Moddiy boyliklar bo‘yicha yetakchi mutaxassis
᠌Moddiy boyliklar bo‘yicha yetakchi mutaxassis soha bo‘yicha oliy ma’lumotli, sohada kamida besh yillik ish stajiga ega, mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida sodir bo‘layotgan yangiliklardan xabardor bo‘lib boradigan, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tushungan, yetarli bilimga ega bo‘lgan shaxs bo‘lishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini o‘rganib boradigan hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010 yil 22 dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi 2169-sonli Yo‘riqnomaga 2004 yil 29 avgustda ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomni (yangi tahrirda) tasdiqlash haqida”gi 1401-sonli Nizomlariga muvofiq: - zamonaviy kompyuter tehnologiyalari “Excel”, “Microsoft Word” va “PowerPoint” dasturlaridan mukammal foydalana olishi (boshqa turdagi dasturlardan foydalana olishi ijobiy baholanadi); - buxgalteriya hisobi qonunchiligini; - fuqarolik huquqi, bank, moliya, soliq va xo‘jalik qonunchiligining buxgalteriya hisobini yuritishga tegishli qismini; - moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga, buxgalteriya hisobini tashkil etishga va moliyaviy hisobotlarni tuzishga tegishli normativ-huquqiy hamda uslubiy hujjatlarni; - operatsiyalarni rasmiylashtirish va hisob uchastkalarida hujjatlar aylanishini tashkillashtirish tartibi, pul mablag‘lari hamda ularning ekvivalentlari, shuningdek boshqa tovar-moddiy zaxiralarni qabul qilish, kirim qilish, saqlash va sarflash (chiqim qilish) tartibini; - asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa tovar-moddiy zaxiralarni kirim qilish hamda hisobdan chiqarish tartibini, shuningdek debitor va kreditor qarzdorlikni hisobdan chiqarish, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlarga eskirishni hisoblash, mulkni baholash va qayta baholash tartibini; - mulk va majburiyatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish tartibini; - buxgalteriya, soliq, statistika hisobotlarini tuzish tartibi va muddatlarini; - buxgalteriya hisobi bo‘yicha kompyuter dasturlari, buxgalteriya hisobi va moliyani boshqarish sohasida zamonaviy ma’lumotlar hamda axborot tizimini (O‘z ASBO); - buxgalteriya hujjatlarini saqlash va axborotlarni himoya qilish tartibini; - mehnat qonunchiligi, mehnatni muhofaza qilish tartibi va me’yorlarini; - ishlab chiqarish texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini va tahliliy ma’lumotlarni puxta tayorlashni bilishi shart.