Mister Perfect
Aera | 20-Qism
Ep_20
Jimin uydan chiqib ketganidan buyon oʻzini keraksiz yumushlar bilan chalgʻitayotgan Xarin ixtiyorsiz ravishda derazaga nazar tashlab qoʻyardi. Deyarli 1 soatni shunday oʻtkazgan qiz oxiri chuqur nafas olib chiroqlarni oʻchirib issiq koʻrpa ichiga kirdi-da yuzini butunlay toʻsib uxlashga harakat qildi. Tinmay yogʻayotgan yomgʻir sababli ich ichigacha shalabbo boʻlgan yigit qoʻllarini isitishga urinib qayta qayta nafasini kaftiga puflardi. Sohil boʻyida havo harorati yana-da pastroq va yomgʻir ham kuchliroq. U ham ora-orada tanish uyning chirog'i oʻchgan oynasiga qarab qoʻyardi. Allaqachon 1 soatni shu alfozda oʻtkazgan Jimin oyoqlarida mador qolmay oʻtirish uchun joy qidirib keyingi soatlar uchun ham tayyorlanayotgandi. Mayda qadamlar bilan uy qarshisidagi devorga orqa berib suyanarkan kutilmaganda deraza ortidagi o'g'rincha nazar tashlayotgan koʻzlarni payqab qoldi.

Nigohlar toʻqnashganidan yuragi hapqirib ketgan Xarin tezda oʻzini xona ichiga yashirdi. Bundan yuzida tabassum oʻynagan Jimin sovuqdan zoʻrgʻa harakatga kelayotgan lablarini qimtib boshini yerga egdi. Yarim soat oʻtgach koʻzlari yumilib ketayotganini sezib nafas olishi ham sezilarli darajada oʻzgarganidan xavotirga tushgan Jimin oʻrnidan qoʻzgʻaldi. U yoqdan bu yoqqa borib kelarkan qorin boʻshligʻidan pastroqda joylashgan jarohati ustida ogʻriq turib tobora kuchayib borayotganini his qildi. Yana bir necha qadamdan soʻng kuchli sanchiq bilan qaddi bukilib devorga suyangancha egilib qoldi. Barchasini oyna qarshisida kuzatib turgan Xarin oxir oqibat irodasiga va sevgisiga magʻlub boʻldi. Yuragi ichiga tushib ketgan qiz apil-tapil soyabon olgancha yugurgilab uydan chiqib ketdi. Zinalardan hatto qaramasdan tushib Jiminning yoniga borar ekan yuqorida soyabon paydo boʻlib tomchilar tushishdan toʻxtaganini sezgan Jimin boshini koʻtardi. Deyarli yoshlangan koʻzlar bilan oʻziga qarav turgan qizni koʻrib u bilan ilk uchrashgan kuni yodiga tushdi. Xuddiki, ilk uchrashganida qurgan munosabatlar yana ularni chorlayotgandek. Oʻtmish takrorlanayotgan kabi edi. Jimin xirillab muvozanatni yoʻqotar ekan, bir unirishda uning quchogʻiga kirgan Xarin yigitni qaddini koʻtarishga yordamlashdi. Ikkisi ham bir biriga hech soʻz demadi, shunchaki uyga kirishdi xolos. Ichkariga kirgach Xarin oʻzini aybdor his qilgancha sovuq ohangda Jiminga yuzlandi.
Xarin: Oʻng qoʻldagi xonaga kirishing mumkin, senga quruq kiyim olib kelaman. Endi gapirish uchun ogʻiz juftlagan yigit gapirishga ulgurmay yuziga yopilgan eshik natijasida hafsala bilan uh tortib qiz koʻrsatgan xonaga kirdi. Jiqqa hoʻl boʻlib ketgan kiyimlarini birma birma kecharkan polda allaqachon koʻlmak hosil boʻlgandi. U ustidagi svitorini yechgan ham ediki, xonaga kirgan qiz sabab ortga burildi. Xarin bir muddat eshik yonida toshdek qotib qoldi. Soniyalar ichida hushi oʻziga qaytib qoʻlidagi sochiqni xonadagi karavot ustiga qoʻyib oʻzi tezda u yerni tark etdi. Devorga suyanib chuqur nafas olgancha qoʻlidagi kiyimlarga koʻzi tushdi.
Xarin: Jin ursin* bularni tashlab chiqishni unutibman.
Sochlarini qiz bergan sochiqqa artgancha xonadan chiqqan yigit lablarini yalab hijolatomuz tomoq qirdi va qoʻlidagi sochiqni qizga uzatdi.
– raxmat.
Xarin ogʻir yutinib nigohlarini yigitning yalang tanasidan olib qochishga urinmasin, shundoqqina qarshisida turgan mushakdor gavdaga ega yigit xayollarini butunlay chalgʻitib yuborayotgandi.
– Mashinang kelgunicha kiyimlaring ham qurib qolsa kerak. Buni tashlab chiqishni unutibman.
Xarin koʻzlarini undan olib qochib qoʻlidagi kiyimlarni yigitga tutdi.
– Amakimning kiyimlari ham ancha qulay.
– Ular sening qimmatbaho brendlarga tegishli liboslaringdek boʻlmasa ham, bir necha soatga kiyib turish uchun yomon emas.
– Xarin, kesatishni bas qil.
Jimin ketish uchun shaylangan qizning tirsagidan tutib oʻziga tortdi. Bir zumda nigohlar to'qnasharkan ikkisining ham yurak urish ritmi sezilarli darajada oshdi.
– Balki endi gaplasharmiz?
– Istamayman.
Xarin yana uning qoʻllaridan halos boʻlishga intilib yigitdan uzoqlashdi. Ammo Jimin boʻsh kelmay dadillik bilan qizni oʻziga yana-da yaqinroq tortib belidan mahkam quchib oʻziga keskin yaqinlashtirdi.
– Nega taslim boʻlmasligimni tushunmayapsan?
– Aslida tushunmayotgan sen. Men istamayman deyapman, Jimin. Biz mutlaqo boshqa odamlarmiz. Unut hammasini. Endi oʻz holimizcha yashaylik.
– Yoʻq. Zinhor sendan voz kechmayman. Xarin, Sen ham sevasan, hali hamon xuddi men kabi nafrat bilan birga sevasan.
– Ha shunday. Hatto sen bilan bogʻliq boʻlgan nafratni ham sevaman men. Lekin bu nimani oʻzgartiradi? Boʻlib oʻtganlarni oʻzgartira oladimi? Yoʻq! Men seni qabul qilolmayman va ishona olmayman.

– Oxirgi bor. Iltimos. Eng soʻnggisi, boshqa ishonchingni poymol qilmayman. Seni umrim soʻnggiga qadar sevishga va'da beraman.
Jimin qizga yaqinlashib borarkan uning koʻzlarida yana yosh qalqiganini koʻrib buni bartaraf etishga urindi. Uning sochlarini avaylab quloqlari ortiga oʻtkazib yanog'ini silagancha yuzini kaftlari orasiga oldi. Xarin birin-ketin nigohlarini Jiminning oʻng qorachiqlaridan chapiga koʻchirib lablarida toʻxtadi. Uning oʻziga yaqinlashib kelayotgan lablariga tikilib bir lahza xayolida charx urgan oʻydan chuqur yutindi. Ammo masofalarni buzishni istamay, yana uning yalang quchogʻidan chiqishga harakat qilib yuzini keskin yon tomonga burdi.
– Qo'yvor, Jimin!
– Istamayman desamchi?
Xarin soʻzsiz yigitga tikildi. Nigohlarida sovuqlik ufurib turar ekan, shu bilan birga kuchli sogʻinch tufayli yigitining issiq taftidan tanasiga iliqlik yugurib yengil titroq bilan vujudi qaltirayotganini his qildi.
– Seni bu uchun uyga kiritmadim.
Jimin qizning gaplariga eʼtibor bermay kutilmaganda uni qattiq bagʻriga bosdi. Yuzini qizning boʻyni aralash sochlariga ko'markan ancha vaqtdan buyon narkotik qabul qilmagan inson kabi telbanamo ehtiros bilan sevgilisining iforidan chuqur hidladi.
– Lavanda ifori...
Xarin nima deyishini bilmay harakatdan toʻxtab nafas olishni unutgan inson kabi jimib qoldi.
– Oʻtib ketgan yillar davomida hech bir narsa meni shu ifor kabi tinchlantira olmadi. Sen kabi hech kim yuragimni xotirjamlay olmadi...
Undan uzoqlashgan yigit yana qizning biroz yumshagan nigohlariga tikildi. Bu safar bu qahvarang qorachiqlarda nafratdan boʻlak sevgi uchqunlarini koʻrib yuragiga yoqimli his oraladi. Jimin Xarinning kaftini oʻz qoʻllariga olib yuragi ustiga qoʻydi. Oʻzi esa qizning tobora yoshlanib borayotgan koʻzlariga termulib shivirladi.

– His qilyapsanmi? Qara, bu yuragim faqat sen uchun urmoqda. Sen boʻlmasang, u urmaydi, u yashamaydi, Xarin. Imkon ber. Xatolarimni tuzatishga, ogʻriqlaringni unuttirishga, dardlaringga malham boʻlishga ruxsat ber. Menga imkon ber, ijozat ber hammasini oʻz oʻrniga qaytaraman.
Jiminning ovozi tobora pastlashib borarkan Xarinning yuziga yaqinlashib lablari ustida shivirlab nafas chiqara boshladi. Bu aqldan ozdiruvchi yoqimli ovoz va qaynoq nafasdan nazoratni yoʻqotgan Xarin xayollarini jamlay olmay qoldi. Unsiz bosh chayqarkan "ijozat ber" deb pichirlab yaqinlashayotgan yigitdan aslo uzoqlashishni istamasdi. Nihoyat sogʻinchdan yongan qalblar birlashdi. Jimin lablarini Xarinniki bilan birlashtirib chuqur nafas yutarkan butun tanasidagi qontomirlari jumbushga kelib oʻzida aqlbovar qilmas taranglikni his qildi. Avaylab qizning biroz sovuq, ammo mayin lablarini soʻrib ichkariroq kirishni istagan Jimin pastki lablar ustida toʻxtab qoldi. Ikkilanish bilan beixtiyor yigitga imkon bergan qiz uning koʻksida turgan kaftlarini Jiminning mushakdor yelkasi tomon yoʻnaltirib lablari orasiga chang solgan yoʻgʻon tilni his qilib entikib ketdi. Ehtirosdan butun vujudi yonib yuragi gʻalati hislar bilan toʻldi. Jimin hech qachon bu lahzalar tugashini istamay uni oʻziga yaqinroq tortdi. Uning nozik belidan po'latdek qattiq qoʻllarini oʻrab oʻz tanasiga jipslashtirarkan keyingi galdagi boʻsalar qo'pollashdi. Jimin xuddi xonadagi bor havoni yutib yuborayotgandek qizning lablarini chanqoqlik bilan shimib tortardi. Xarin shunchaki koʻzlarini yumib sogʻinchiga erk berishni istadi. Xayolan sevgan insonini qancha oʻzidan uzoqlashtirish uchun koʻksidan itarmasin, hislari bunga toʻsqinlik qilardi. Jiminning qaynoq harakatlari sabab oʻzini yigʻa olmay oyoqlari boʻshashib batamom taslim boʻldi. Yigit bir harakatda uni koʻtarib oyoqlarini belidan oʻrarkan kichik zalda joylashgan divan tomon yoʻnaldi. Ammo boʻsa bir soniyaga boʻlsa ham buzilmadi. Ular ohista yumshoq divanga joylashishgach yigit qizning oyoqlari orasiga joylashdi. Uning sport shimi ustidan tizzasidan boshlab oyoqlarini silab yuqoriga koʻtarildi. Futbolkasi ostiga qoʻl suqilganini sezgan Xarin ichkiyimi ostida koʻkraklarida kuchli bosimni his qilib boshini ortga tashlagancha entikib nafas oldi. Buni sezgan Jimin lablarini uning tomoq ostiga koʻchirib yengil boʻsa olarkan keyinchalik bu mayinlik oʻz oʻrnini ogʻriqli, biroq yoqimli boʻlgan tishlashga koʻchirdi. Shu bilan birga chaqqon harakatlar bilan qizning ustidagi kiyimini yechishga shaylandi. Bir urinishda qizni kiyimsiz qoldirgach uning tiniq va oppoq tanasi qarshisida bir necha soniyaga soʻzsiz qoldi. Sogʻinch qaynoq taftlarda namoyon boʻlib chanqoq nigohlar bir biriga toʻqnashar ekan Xarin ikkilanish bilan chuqur nafas oldi. Buni istaydimi yoki yoʻq, hatto ózi ham aniq nimadir deyolmaydi. Bu faqatgina ehtirosmi yoki sevgi?! Ichidagi gʻalayonga sabab boʻluvchi oʻy-fikrlardan qutila olmay qiynalayotgan qiz hammasiga koʻz yumishni istaydi, ammo nimadir bunga toʻsqinlik qilmoqda. Jimin esa tanasidagi chanqoqlik va taranglik eng yuqoriga choʻqqiga chiqib nafas olishini ham hatto boshqara olmay qoldi. Xarin gavdasini koʻtarib yuqoriga intilarkan Jimin uning belidan qoʻllarini bir urinishda ostiga oldi. Yigit uning mayin tanasini silab ichkiyimi bog'ichini boʻshatish uchun ilgichlarni qidirdi. Bu harakatlar javobsiz qolmayotganidan va sevgilisida ham oʻziga nisbatan xoxish borligidan quvonayotgandi u. Mamnunlik bilan qoʻlini ohista uning qorin boʻshligʻida yurgizib pastlatar ekan, birdan harakatdan toʻxtagan qiz uni shoshirib qoʻydi. Xarin Jiminning bilagidan tutib ichiga kirishiga yoʻl qoʻymadi. Toʻsatdan hammasini toʻxtatgan qiz yuzini yigitga teskari burib nigohlarini olib qocha boshladi. Jimin xavotir bilan uning koʻzlarini koʻzlari bilan taqib qilarkan barmogʻi bilan qizning iyagidan tutib oʻziga qarashga undadi.
Jimin: Xarin...
Xarin: ...
Jimin: Hammasi joyidami?
Xarin gapirish uchun ogʻiz juftladi-yu, ammo sas-sado chiqarmay oʻrnidan turish uchun ortga tisarildi.
Jimin: Xarin

Xarin: Kiyimlaringni alishtirib olishing kerak.
Jimin: Xarin!
Endi yigitning ovozi har doimgidan qat'iy chiqdi. U qizning bilagidan tutib oʻziga qaratar ekan tushunarsiz savollardan qutilishni istardi.
Jimin: Bu nimani anglatadi? Qanday qarorga kelganingni bilsam boʻladimi?
Xarin: Bilmayman, Jimin. Tan olaman sen bilan boʻlish yoqimli, muhimi baxtni his qila olaman bu lahzalarda. Ammo oʻtmishchi?
Jimin: Agar oʻtmish bilan umrimiz oxirigacha yashasak hech qachon baxtli kelajak yarata olmaymiz. Men kabi oʻtmishdan voz kech, men aynan shu sabab 7 yil azoblandim, buning ustiga seni ham azobladim. Nahotki bular yetarli emas, Xarin?! Balki endi baxtli yashash vaqti kelgandir.
Jimin gapirish mobaynida yana qizga yaqinlashishga urindi. Uning qoʻllaridan tutib oʻz kaftlarida birlashtirarkan qandaydir oʻtinch bilan tikildi.
Jimin: Menga hech boʻlmasa vaqt ber. Senga yana baxtni his qildirish uchun, agar shunda ham qaroring oʻzgarmasa seni qoʻyib yuboraman.
Xarin: ...
Jimin: Buni chindan istayotganimni, qilmishlarim uchun afsusta ekanligimni ko'rmayapsanmi?
Xarin: Qanday ishona olaman, Jimin? Biz yana birga boʻla olishimizga qanday ishona olaman? Balki yana Park xonimning yolgʻonlariga aldanarsan. Ehtimol qayta Minhyukning qoʻliga tusharman?! Men tavakkal qilishni istamayman.
Jimin: Unday boʻlmaydi. Ularning hech biri bizga toʻsqinlik qila olmaydi. Ishon Xarin, bundan buyogʻiga hech kimga senga ishonganchalik ishona olmayman.
PovXarin: Ichimdagi ikki qarama qarshi tuygʻudan biri kuchayib ketdi. Balki yana sinab koʻrarman?! Uning koʻzlarida men koʻrgan sevgi va afsuslanish chinmikan? Keyinchalik bu qarorimdan afsuslanmaymanmi? Yana hammasiga koʻz yumib uni qabul qilsam bu menga qimmatga tushmasmikan?
Jimin: O'lsamgina seni tashlab ketishim mumkin. Ammo ungacha aslo yolgʻiz qoldirmayman.
Jimin koʻzlarimga xuddi men kabi sinchkovlik bilan tikilib turardi. U kutmoqda, qanday javob berishim mumkin? Yuragim istayotgan narsani aqlim xoxlamaydi. Lekin ayni dam meni xayollarim emas qalbim boshqarmoqda. Boshimni yerga egib nigohlarimni olib qochar ekanman uning jarohatiga koʻzim tushdi. Hali bitmagan chandiq. Bu avtohalokatdan qolgani aniq. Barmoqlarim bilan ohista jarohat ustini siladim. Jimin esa harakatlarimni shunchaki jim kuzatib turardi.
Xarin: Bu oʻsha halokatdan qolgan yarami?
Jimin: Ha
Xarin: Nega bunday qilganding?
Jimin: Men... Oʻsha kun barcha haqiqatlar bilan yuzlashdim. 7yil ilgari senga nisbatan ammamning qilgan ishlari va mening aldovlar ostida qolganim haqida bildim. Bularning bari haqida sen bilan gaplashmoqchi edim, biro gʻoyib boʻlganding. Oʻshanda juda qoʻrqib ketdim, seni yoʻqotib qoʻyishdan, qayta koʻra olmaslikdan, bagʻrimga bosa olmaslikdan juda qoʻrqdim. Barchasi juda tez sodir boʻldi. Seni izlab topish uchun tezroq tuzalishga harakat qildim, mumkin boʻlmasa-da oʻrnimdan turib yurishga urindim. Nega bunday gʻoyib boʻlding? Hatto oʻzimga kelishimni ham kutmay meni tashlab ketibsan.
Xarin: Chunki men ortiqcha edim. Sening hayotingda men uchun hech qanday oʻrin yoʻq edi. Senda Aran bor edi. Xuddi oʻzing aytganing kabi men oʻsha kun uning koʻzlariga senga nisbatan chin sevgini koʻrdim. U yerda qolishim xato boʻlardi. Senga faqat yomonlik ulasha olardim, shu sabab ketishni afzal koʻrdim.
Jimin: Mening hayotimda eng muhim va katta oʻringa ega inson aynan sensan, Xarin. Boshqa hech bir kimsa bu oʻrinni toʻldira olmaydi.
Xarin: U-chi? Aran...
Jimin: Aran men uchun shunchaki doʻst yoki yaqin tanish. Unga nisbatan jiddiy his-tuygʻularim yoʻq.
Xarin: Lekin sen Xvanlar xonadoniga kelgan kuning u haqida boshqacha gapirganding.
Jimin: Chunki unda oʻzimda emasdim. Senga nisbatan nafratni his qilganim uchun atayn qalbingni ogʻritish uchun aytilgan gaplar edi ular. Biroq men bilmagandim, asl haqiqatni. Xarin, hammasi uchun kechirim soʻrayman. Bilaman bu sening ogʻriqlaringni unuttira olmaydi, ammo men harakat qilaman. Seni eng baxtli insonga aylantirishga, hech boʻlmasa, urinib koʻrishga imkon ber.
Bu koʻzlar... Ular aldayaptimi? Agar yana irodasizlik qilib meni tashlab ketsangchi, Jimin? Yana nayranglarga ishonib koʻksimdan itarsang yoki haydan solsang nima qilaman?
Jimin: Nimadir demaysanmi?
Xarin: Men qo'rqyapman. Jimin... Sening hatto muxlislaring ham men bilan boʻlishingga qarshi.
Jimin: Xarin, nimalar deyapsan? Bu ahamiyat beradigan narsa emas. Agar sening oʻrningda boshqa biri boʻlganida ham ular shunday sharxlar yozishgan boʻlardi.
Xarin: Xuddiki, bu qisqa yoʻldek koʻrinyapti menga.
Jimin: Umringni oxirigacha, hayoting poyoniga yetgunicha sen bilan boʻlaman deyolmayman. Ehtimol men sendan oldinroq vafot etarman, biroq oʻsha daqiqalargacha shu tutgan qoʻllarimni zinhor qoʻyib yubormaslikka va'da bera olaman.
U qoʻlimni kaftlari orasiga olib nim tabassum bilan gapirishimni mushtoq kutib tikildi.
Xarin: Men ishonishni istayman. Ehtimol menda sevish uchun ham ortiq azoblanish uchun ham qalb qolmagandir, lekin sening sevgingni sigʻdira olish uchun yurak bor. Menga hammasiga koʻnikishim uchun vaqt ber.
Jimin: Ya'ni? Demak sen...
Xarin: Ha. Men yana bir marta axmoqlik qilib koʻrmoqchiman.
Axmoqlik. Chindan bu gʻirt telbaning ishi, agar shunchasidan keyin ham uni qabul qilsam men sogʻ odamlar sirasiga kirmayman. Lekin meni shu koʻyga solgan kim. U ham men kabi aqldan ozgan, meni deb nimalar qilmadi. Baxt bilan yuzlashishni umid qilgan holda uning qoʻlidan yana bir marta tutaman. Jimin bir necha soniya koʻzlarimga tikilib meni qattiq quchib oldi. Uning mayin kulgu ovozi qulogʻim ostida jaranglar ekan, men ham beixtiyor tabassum qildim. Sochlarim orasidan boʻynimga lablarini bosib boʻsa olgan yigitni koʻksidan itargancha oʻzimdan uzoqlashtirdim.
Xarin: Yana bir necha daqiqa shu shimda tursang kelajagingdan mahrum boʻlishing mumkin.
Ikkimiz ham uning yomgʻir sababli jiqqa ho'l boʻlib ketgan shimiga qaradik. Uni ortga oʻgirib xonaga kirishga undadim va yo'l yo'lakay qoʻliga quruq kiyim tutdim.
Jimin: Lekin buni alishtirish uchun xonaga kirishim shart emasdi.
Xarin: Nega endi?
Jimin: Men sendan uyalmayman...
Uning yuzida ayyor tabassum oʻynab lablarini yalarkan koʻzlarim kattalashib jahl qilgancha eshikni yuziga yopib xona yonidan uzoqlashdim. Demak soʻnggi qaror qabul qilindi. Umid qilamanki, bu yana bir xatolik emas. Oshxonaga kirib yeyish uchun nimadirlar tayyorlay boshladim. Oradan 5 daqiqa oʻtar oʻtmas ortimdan kelib quchgan inson meni choʻchitib yubordi. U yelkamga iyagini tirab shivirladi.
Jimin: Nima qilyapsan?
Xarin: Oʻylayapman.
Jimin: Nima haqida?
Xarin: Qabul qilgan qarorim haqida.
Jimin: Bundan afsuslanmaysan.
Xarin: Men senga juda oson yengildim, nazarimda.
Tova ichidagi lagʻmonlarni aralashtirar ekanman, chuqur xoʻrsindim. Jimin esa kulib yuzimdan o'pgancha belimda turgan qoʻllarini yanada bir biriga qattiqroq oʻradi.
Jimin: Sen menga emas oʻz sevgingga yengilding.
Xarin: Yana ozgina qiynalganingda balki qarorim haqida bunchalar oʻylanmas edim.
Jimin: Nima?
U boshini koʻtarib menga hayrat bilan tikilar ekan, yuzimdagi sokinlikni yoʻqotmaslikka harakat qildim.
Xarin: Nima?
Jimin: Men deyarli toʻliq tuzalmay turib seni izlashni boshladim. Bir oy davomisa salkam butun Seouldan seni axtardim, Xarin. Topganimda esa ochiqdan ochiq meni shu havoda koʻchaga haydading.
Xarin: Koʻchaga haydash boʻyicha senga teng kelolmayman, ammo qasdimni oldim.
Jimin: Nima?
U battar hayratlanib menga tikilarkan oʻzimni arang kulgidan tiyib turardim.
Jimin: Menda bitmagan jarohat bor edi. Sal qolsa hushimdan ketardim.
Xarin: Jimin, qoʻysangchi.
Jimin: Chindan shunchalik beparvomisan?
Tayyor boʻlgan taomni idishga solib stol tomon yoʻnalar ekanman, Jimin qayta qayta savol bilan yuzlanar edi.
Xarin: Kel yaxshisi ovqatlanamiz.
Jimin: Sevgilimning qoʻlidan ajoyib ramyon, yaxshi. Ammo men sendan boshqacha ramyon ham istayman.
Koʻzqiri bilan menga qarab koʻz qisgan yigitni koʻrib biroz oldingi voqea yodimga tushib ketdi. Yo Xudoyim, esdan og'danganman. Shu kungacha boʻlgan jahlim, gʻazabim, qahrim barchasi uni koʻrishim bilan, ovozini eshitib taftini his qilishim bilan gʻoyib boʻldi.
Jimin: Nimani oʻylab qolding? Ramyon haqida xayol suryapsanmi yoki?
Xarin: Shunchaki. Ramyon qarshingda bemalol yeyishing mumkin.
Jimin: Mmm bemalol yeyishim mumkinmi?

Xarin: Ha.
Qoʻlimga sanchqini olib Jiminning oddiy deb hisoblagan savollariga javob berar ekanman, gaplarimni mutlaqo boshqa maʼnoda tushungan yigit oʻrnidan turib men tomon egila boshladi. Uning yaqinlashib kelayotgan lablaridan qochib koʻzlarim olaygancha hayronlik ifodasi bilan qaradim.
Xarin: Nima qilyapsan?
Jimin: Ramyon yemoqchiman.
Xarin: Aqldan ozdingmi? Men ovqatni nazarda tutdim.
Jimin: Aysh, ammo men boshqachasiga ochman.
Xarin: Ax hali yomgʻir tinmagan, havo ham ancha sovuq.
Derazadan boʻynimni choʻzib tashqariga qarar ekanman, nima demoqchiligimni tushungan yigitim tezda qoʻliga tayoqchalarini oldi.
Jimin: Yaxshi jimman, mayli ramyon yeymiz.

~
Ovqatlanish davomida Jimin meni qayerlardan izlaganini aytib berdi, yana Nickning sharti haqida ham. Hozircha bu munosabatni jiddiy deb hisoblamasam ham Nickdan alamzadaman. Menga bergan vaʼdasi bir oʻyin ekan xolos. Oshxonani tartibga keltirib xonamga kirib ketgan Jiminning yoniga bordim. Yoʻl yoʻlakay uning qurigan kiyimlarini ham oʻzim bilan oldim. Eshikni ochib ichkariga moʻralaganimni bilaman, eski rasmlar joylangan albomimni maroq bilan tomosha qilayotgan yigitni koʻrdim. U meni koʻrib tabassum qilgancha eʼtiborini yana suratlarga qaratdi.
Jimin: Bu yerda birga tushgan rasmlarimiz ham bor ekan.
Xarin: Ha sening bitiruv kechangda tushganmiz
Jimin: Ha sport zalidagilar ham.
Xarin: Bizning xufiyona uchrashuv manzilimiz edi.

Jimin: Sen doim raqs tushishimni oxirigacha tomosha qilarding.
Xarin: Hozir ham tomosha qilaman, agar yakkaxon raqs boʻlsa, albatta
Jimin bor ovozda kulib meni mazaxlay boshladi.
Xarin: Bu hecham kulguli emas.
Jimin: Yo'q, bu juda kulgili
Xarin: Oʻsha raqqosalar bilan boʻlgan chiqishlaringni bittasi ham yaxshi chiqmagan.
Jimin: Nega endi, aynan oʻsha raqqosalar bilan boʻlgan raqs qismlari internetda ommalashib ketgan.
Xarin: Unda koʻproq qizlar bilan raqs tushib chiqing, janob Park!
Yuzimni bujmaytirib unga zarda qilgancha oʻrnimdan turmoqchi boʻlgan ham edimki, baquvvat qoʻllar taʼsirida yotoqqa quladim. Jimin meni oʻziga yaqinroq tortib nafasini yuzimga purkagancha shivirladi.
Jimin: Bu odating o'zgarmaganidan xursandman.
Xarin: Bu hech qachon oʻzgarmaydi.
Uning yuzidagi tabassumi kengayib ohistalik bilan labimdan boʻsa oldi. Pastki lablarimni soʻrib tortgan yigit yana-da chuqurlashishni istab meni oʻziga tortar ekan, nimadir gʻalati ekanligini payqab qoldim. Uni oʻzimdan itarib peshonasiga qoʻlimni bosdim.
Jimin: Nimadir boʻldimi?
Xarin: Jimin, sen issiqsan
Jimin: Ha men chindan qaynoq yigitman.
Xarin: Hoy men buni nazarda tutmadim, isitmang bor.
Jimin: Nima? Yoʻq menda hammasi joyida
Xarin: Unday emas. Shoshma men ichishing uchun tabletka olib kelaman
Jimin: Xarin.
Savol nigohi bilan unga qaradim. U esa qoʻlimdan tortib meni yoniga qayta mixladi.
Jimin: Hech qanday dori kerak emas, mening malhamim sensan, shunday ekan yonimdan uzoqlashma.
U yelkamdan qoʻlini aylantirgancha meni bagʻriga bosdi.
Xarin: Aytgancha men kiyimlaringni olib keldim. Ularni yuvib quritdim, bemalol kiysang boʻladi.
Jimin: Yaxshi, hozir kiyishimga qarshi emasmisan?
U javobimni ham kutmay egnidagi kiyimni yechib oldi. Hech boʻlmasa odob yuzasidan koʻzlarimni olib qochishni istardim, lekin bu imkonsizdek. Mushakdor tanasidan boʻrtib chiqqan kubiksimon preslarga xuddi koʻzlarim bogʻlanib qolgandek chuqur nafas oldim.
Jimin: Balki koʻprogʻini istarsan?
Xarin: Men chiqib turaman
Jimin: Shsh, Xarin xonim, bir narsani unutdingiz.
U yana bilagimdan tutib meni oʻziga yaqinlashtirdi. Sochlarim orasiga qoʻl solgan yigit qulogʻimga yaqinlashib pichirladi.
Jimin: Bizda yakunlanmagan bir ish bor edi...
Uning ilmoqli gapini tushunib olgunimcha u qoʻllarini ohistalik bilan kiyimim orasiga olib borib yalang tanamni silab yuqoriga koʻtarila boshladi...
::: keyingi qismda :::
– Buni qarang rafiqam oʻynashi bilan topishib olibdimi? Oxirgi bor uni koʻrishga koʻzing yoʻq edi. Men biz birgalikda undan qasos olamiz deb oʻylagan edim.
– Ovozingni oʻchirasanmi yoki tilingni uzib olishimni kutyapsanmi? ( Ichida lava kabi qaynayotgan gʻazabini ochiq oshkor qilgan Jimin tishlarini g'ichirlatgancha qizni ortiga berkitib qoʻlida qurol oʻynatgancha turgan yigit qarshisiga chiqdi.
– Yoʻq, seni oʻldirish uchun qulay payt poylayapman, Park Jimin.
Oxiriga keb ócib qoldim davomini aktivilaga qarab tawiman sorry🫠😘
#Aera
@Gold_fanfics