Milliy liboslar - ma'naviyat ko'zgusi

Milliy liboslar - ma'naviyat ko'zgusi

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Vobkent tuman bo'linmasi

O‘zbekona kiyinish madaniyatini targ‘ib qilish, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo me’yorlariga amal qilish, milliy an’analarimizni keng targ‘ib qilish orqali urf-odat va qadriyatlarimizga xos bo‘lmagan kiyinish uslublariga taqlidning oldini olish, yoshlarda milliy kiyinish madaniyatini shakllantirish, ta’lim muassasasida kiyinish odobi va me’yorlariga rioya qilish bo‘yicha "Milliy liboslar - ma'naviyat ko‘zgusi" mavzusida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Vobkent tumani 20-maktabda o‘tkazilgan bugungi tadbirda milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat, milliy urf-odat va an’analarimizga sadoqat, milliy liboslarning go‘zalligi va zamonaviy talqinini turli sahna ko‘rinishlari, jozibali raqslar va liboslar taqdimotlari orqali namoyish qildilar.

Tarbiyada seniki, meniki degan masala yo‘q. O‘zbekona kiyinish madaniyatini targ‘ib qilish, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo me’yorlariga amal qilish, milliy an’analarimizni keng targ‘ib qilish orqali urf-odat va qadriyatlarimizga xos bo‘lmagan kiyinish uslublariga taqlidning oldini olish, yoshlarda milliy kiyinish madaniyatini shakllantirish barchamizning vazifamizdir.

Faoliyatimizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Vobkent tuman bo'linmasi.


Report Page