Milliy g'oya va an'anaviy naqshlar – Toshkent metropolitenining barpo etilishi tarixi

Milliy g'oya va an'anaviy naqshlar – Toshkent metropolitenining barpo etilishi tarixi

Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti axborot xizmati


Markaziy Osiyodagi dastlabki metro aynan Toshkent shahrida barpo etilganini bilaszmi?! 

Qayd etib o'tish kerakki, Toshkent shahrining metropoliteni O'zbekiston poytaxtining asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi. Metropoliten Toshkentning eng muhim transport infratuzilmalaridan biri bo'lib, uning qurilishi poytaxtimiz uchun eng qayg'uli kun, 1966-yilda sodir bo'lgan zilziladan so'ng boshlangan.

Shahar rivojlandi va bir vaqtning o'zida aholi soni ham o'sa boshladi, ehtiyojlar o'shdi va eng muhim muammolardan biri - transport infratuzilmasi muammosini bartaraf etish uchun yangi yechimlarini topish kerak edi. Shunday qilib, butun shaharni bog'laydigan bir necha metro tarmoqlarini yaratish g'oyasi paydo bo'ldi. Va nihoyat 1972-yilning yanvar oyida kelajak metro infratuzilmasi qurilishi boshlandi.



Qurilish davomida tunnellarni yotqizish juda qiyin kechdi, chunki ba'zi joylarda yerning holati qurilish ishlariga jiddiy halaqit bergan va ba'zi joylarda yer osti suvlari bor edi. Ammo barcha qiyinchiliklarga qaramay, metropolitenning dastlabki bosqichi – Chilonzor yo'nalishi deyarli 1 yil davomida qurilgan va 1977-yil 6-noyabrda tugatilgan. 1991-yilda ikkinchi — O'zbekiston yo'nalishi, 2001-yilda esa uchinchi — Yunusobod yo'nalishi foydalanishga topshirildi.


Hozirgi vaqtda Toshkent metropoliteni 5 ta yo'nalishga ega (Chilonzor, O'zbekiston, Yunusobod, Mustaqillikning o'ttiz yilligi va Sergeli yo'nalishlari). Umumiy uzunligi 58,3 km bo'lgan 43 ta stansiya mavjud bo'lib, 2020-yil 26-dekabrda 5 ta stansiyadan iborat Sergeli yer usti metro yo'nalishi ishga tushirildi. Bu esa Chilonzor metro yo'nalishining mantiqiy davomi bo'ldi. Stansiyalarning har biri o'zining unutilmas ko'rinishiga ega, me'moriy yechimning o'ziga xosligi, serjilo ranglari va milliy madaniyatni aks ettirishi bilan ajralib turadi. Respublikaning barcha hududlaridan stantsiyalarni loyihalash uchun eng yaxshi rassomlar, ustalar va dekorativlar taklif etilgan.

Bekatlarni qurilishida ko'plab bezak materiallari ishlatilgan. Asosan marmar va granitdan foydalanilgan. Har bir metro bekati noyob naqsh va bezaklar bilan bezatilgan, devorlarda freskalar va mozaikalar tasvirlangan.

Toshkent metrosi birinchi marta 1977-yilda o'z ishini boshlagan.

Report Page