“Milliy raqs” tanlovi
Javlonbek ToshpoʻlatovUniversitetda “Talant shou” tanlovlarining “Milliy raqs” turini o‘tkazish
NIZOMI
I. Umumiy qoidalar
Mazkur Nizom “Talant shou” (keyingi o‘rinlarda - Tanlovlar)ning “Milliy raqs” turini o‘tkazish tartibini belgilaydi. Talabalarning tanlovda qatnashish bo‘yicha murojaatlari mazkur
Nizomda belgilangan tartibga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Universitet talabalari orasida tanlov mazkur Nizom talablari asosida o‘tkaziladi.
Tanlovda talabgorlarining belgilangan mezonlarga muvofiq tayyorgarlik darajasi ko‘rib chiqiladi.
Shu maqsadda Universitetda tanlovlarni o‘tkazish Universitet Ishchi guruhi zimmasiga yuklatiladi.
Nizomga universitet Kengashi tomonidan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
II. Tanlovning asosiy maqsadi va vazifalari
Iste’dodli talabalarni aniqlash, ularning ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, talaba yoshlar o‘z mahoratlarini ko‘rsatishi va san’at sohasida o‘sishni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish.
- yosh avlodni har tomonlama yetuk, yuksak ma’naviyatli, intellektual salohiyatli, ota-onasiga, Vatanga sadoqatli komil inson qilib tarbiyalash;
- universitet talabalarining ijodiy faoliyatini rag‘batlantirish;
- talaba yoshlarning ijodiy salohiyatini shakllantirish;
- iqtidorli, istiqbolli talabalarni qo‘llab-quvvatlash;
- milliy musiqa, milliy kuy va milliy cholg‘u asboblarini chalish an’analarini davom ettirish va ommalashtirish;
- talabalarning sahna madaniyatini rivojlantirish;
- talaba yoshlarda milliy san’atni faollashtirish va rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.
- Boshqa bir tanlov turida ishtirok etganlar ushbu tanlov turida qayta ishtirok eta olmaydi.
III. Tanlovni o‘tkazish tartibi, bosqichlari va muddatlari
- Universitetda tuzilgan ishchi guruh rahbarlari tanlovning yuqori saviyada tashkil etilishiga mas’ul hisoblanadi.
- Ansambl a’zolari tarkibida bitiruvchi kurs talabalari bo‘lgan taqdirda, ansambl tarkibini qayta to‘ldirish maqsadida tanlov yiliga bir marotaba oktabr oyida o‘tkazilishi mumkin.
- Tanlovni o‘tkazish bo‘yicha mutaxassislardan iborat Hakamlar hay’ati tuziladi.
- Tanlov dastlab fakultetlar so‘ng universitet bosqichida o‘tkaziladi.
— Fakultet bosqichi – fakultet talabalari o‘rtasida oyining ikkinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.
— Universitet bosqichi - fakultetlar o‘rtasida oyining uchinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.
IV. Tanlov shartlari va baholash mezonlari
Tanlovning baholash mezonlari:
- Milliy raqs Farg‘ona, Buxoro va Xorazm maktablari yo‘nalishi hisobga olgan xolda yakkaxon hamda jamoaviy (2 nafardan kam bo‘lmagan va 4 nafardan ko‘p bo‘lmagan) raqs;
- Har bir raqs maktablariga asoslangan xolda milliy liboslarga alohida e’tibor qaratish;
- Musiqa bilan raqs harakatlarining hamoxanligiga e’tibor qaratish;
- Mimika orqali tomoshabinni o‘ziga qaratish;
- Musiqa va raqs harakatlari o‘rtasidagi uyg‘unlik.
Musiqa ritmni to‘g‘ri his qilish va unga
moslashish;
- Jamoaviy raqsda harakatlarning sinxronligi va jamoaning uyg‘unligi;
- Barcha ishtirokchilarning bir xil kayfiyat va energiya bilan ijro etishi;
- Oyoq kiyimning raqsga mosligi va qulayligi.
Baholash tizimi:
Tanlov ishtirokchilarining chiqishlari har bir san’at turi uchun alohida 30 ballik tizimda baholanadi.
- “1 - darajali diplom”; 28 dan 30 ballgacha (1-o‘rin)
- “2 - darajali diplom”; 25 dan 27 ballgacha (2-o‘rin)
- “3 - darajali diplom”; 23 dan 25 ballgacha (3-o‘rin)
- 22 balldan past olgan ishtirokchi(lar) “tanlovda ishtirok etgani uchun tashakkurnoma” beriladi.
- ikki ishtirokchining yoki ikki ishtirokchi jamoalarning ballari baxsli bo‘lgan xolatlarda qo‘shimcha jonli ijrodagi raqs orqali g‘olib(lar) aniqlanadi.
Nominatsiyalar:
- “Eng yaxshi raqs ijrochisi” nominatsiyasi
- “Eng yaxshi milliy raqs” nominatsiyasi
- “Eng yaxshi jamoaviy ijro” nominatsiyasi
Tanlovning hakamlar hay’ati raisi ballar teng taqsimlanganda yoki bahsli holatlarda ovoz berish huquqiga ega.
Hakamlar hay’ati har bir a’zosining ballari bo‘yicha baholar umumiy bayonnomada qayd etiladi.
- Yakkaxon va jamoaviy ishtirokchilar uchun qo‘shimcha faxrli o‘rinlar belgilanmaydi.
Taqdirlash
Tanlov natijalariga ko‘ra ishtirokchilarga I, II, III-darajali diplomlar beriladi.
V. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash
Tanlovning universitet bosqichida o‘rinlarni egallagan talabalarga universitet rektori tomonidan maxsus diplom va tashakkurnomalar topshiriladi.
Gʻoliblar quyidagi tartib taqdirlanadi:
Yakkaxon ishtirokchi uchun:
1-o‘rin - bazaviy stipendiyaning 3 barobari;
2-o‘rin - bazaviy stipendiyaning 2 barobari;
3-o‘rin - bazaviy stipendiyaning 1 barobari miqdorida mukofotlanadi.
Jamoaviy ishtirokchilar uchun:
1-o‘rin - jamoaning har bir a’zosi uchun bazaviy stipendiyaning 3 barobari;
2-o‘rin - jamoaning har bir a’zosi uchun bazaviy stipendiyaning 2 barobari;
3-o‘rin - jamoaning har bir a’zosi uchun bazaviy stipendiyaning 1 barobari miqdorida mukofotlanadi.
Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan talabalar universitet tomonidan diplom bilan taqdirlanadi.
O‘tkazilgan tanlovlar hamda faxrli o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarning chiqishlari universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida yoritiladi.