Mirzo Ulug‘bek tumani sektor rahbarlarining tuman fuqarolariga murojaati!

Mirzo Ulug‘bek tumani sektor rahbarlarining tuman fuqarolariga murojaati!



Bugungi anomal sovuq kunlari, barchamizga sinovli kunlarda birlashishga va hamjihatligimizni oshirishni taqozo qilmoqda. Tuman hududidagi barcha kommunal soha vakillarining 24 soatlik rejimda ish olib borilishiga qaramastdan sohalarda muammoli vaziyatlarimiz ortib bordi. Shundan kelib chiqib tuman hokimligida qo‘shimcha kall-markaz tashkil etildi.

 

Hurmatli fuqarolar, sovuq kunlarda har bir mahalla markazlarida va to‘yxonalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan oilalar va keksa yoshdagi yolg‘iz fuqarolarimizga osh va issiq taomlar tarqatilmoqda. Oilaviy sharoiti og‘irlashgan fuqarolarimizga oziq-ovqat va tegishli yordamlar ko‘rsatilmoqda.

 

Tumandagi yerli xonadonlarga anomal sovuq kunda, issiqlik tizimidagi tanqislikni inobatga olgan holda ko‘mir tarqatildi. Gaz taʼminotidagi taqchillik oqibatida yuzaga kelgan elektr taʼminotidagi avariya holatlari ko‘paydi. Shaxsan sektor rahbarlari boshchiligida ushbu muammolarga yechim topib borilmoqda. Qolaversa 24 soatlik rejimda, barcha soha vakillari o‘z ish faoliyatini olib borib avariya holatlarini bartaraf etish bilan band.

 

Hurmatli Mirzo Ulug‘bek tumani fuqarolari!

 

Ushbu sinovli kunlarda barchamiz birgalikda, hamjihatlikda yengib o‘tishimizga ishonamiz, Aholimizni rozi qilish uchun, ularning har birini sovuq kunlarda qanday sharoitda ekanligidan xabardor ekanligimizni va ushbu holatlar tez orada bartaraf etilib kommunal sohadagi barcha muammolar o‘z yechimini topishiga ishonamiz.

 

Mirzo Ulug‘bek tumani sektor rahbarlari


Report Page