Miyani charxlashning sodda usullari
@getpsychedupMiya salomatligi uning qay darajada ishlatilayotganiga bog'liq. Har safar biron-bir yangi yoki o'zgacha yumushga qo'l urganingizda, siz yangi nerv to'qimalarini yaratasiz. Quyida keltirilgan sodda usullar miya faoliyati uchun mashq vazifasini o'taydi.
1.Teskari qo'lingizni ishlating

Siz doimiy ishlatmaydigan qo'lingizda eshiklarni ochishga, kalitdan foydalanishga harakat qiling;
Telefon raqamlarini eslab qoling

Zamonaviy mobil telefonlarimiz unga qo'ng'iroq qilingan barcha raqamlarni xotirasida saqlaydi. Hozir hech kim telefon raqamlarini yod olmaydi. Har kuni yangi raqamlarni yod oling.
Har kuni bittadan yangi hikoya yarating

Har kuni siz atrofdagilarga aytib bera oladigan yangi hikoyalar o'ylab toping. Hikoyani aytib berish uchun qiziqarli usullarni aniqlang; Bu nafaqat miyangizni mashq qildirasiz, balki atrofingizdagilar uchun ham qiziqarli kishiga aylanasiz.
Kuzatuv o'yini

Har kuni kuzatish uchun biron bir obyekt tanlang. Misol uchun daraxtlarni yo'lda, televizorda, deraza oldida turgan holda kuzating. Ertasi kuni uni o'zgartirishingiz mumkin;
Kundalik tartibga o'zgartirishlar kiriting

Biror narsani boshqa tartibda bajaring. Kechki ovqat uchun nonushta qiling. Peshindan keyin qahva iching. Kundalik ishlaringizni yangi tartibda bajaring. O'zgarishni qanday his etayotganingizga va yangi tartibning yaxshi yoki yomonligiga e'tibor bering;
Mutolaa qiling

Siz uchun butunlay yangi mavzudagi kitoblarni o'qib turing. Misol uchun, Hindistonda bo'lib o'tgan voqealar haqidagi roman. Iqtisodiy mavzudagi xabarlarni tinglab ko'ring. Har hafta yangi bir sohaning ekspertiga aylaning.
Manba: verywellmind