini ham oldindan bilingani ma'qul: https://goo.gl/maps/feZgddPUvQZwUKcC9


Ichki community manager

Asosiy vazifalar

  • o'quvchilar darslarni o'zlashtirish darajasini nazorat qilish
  • o'quvchilarning darslar haqida fikr va takliflarini yig'ish
  • Telegram hamjamiyatdagi murojaatlar bilan ishlash
  • o'quv guruhlarini tashkil qilish va undagi jarayonni nazorat qilish
  • o'quvchilar faolligini oshiruvchi loyihalarga mas'ul bo'lish

Talablar

  • to'liq ish kunida ishlash
  • mas'uliyat va intizom
  • imlo xatolarsiz yozish
  • ofis dasturlari (Docs, Sheets, Slides, Forms) bilan erkin ishlay olish
  • ingliz va/yoki rus tillarini yaxshi bilish
  • dasturlash bo'yicha tajriba bo'lishi ma'qullanadi
  • Mohirdev, Udemy, Coursera va shu kabi onlayn kurslarda o'qish tajribasi ma'qullanadi

Test vazifa

Keys: Mohirdev.uz dagi Fullstack Python va Quality Assurance (QA) kurslari o'quvchi va bitiruvchilari bilan muloqotga mas'ulsiz. Unda kurs o'quvchilari bilan telefon qo'ng'iroqlari va yozishmalar (masalan, Telegram) orqali xabarlashib o'quvchilar fikrlari, taklif va shikoyatlarini yig'ishingiz kerak.

  1. Ishingizni qanday reja qilasiz, qay tartibda bajarasiz?
  2. Yig'ilgan ma'lumotlarni Google Sheetsda qanday tartiblaysiz? (Sheets fayliga link)
  3. O'quvchilardan yig'ilgan ma'lumotlarni jamoaga qanday ko'rinishda taqdim qilasiz?

Ichki community manager ish o'rniga topshirish

https://forms.gle/gA1TYGMQS3FXnLyC9


Kurs va musobaqalar uchun product owner

Asosiy vazifalar

  • kurslar tuzilishi, dars o'tilishi va sifat nazoratiga mas'ullik
  • kurslar tuzilmaviy va promo materiallari tuzish va o'tkazishda qatnashish
  • xakaton va boshqa formatdagi musobaqalarni tashkillashtirish

Talablar

  • to'liq ish kunida ishlash
  • mas'uliyat va intizom
  • dasturlash bo'yicha tajriba (frontend, backend, mobile yoki boshqalar)
  • xakaton va musobaqalar o'tkazish va/yoki ularda qatnashish bo'yicha tajriba
  • mustaqil tadqiqot qila olish
  • matn va video ko'rinishidagi promo material tuzishda tajriba
  • jonli efir o'tkazishda erkin ishlay olish
  • ofis dasturlari (Docs, Sheets, Slides, Forms) bilan erkin ishlay olish
  • jamoa bilan to'g'ri ishlash, bor resurslardan to'g'ri foydalana olish
  • ingliz va/yoki rus tillarini yaxshi bilish
  • o'quv kurs rejasini tuzish va dars berish bo'yicha tajriba ma'qullanadi
  • Mohirdev, Udemy, Coursera va shu kabi onlayn kurslarda o'qish tajribasi ma'qullanadi

Test vazifa

Keys: Videomontaj asoslari bo'yicha tanishuv kursini yo'lga qo'yishga mas'ulsiz. Qilinadigan ishlar ketma-ketligini yozing.

1. Kursni tuzish, yo'lga qo'yish va natijalarni tekshirish uchun nimalar qilasiz? Fikrlaringizni izohlang.

2. Qaysi vazifalar kimlarga va qanday talablar bilan beriladi? Vazifani bajarish uchun vaqtni qanday belgilaysiz?

3. Kurs promosi uchun qanday ishlar bajarilishi mumkin va nega?

4. Kurs o'quvchilari bilan muloqot va fikr almashish qanday ko'rinishda bo'ladi?

Kurs va musobaqalar uchun product owner ish o'rniga topshirish

https://forms.gle/yKm2fCxGAaX7EaEh7


Assistent

Asosiy vazifalar

  • operatsion ishlarda yordam
  • mavjud kurslardagi qo'llab-quvvatlash sifatini nazorat qilish
  • xakaton va musobaqalarni tashkillashtirishda yordam
  • o'quv guruhlar tuzilishi va nazoratida yordam
  • ta'lim bo'limi mas'ulligidagi materiallarni tuzish (maqola, video va boshqalar)
  • ingliz va rus tillaridagi ma'lumotlarni tarjima qilish
  • kurslar ma'lumotlarini tahrirlash va yangi ma'lumotlar kiritishda qatnashish (masalan, test va videolarni joylash)

Talablar

  • to'liq ish kunida ishlash
  • mas'uliyat va intizom
  • dasturlash bo'yicha tajriba (frontend, backend, mobil yoki boshqalar)
  • xakaton va musobaqalar o'tkazish va/yoki ularda qatnashish bo'yicha tajriba
  • mustaqil tadqiqot qila olish
  • matn va video ko'rinishidagi promo material tuzishda tajriba
  • ofis dasturlari (Docs, Sheets, Slides, Forms) bilan erkin ishlay olish
  • ingliz va/yoki rus tillarini yaxshi bilish
  • o'quv kurs rejasini tuzish va dars berish bo'yicha tajriba ma'qullanadi
  • Mohirdev, Udemy, Coursera va shu kabi onlayn kurslarda o'qish tajribasi ma'qullanadi

Test vazifa

  1. Ushbu videoda aytilgan muhim nuqtalarni o'zbek tiliga qisqa ko'rinishda tarjima qiling. Tarjimani Google Docsga joylang.
  2. Dasturlash sohasiga yangi bo'lganlar uchun onlayn o'rganishda qo'l keladigan maslahatlar berilgan manbalar bo'yicha tadqiqot qiling. Qaysi maqola va videolardagi ma'lumotlarni qanday ketma-ketlikda taqdim qilinishi mumkinligini batafsil yozib, Google Sheetsga joylang.

Assistent ish o'rniga topshirish

https://forms.gle/HAUGxCzRHdaaiqdBA

Report Page