Otalar kuni jiddiy siyosiy-ijtimoiy kun sifatida ommalaştirilişi zarur.

Otalar kuni jiddiy siyosiy-ijtimoiy kun sifatida ommalaştirilişi zarur.


Otalar toğ bölardi. Bugun zöravon, nomussiz, alimentdan qoçib yuradigan, xotinboz va hokazo

Nafaqat oilada, butun jamiyatda erkakni, ya’ni amaldagi yoki bölajak otalar ohorini tökib, nomini oyoqosti qilib yubormayapmizmi? Buning oqibati nima böladi?

Boğcha va maktabni erkak tarbiyaçi va öqituvçilar taşlab ketganiga ança böldi. Sönggi yillarda erkaklar oiladan ham siqib çiqarilayotgandek… 

Millat taqdiri quriladigan bu maskanlar rad etilayotgan otalikning aççiq mevalari - asabiy ayollarning eʼtirozlari bilan böğilmayaptimi? Nega onalar, tarbiyaçi va öqituvçi ayollar bu qadar asabiy?

Turli millatlarda qadriyatlar turliça böladi, bizniki ham özimizga xos. Ming yillar şakllangan qadriyatlarimizda erkak va ayol munosabatlaridagi muvozanatni ayol farovonligining asosiy duşmani deb körsatayotganlar, allaqaçon oila va otalikni yançib taşlab bölgan madaniyatlar tarğibotçilariga taşlab qöymayapmizmi?

Ahmoq hamma millatda topiladi, ikkita zöravon, tarbiyasizni boş sahnaga çiqarib, özbek erkaklari hammasi zöravon, ayolini xor qiladi degan qaraşlarni yoşlarimizga singdirilişini oqibati nima böladi?

Bugungi oila buzilişlarining asosiy sababi yoşlar birgalikda sabr bilan ötişlari kerak bölgan muammolar, lekin tomonlar bir-biriga işonçini yöqotmoqda. Asossiz xavotir, ayblov, ğiybat va tuhmat urçib ketişiga sabab şu emasmi?

Muvozanatli murosa, oqibati halovot va maʼrifatli farzandlar bölgan milliy oila madaniyatimiz, otalarni rad etayotgan, erkak-ayol munosabatlarida inqirozga tuşib qolgan madaniyatlar taʼsirida qolib ketayotgandek…

Bizni qadriyatlarimiz ayollarining qomati va hadsizligi emas, oilaparvarligi, hayo va maʼrifati bilan faxrlangan.

Ota, erkak - jamiyat şaʼni şavkatini himoyaçisi! Mukarram va hikmatli onalar bu himoyaçilarni tarbiyalovçilardir!

Biz saylov dasturimizda farzand körgan ayollarga tarbiya treninglarida iştirok etiş şarti bilan 3 yilgaça haq tölanadigan onalik taʼtili beriş taklifi ustida işlayapmiz.

Agar onalar şavkatli farzandlar uçun halovatidan keçmasa, otasını tanimaydigan farzandlar nafaqat onasi, balki butun jamiyatni nafsiga qurbon qiladi.

Otalar kuni jiddiy siyosiy-ijtimoiy kun sifatida ommalaştirilişi zarur.

Oila munosabatlarimiz jiddiy tadqiq qilinişi kerak, bu milliy taraqqiyotni taʼminlaşga xizmat qiladigan muhim xulosalarga olib keladi.

Yana bir bor, Otalar kuni muborak bölsin.

@alisherQodir

Report Page