Mobil telefoningizni 50 yil quvvatlamay ishlatgan bo‘lar edingizmi?

Mobil telefoningizni 50 yil quvvatlamay ishlatgan bo‘lar edingizmi?

🅙🅐🅢🅤🅡🅑🅔🅚 🅢🅤🅛🅐🅨🅜🅞🅝🅞🅥


Xitoyda 50 yil davomida qayta zaryadlanmasdan ishlay oladigan yadro batareyasi ixtiro qilindi. Bu haqda Xitoyning Betavolt Technology startapi o‘zining rasmiy saytida maʼlum qildi.

Kompaniya mutaxassislari tangadan ham kichikroq, ammo qayta zaryadlanmasdan va texnik xizmat ko‘rsatmasdan taxminan yarim asr davomida ishlashga qodir atom batareyasini ishlab chiqdi. U mobil telefonlar, dronlar va boshqa qurilmalarda ishlatilishi mumkin.

Batareya 63 ta yadro izotopiga asoslangan bo‘lib, ular parchalanish davridan keyin misning barqaror izotopiga aylanadi. Batareya mutlaqo xavfsiz va tashqi nurlanishga ega emas. Yadro batareyasining asosiy tuzilishi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: konvertor, substrat, nikel-63 manbayi va batareyaning himoya qatlami.

Ayni paytda akkumulyator sinov bosqichida.

Navbatdagi sonimizda siz uchun qiziqarli bo'lgan qurilmalar haqida izoh qoldiring.

Report Page