Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasini takomillashtirish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhining navbatdagi seminar-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasini takomillashtirish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhining navbatdagi seminar-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 2-dekabrdagi PQ–436-sonli qarori ijrosi doirasida respublikada “yashil” infratuzilmalar uchun xususiy kapital jalb etilishini kengaytirish, “yashil” iqtisodiyot sohalarida moliyaviy vositalarni rivojlantirishda “yashil” turdagi faoliyatni tasniflash mezonlarini joriy etish maqsadida yashil iqtisodiyot taksonomiyasi ishlab chiqilgan.

Jahon banki bilan hamkorlikda Iqtisodiyot va moliya vazirligi binosida “Yashil” iqtisodiyot bo‘yicha tajriba, maʼlumotlar va manbalarni o‘zaro almashish, shu jumladan, “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasini takomillashtirish maqsadida Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasini ishlab chiqish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhining navbatdagi seminar-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida Jahon banki, PwC (PricewaterhouseCoopers) ilg‘or xorijiy konsalting kompaniyasining O‘zbekiston va Qozog‘istondagi ekspertlari hamda idoralararo ishchi guruh a’zolari O‘zbekistondagi “yashil” taksonomiyaga uslubiy tavsiyalar hamda siyosatni baholash, takomillashtirish va moliyaviy resurslarni safarbar qilishda taksonomiyadan foydalanish mavzusida keng muhokamalar o‘tkazildi.

Yig‘ilishda xorijiy ekspertlar Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasini takomillashtirishda ilg‘or xorijiy tajriba, shu jumladan, qo‘shni davlatlarda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil taqdimot o‘tkazishdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha batafsil maʼlumotlar olishdi hamda keyingi seminarlar bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborot xizmati

Report Page