Mnemonika, kirish so'zi.

Mnemonika, kirish so'zi.

Kamol To'xtayev

Salom hurmatli o'quvchi !!! 


Men "Mnemonika" mavzusi turkumidan maqolalar taqdim qilmoqchiman. 


Bu maqolalarimda uzim o'qigan mnemonika haqidagi kitoblardan olingan tasurot va uzimga kerakli va zarur deb bilgan sodda va qulay urganish usullarini va malumotlarni yozaman. 


Kuzatib borasiz degan umiddaman !!! 


Demak, nega bu maqolalarni yozishga qaror qildim!? 


Bu maqolani yozishimga sabab mnemonikaning oddiy tushuncha va tamoyillarini ham hattoki uning aslida nima ekanligini ham aniq va sodda tushuntirib bera oladigan malumotni internetdan to'g'rirog'i uznetdan topa olmaganim buldi. 


Shunday qilib rus va inggiliz tilidagi bir necha kitoblarni o'qib mnemonika haqida hamma bilishi kerak degan qarorga keldim,chunki inson uz miyasida nimalar sodir bulishini va uning qanday qoidalar asosida ishlashini tushunsa va shu qoidalarni tug'ri va izchil qullab ilm olsa,yurtimizda xotirasi va aqli kuchli tafakkur va tassavur doirasi keng yoshlar ko'payadi deb o'ylayman. 


MNEMONIKA - eslab qolish san'ati,ma'lumotlarni yodlash va ulardan qayta foydalanish usullari majmuasi. 


Mnemonika avalam bor miya bilan uzliksiz bog'liq, shundan kelib chiqib mnemonika nafaqat eslab qolishga balki inson miyasida tartib urnatib uning boshqa jarayonlarga ham ijobiy tasir kursatishi sinalgan va isbotlangandir. Mnemonika barcha uchun mo'ljallangan, faqatgina uni amalda ko'proq qo'llash kerak. 


Mnemonika negizida yaratilgan tizimlar juda ko'p, biz siz bilan ushbu maqolalar davomida uzimizning tizmimizni yaratamiz. 


Maqolalar ketma ketligi: 


Inson miyyasi va undagi jarayonlar. 


Malumot turlari va almashinuvi. 


"O'zbekcha" tizimining tarifi. 


Jarayonlar. 


Usullar. 


Mana shu mavzular bo'yicha sizlarga maluomotlarni taqdim etib boraman. 


Keyingi maqolalargacha xayr !!!

Report Page