Mirzo Ulugʻbek -buyuk Oʻzbek astronomi, matematigi va davlat arbobidir.

Mirzo Ulugʻbek -buyuk Oʻzbek astronomi, matematigi va davlat arbobidir.

Мурадова Мавжуда Раджабовна

22 - mart Mirzo Ulugʻbek tavallud topgan kuniga bag'ishlab pedagogika fakulteti 4-4pps-19 guruh talabalari òrtasida tyutor M.R.Muradova tomonidan davra suhbati o'tkazildi. Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug‘bek Qo‘rag‘oniy - buyuk astronom va matematik, o‘z davrining atoqli allomasi va davlat arbobi bo'lgan. Mirzo Ulugʻbek Samarqandda ikkita madrasa: biri Registon ansambli tarkibida va ikkinchisi Goʻri Amir ansambli tarkibida barpo etganligi va allomaning oʻzi ham bu madrasalarning har birida haftada bir marotaba maʼruza oʻqigan va shu bilan birgalikda Mirzo Ulug‘bek vaqtini koʻproq astronomik kuzatishlarga, “Zij” ustida ishlashga va davlat ishlariga bagʻishlagan. Mirzo Ulugʻbek yaqin yillargacha faqat astronom va matematik olim deb hisoblanardi. Lekin uning ijodi serqirra ekanligi u tarix, sheʼriyat va musiqa bobida ham qalam tebratgani tòģrisida talabalarga davra suhbati davomida aytib òtildi.


Davra susbat davomida talabalar ham buyuk allomaning eng asosiy ilmiy mehnati “Zidjiy jadidi Ko‘rag‘oniy” asari tòģrisida òz fikrlarini bildirishdi.Mirzo Ulugʻbek tarixda buyuk Oʻzbek astronomi va matematigi, davlat arbobi sifatida nom qoldirdi.


Report Page