"Mintay" baliqlarining 50 ming tonnalik yillik ta’minoti yo‘lga qo‘yiladi

"Mintay" baliqlarining 50 ming tonnalik yillik ta’minoti yo‘lga qo‘yiladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-7-oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifi doirasida baliq ovlash uchun kvotalar ajratishni ishlab chiqish va keyinchalik O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri yiliga 50 ming tonna mintay balig‘ini yetkazib berish ishlarini amalga oshirish topshirig‘i belgilangan edi.

Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekiston Respublikasiga dengiz mahsulotlarini olib kelishni yanada samarali tashkil etish, aholini sifatli va arzon dengiz mahsuloti bilan ta’minlash va dengiz mahsulotini iste’molini bog‘cha va maktablarda keng targ‘ib etish maqsadida, Rossiya Federatsiyasining "Baliqchilik Federal agentligi" bilan hamkorlik qilish rejalashtirilgan edi.

Shu maqsadda, Qishloq xo‘jaligi vazirligida Rossiya Federatsiyasining "Baliqchilik Federal agentligi" vakillari hamda "O‘zbekbaliqsanoat" uyushmasi o‘rtasida muzokaralar olib borildi

 Uchrashuvda, O‘zbekiston Respublikasi uchun Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy zonalarida baliq ovlash kvotasini ajratish masalalari hamda bu borada O‘zbekistonning qo‘shma korxona tashkil etish taklifi muhokama qilindi. 

Shuningdek, 2021-yilning 19-noyabr sanasida Rossiya Federatsiyasi hukumati va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida imzolangan amaldagi kelishuv ijrosini ta’minlash hamda Rossiyaning iqtisodiy zonalarida baliq ovlash kvotasi ajratish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv imzolanishi aytib o‘tildi. 

O‘zbekiston tomonidan so‘ralgan 50 ming tonna "Mintay" va 20 ming tonna "Seld" balig‘ini ovlash uchun kvota hajmlarini oshirish uchun mamlakatdagi ushbu mahsulotlarga mavjud ichki talabdan kelib chiqib bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilab olindi.



Report Page