,,Milliy urf-odat va qadriyatlarimiz buvijonlarimiz talqinida"

,,Milliy urf-odat va qadriyatlarimiz buvijonlarimiz talqinida"


Buxoro tuman 4-umumta'lim maktabida ta'tilni maroqli o'tkazish maqsadida ,,Milliy urf-odatlarimiz buvijonlarimiz talqinida" mavzusida tanlov e'lon qilindi.Tanlovda maktabimizning barcha o'quvchi yoshlari faol qatnashdi.

,,Qarisi bor uyning parisi bor», deydilar. Darhaqiqat, keksalar – uyimizning ko‘rki, qalbimizni munavvar qilib turguvchi chiroq, beminnat duogo‘yimiz, pand-nasihatlari bilan umrimizni yoritguvchi quyosh, tajribayu maslahatlari bilan yoshlarimizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi yo‘lchi yulduz.

O'zbekistonning milliy urf-odatlari va an'analari milliy marosimlar, o'yinlar, bayramlar o‘zbek xalqining an’ana va urf-odatlari asrlar davomida shakllangan.

Hayotning achchiq — chuchugini tatigan,hayot saboqlaridan dars olgan muxtaram keksalarimiz bor ekan, hayotimiz mazmunli, koshona uylarimiz fayzlidir. Ularning mehrli va sehrli so’zlari, “kitob”dan o’rgangan o’gitlari, chiqargan xulosalari bizning-da hayotimizni nurafshon etadi. Samodagi charog’on quyosh yer yuzini qizdirsa, momo – buvilarimiz o’gitlari qalbimimizni ilitadi. Zero, “Qari bilganni pari bilmas”. Haqiqattan ham, keksalarimiz o’gitlari hech qanaqa manbada ko’rsatilmaydi.Milliyligimiz urf-odatlamizni yoshlarimizning ongiga singdirishga bobo va buvijonlarimizning rollari katta.

Nuroniy keksalarimiz bor uy fayzli risqli bo'ladi.Shu koshonada ulg'ayayotgan farzandlar esa tarbiyali iymon e'tiqodli bo'lib kamol topadi.

MMIBDO':N.Akramova

IMMBT:Z.Hikmatova



Report Page