Miras Universiteti

Miras Universiteti

👨🏻‍⚕️***Mr Medik***👨🏻‍⚕️

Miras Universiteti



LITSENZIYA:(https://miras.edu.kz/university/index.php/ru/about-ru/licens-ru)

Miras universiteti – 1997-yilda tashkil qilingan. Qozog'istonning Chimkent shahrida joylashgan. Ta’lim rus, qozoq va ingliz tillarida olib boriladi. Universitet tashkil qilinishi bilanoq davlat akkreditatsiyasini qo'lga kiritgan. Universitetning asosiy vazifasi yuqori kvalifikatsiyalangan mutaxassislarni tayyorlash.

Univeristetda “uch tillik ta’lim” dasturi amal qiladi. 2015-2016 o'quv yillarida bir nechta fanlar tajriba sifatida ingliz tilida o'qitildi. Bu tajribaning asosiy vazifasi – talabalarda chet tillarini bilish darajasini oshirish: dasturda 50 foiz fanlar qozoq yoki rus tilida, 30 foiz fanlar ingliz tilida va 20 foizi fanlar boshqa ikkinchi tilda o'qitildi.

MIRAS UNIVERSITETINING AFZALLIKLARI:

✅ Barcha talabalar uchun tibbiy xizmat;

✅ Yaxshi o'quvchilar uchun jamoat transportiga chegirmalar;

✅ O'qish kichik guruhlarga bo'lingan tarzda amalga oshadi;

Miras universiteti talabalari uchun mamlakatning ko’plab do’konlari va muassasalarida imtiyozli dastur mavjud

Ta’lim muassasasi ishlaydigan mutaxassislarni qo’llab-quvvatlaydi – ular o’qishda 50% gacha chegirma olishlari mumkin

Talabalar sport zallari va suzish havzalariga bepul tashrif buyurishlari mumkin.

Miras universiteti o’zining kutubxonasi bilan mashhur bo’lib, uning kitoblari, jurnallari, lug’atlari, ma’lumotnomalari va boshqalar mavjud bo’lgan 150 mingdan ortiq qog’oz va elektron vositalarga ega.

Ta’lim muassasasining barcha o’quv xonalari kompyuter va taqdimot uskunalari, interfaol doskalar bilan ta’minlangan. O’qitish maqsadlariga erishish uchun laboratoriyalar, majlis zali, media-sinflar, o’quv zallari mavjud.

Talabalar go’zallik studiyasi, tez tibbiy yordam punkti, atelye va fizioterapiya xonasi xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

Miras xalqaro hamkorlik dasturi doirasida Turkiyadagi universitetlar bilan do’stona munosabatlarni o’rnatmoqda.

Antaliyadagi Turizm akademiyasida magistrantlar va universitet o’qituvchilari eng yangi texnologiyalar bilan tanishishlari mumkin. Amaliyot bir hafta davom etadi va ilmiy, o’quv va ko’ngilochar tadbirlarga to’la.

Talabalar «Turkiyadagi mehmondo’stlik sanoatining yutuqlari» kursida qatnashishlari mumkin. Kursning mohiyati – eng yaxshi 5 yulduzli mehmonxonalar xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan va baham ko’riladigan mashhur dam olish maskanlari va ma’rifiy tadbirlarni birlashtirish.


YO'NALISHLAR:

Bakalavr

✅ PEDAGOGIYA VA PSIXOLOGIYA

✅ PEDAGOGIYA VA BOSHLANG’ICH TA’LIM METODIKASI

✅ INFORMATIKA O’QITUVCHISI

✅ XORIJIY TIL

✅ Buxgalteriya hisobi va audit

✅ IQTISODIYOT VA BOSHQARUV

✅ BIZNES VA MOLIYA

✅ Menejment. MARKETING. SOTUV

✅ Huquq va bojxona ishi

✅ DASTURIY PAKETLARNI DASTURLASh VA RIVOJLANTIRISH

✅RADIOTEXNIKA, ENERGETIKA, ELEKTRONIKA VA TELEKOMMUNIKATSIYA

✅ TURIZM. MEHMONXONA BOSHQARUVI

💵 KONTRAKT ---250$ semestriga

Ma'lumot uchun!!! ⬇️⬇️⬇️


Report Page