Mission

Mission

Park_Yona

#Mission

Ep:2


Qahvaxona kursisida õtirgan yigit soatiga qarab yana eshikka qaradi. Uchrashuv belgilangan vaqtga hali 2daqiqa bor. Qizlarning kech qolish odatini hisobga olganda yigit sherigini eng kamida 15-20 daqiqa kutishi kerak. Yigit bu yerga ertaroq kelganidan õzini koyigan bõlib hõrsindi. Oradan ikki daqiqaga yaiqn vaqt õtgach biroz qoronğu va xiraroq bu qahvaxona ichiga kimdir kirib keldi. Yigit õsha tomonga qarab kimningdir sharpasini anglagandek bõldi va u õzi tomon kelardi. Nihoyat yigitning stoli tepasida tõxtagan qiz unga soniya davomida tikilib sõng gap boshladi

- Kim Taehyung senmisan?

Yigit bunday muomilani kutmagani uchun qizga ğalati nigohini tikdi. Kõrinish jihatdan barchani õziga jalb etishni eplaydigan bu jozibador qiz tashqi kõrinishiga xos bõlmagan tarzda qõpoldek tuyuldi unga. Chimirilgan qoshlari bilan qizni boshdan oyoq kuzatib qoshlarini kõtardi

- ha, - qisqa javob va qiz etiborsizlarcha yigitning qarshisiga õtirdi

- demak janob Parkning qizi sensan?

- ha, sen esa otam menga sotib olgan ersan, shundaymi? - qiz mazahlagandek yigitga qaradi

- tashqi kõrinishimdan bunga rozi bõladigan odamdek kõrinyabmanmi?

- ahamiyatsiz... Sen bilan shunchaki suhbatni yakunlab ketishni istayman

- yaxshi, unda suhbatimiz tugadi.

Yigit õrnidan turib eshik tomon yurdi. Qiz esa shunchaki joyida qilt etmay õtirarkan telefoniga xabar keldi. Qiz istamaygina xabarni ochdi. Bor yõği ikki qator yozilgan gap. Qiz kõzlarini yumib chuqur xõrsingach õrnidan turdi


Zinalardan yuqoriga kõtarilgan qiz biroz eskiroq eshikka qarab lab jiyirdi

- juda boy, ammo õlishi qashshoqlarnikidek bõladi

Qiz eshik qõnğiroğini shunchaki bosdi. Kutish va javobsizlik

- demak õyin õynaymiz, - qiz egilib eshik qulfiga qaradi.

- xaroba uchun mukammal qulf, ahmoqlar, - u yonidagi kichik ryukzagidan bir qancha qurilmalarni olib eshikka uladi. Kõp õtmay ulangan qurilmalardagi chiroqlar qizil tusdan yashilga õtdi. Qiz shunchaki qurilmalarni uzib eshikni tepgancha ichkariga kirdi.

- taq... taq... taq... Berkinmachoq õynash uchun vaqtim kam, agar kõproq bõlganda yõq demasdim.

Qiz xonadagi kreslolardan biriga õzini otdi. Qulay joylashib qõlidagi qurolni õynagancha qarshisidagi yuvinish xonasi eshigiga termuldi. Juda mõrt qulfni kuzatib qõlidagi qurol nishonini ayna õsha nuqtaga tõğirladi. Bir harakat va õq eshik qulfiga joylanib uni sindirib yubordi

- qancha badaningni ishqalama jirkanch hiding ketmaydi. Shunday ekan meni kõp kuttirmay tashqariga chiq.

Yana kutish va yana sukunat. Qiz axiyri õrnidan turdi.

- õlish uchun qulay joyni tanlamabsan

Allaqachon qulfi buzilgan yuvinish xonasining eshigiga qurolni tirab itargancha ichkariga kirgan qiz tortilgan pardani ham qurol bilan surib dush ichida bukilib õtirgan erkakka qaradi.

- yo Xudoyim, juda achinarlisan

Qiz qurolni erkakning peshonasiga tõğirlab pedalni bosdi. Qurolga õrnatilgan ovozni pasaytiruvchi qurilma sabab õq ovozi deyarli eshitilmadi. Qiz shunchaki qurolni tushirdi va yuvinish xonasidan chiqib eshikni qayta yopdi.


***


Aksariyat hollarda yomon odatlarda juda tez kõnikamiz. Keyinchalik esa bu ish bizga yomondek tuyulmay qoladi yoki shunchaki buni bilib turib qilishda davom etaveramiz.

Karmilla qõlidagi ichkilik solingan stakan ichidagi muz bõlaklarini stakan ichida õynatgancha ularga termulyabdi

- sõnggi paytlarda kõpayib ketmadimi? - yigit bar kursisiga joylashib afitsantni rad etgancha stakanni õynab õtirgan qizga qaradi, - ichimlik qizishini kutyabsanmi?

- senga nima? - u ikkala savolga ham bira tõla javob qaytardi

- shunchaki kulgili kõrinyabsan, - Jimin Karmillaga termuldi

Qiz indamay stakanni kõtarib ichkilikni yarimlatdi. Baland musiqa quloğiga yoqmasada u bunga chidaydi. Chunki unga alkagol kerak. Garchi u buni boshqa yerdan topishi va boshqa yerda ichishi mumkinligini bilsada klubga keladi. Shu õziga yoqmaydigan shovqin ichida yõqolishni xohlaydi. Qiz uchun bu odat tusiga kirgan. Qotillik va alkagol.

- yaqinda bu seni tugatadi

- senga nima? Ayt senga nima? Nega bu yerdasan, nega menga bularni aytyabsan?

- chunki otang senga qarab turishimni aytgan

- nega? - Karmilla jirkanchlikka qaragandek yuzini burishtirib orqa tarafiga alkagollar terilgan barga qaradi.

- kimgadir tegajoğlik qilmasliging uchun, - Jimin Karmillaning bunday ahmoqona qiyofasiga õrganib qolgani uchun reaksiyasiz javob bergancha qarshisidagi mast qizning ustidan kuldi

- qiziq, bu yerda qay birimiz erkak, - u mavzuni tez õzgartiradi, Jimin ham bunga odatlanib qolgan

- qachon sen mast bõlsang mana shunday aljirashni boshlaysan va keyingi stakan sen uchun xavfli bõladi, - Jimin shunchaki unga ahamiyat bermaydi

- ket, - Karmilla yarmi qolgan alkagolni sõngigacha ichdi. Barmen kelib idishni qayta tõldirmoqchi bõlganida Jimin stakan oğzini qõli bilan yopdi

- agar u yana bir tomchi ichsa u ichgan barcha alkagol haqqini maoshingdan tõlaysan, - Jimin Karmilla doim qimmat va õtkir ichkilik tanlashini biladi, - yõqsa men shu yerdayoq seni õldiraman

Barmen ulardan indamay uzoqlashdi. Karmilla Jiminga qaradi va õrnidan turib klubdan chiqib ketdi.


***


- ota, siz nima qilayotganingizni bilasizmi?! - yigitning asabiy ovozi eshitildi. Ammo qarshisidagi insonda hech qanday emotsiya yõq. U qõlidagi sigarasini tutatgancha yigitga qarab õtiribdi.

- shu sabab meni qamoqdan olib chiqdingizmi? Avvaliga õzingiz õsha yerga tiqib endi shu maqsadda olib chiqdingizmi?! - yigitning ovozi borgan sari kõtarilib borardi

- Taehyung! - erkak sigaret kulini kuldonga tõkib yigitga qaradi, - nega õsha qamoqqa kirganingni bilasan, shunday ekan bu mavzuni qõzğashni va buni yuzimga solishni tõxtat! Va õsha turmush albatta bõladi. Vaqti kelib kimgadir uylanishing kerak bõlganda ham biz Park oilasini tanlar edik. Keyin bu turmushdan manfaatdor faqat biz emasmiz! Park oilasi ham bundan foyda kõradi! Sen õylaganchalik birgina 'merosxõr' uchun emas bu oila! Õzingni bosda bir haftadan sõng bõladigan tõyinga tayyorlan!

- jin ursin! - Taehyung jahl bilan õrnidan turib yuqori qavatdagi xonasiga chiqib ketdi.

Xona ichida kursida befarqlarcha õtirgan boshqa bir yigit eshikdan kirgan Taehyunga gapira boshladi.

- shunday qizga uylanishdan jiğibiyron bõlishdan nima foyda, - Jungkook qõlidagi rasmga termulgancha gapirar edi.

- bu aqlga siğmaydi! Agar merosxõr kerak bõlsa kõchadan birorta foxisha topib õzi tuğdirib olavermaydimi?! Qizini menga tiqishtirmay!

- hoy asabiylashishni bas qil! Parkning yoshi allaqachon farzand kõrish uchun kech.

- sen õzi bu yerda nima qilib õtiribsan?! - Taehyung jiddiy qiyofada qaradi

- senga dalda berib yiğlaganinda dastrõmol tutish uchun

- Jungkook õchir ovozingni! - Taehyung yotoqqa õzini tashladi, - negadir qamoqxonadagi kameramni soğindim, - Taehyungning sõzlari ketidan Jungkookning kulgan ovozi yangradi

- qizlarni soğindingmi? - Jungkook qoshini kõtarib yotoqdagi Taehyunga qaradi. Jungkookning gapidan sergaklangan Taehyung tezda õrnidan turdi

- biror joyga borish uchun kim tõsqinlik qila oladi?

- sen, - Jungkook labini burib qarshisidagi yigitga qaradi, - axir salkam oilali insonsan... - endi Jungkook kõz ostida unga qarab turdi

- nima qanday ekanimni unutdingmi? Ketdik! - Taehyung butkul yotoqdan turib shkafidan ust kiyimini oldi. Hamon kursida õtirgan Jungkook Taehyung eshik oldiga borgandagina õrnidan turdi.

- yaxshi dõstim, bugun bõydoqliging yakuni bõladi. Qani olğa! - Jungkook qõlini Taehyungning yelkasiga tashladi.

- bas qil!


***


Alkagolning miqdori yetarli bõlmagani uchunmi, xonasida hali ham uxlay olmayotgan qiz jahl bilan õrnidan turdi. Uni klubdan ketishga majburlagan yigitni hozir otib õldirishni istayotgandi. Xonasidan chiqib tõğri pastga tushdi. Oshxonaga kirib ichkiliklar terilgan shkafni ochib qõliga ilingan ilk shishani olib stulga õtirdi. Stol ustiga bokalni qõyib ichkilikni sola boshladi. Stakan yarimlashga ulgurmay xona bõylab baland õq ovozi yangradi. Stol ustida hali tõlishga ulgurmagan bokal siniqlari va ichkilik tomchilar qoldi. Qiz qõlidagi shishani stol ustiga qõyib singan bokalga termuldi.

- qari bõlsangiz ham nishonga aniq ola olasiz, qoyil dadajon! - Karmilla oxirgi sõziga urğu bergancha nigohini otasi tomonga kõtardi

- yana ichmoqchimisan?

- ha! - Karmilla boshqa bir bokalni qõliga oldi.

- hoziroq joyiga qõy!

- nega?

- bu ichkiliklar sen uchun emas!

- ah, haqqini tõlayman

- senga joyiga qõy dedim!

- men esa ichmoqchi ekanimni aytdim!

- kimga gapirayotganingni anglayabsanmi?! Õz otanga õshqirishga qanday hadding siğdi!

- oh, manzur tutasiz mening qonuniy otam! - Karmilla yonayotgan asabini jilovlashga urungancha kesatdi

- xonanga bor Karmilla!

- bosh ustiga otajon, - Karmilla gõyo mulozamat qilgandek boshini egdi. Õrnidan turib xonasi tomonga ketarkan otasi uni tõxtashga majbur qildi

- ertaga Jimin seni tõy libosi tanlash uchun olib boradi

- nega? Nima men Jiminga turmushga chiqyabmanmi?

- uning vaqti yõq

- menda bor deb õylaysizmi? Erni õzingiz tanlaganingiz kabi tõy libosini ham õzingiz tanlay qoling! Men esa siz aytgan odamlarni õldirishim kerak, - uning oxirgi gapidan qarshisidagi erkakning yuzi õzgargandek bõldi

- xohish õzingda!

Karmilla ort õgirib keta boshladi. Ammo shu onda nimadir esiga tushgan kabi tõxtab gapira boshladi

- agar merosxõr kerak bõlsa nega õzingiz biror ayoldan bola ortirib ola qolmaysiz?

- bu yoği seni ishing emas!

- yaxshi, - u yana xonasi tomonga burildi. Eshikning yopilgan ovozi yirik zalgacha eshitildi. Park devanga õtirgancha qiz ketgan tomonga qarab õyga botdi...


***


Kõzgu qarshisidagi qiz aksiga qaragancha hech qanday emotsiya bildirmasdi. Qõliga tutqazilgan kichik guldasta ichidagi gullarga termulib nimalarnidir õylardi. Birozdan sõng u tashqariga chiqishi kerak. Eshik ochilib ortidan yigit kishining ovozi keldi

- men bilan borish fikri yaxshi deb õylaysanmi?

- hozir muhokama qilamizmi?

- hozir hal qilish kerak axir buni

- yaxshi, qarorni õzing qabul qil

- men otangni chaqiraman

- Jimin... - qiz eshik tomonga qarab, yigitni tõxtatdi

- ha

- hech nima ketaver...

Yigit xonadan chiqib ketdi. Xonada qolgan qiz yana kõzgudagi aksiga qaragancha qõlidagi gullarning lenta bilan nafis boğlangan dastasini siqdi

- tirikliging tõlovi bõlishini bilarding...


Writer: Park Yona

Report Page