Moʼgʼilistonning “TML” kompaniyasi Oʼzbekiston charm sanoatiga sarmoya kiritish maqsadida

Moʼgʼilistonning “TML” kompaniyasi Oʼzbekiston charm sanoatiga sarmoya kiritish maqsadida


 “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev Moʼgʼiliston Respublikasining “TML” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʼtkazdi. Muloqot mavzusi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish, mamlakatimiz charm sanoatiga kompaniya sarmoyasini jalb qilish masalalari boʼldi.

 Dastlab Uyushma tomonidan xorijiy hamkorlarga mamlakatimiz charm sanoatida soʼngi yillarda olib borilayotgan islohotlar, ishlab chiqarish, investitsiya, eksport koʼrsatkichlar toʼgʼrisida taqdimot oʼtkazildi. Shuningdek, mahalliy va xorijiy investorlarga davlat tomonidan berilayotgan sharoit va imkoniyatlar, preferentsiyalar toʼgʼrisida maʼlumotlar berildi.

 Maʼlumot uchun: “TML” kompaniyasi 2008 yilda tashkil etilgan. Plastik idishlarni qayta ishlash va yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shugʼullanadi. Kompaniyaning Oʼzbekistonda 2023 yilning sentyabr oyida vakolatxonasi ochildi. Natijada kompaniya mamlakatimiz bilan turli sohalarda aloqalarni rivojlantirib kelmoqda. Kompaniya shu kunga qadar toʼrtta davlatda invest loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Oʼzbekiston beshinchi davlat sifatida bu roʼyhatdan joy oldi.

Muloqotda Moʼgʼiliston kompaniyasi Oʼzbekistonda bugungi kunda xorijik kompaniyalarga yaratib berilayotgan sharoitlar, hukumatning qoʼllab-quvvatlashi xorijiy sarmoyalar oqimining kengayishiga xizmat qilayotganini takidladi. Shu maqsadda kompaniya respublikamizning charmsanoat tarmogʼida ham hamkorlikda qoʼshma loyihalarni amalga oshirish, Moʼgʼilistonga tayyor charm mahsulotlarni eksport qilishga qiziqish bildirmoqda.

 Uchrashuvda eksport-import masalalaridagi aloqalarni yoʼlga qoʼyishga oid masalalar atroflicha muhokama qilib olindi. Mahalliy korxonalarimiz bilan oʼzaro biznes muloqotlarni yoʼlga qoʼyish, muzokaralar oʼtkazish boʼyicha qaror qabul qilindi.

Report Page