Milliy gʻurur ila milliy armiyamiz va shaxsiy tarkibga oʻrnak boʻladigan harbiylar qutlandi

Milliy gʻurur ila milliy armiyamiz va shaxsiy tarkibga oʻrnak boʻladigan harbiylar qutlandi

Milliy gvardiya Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi

Oʻzbekiston respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoning 2022-yil 8-yanvardagi 3-sonli buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi lavozimidan ozod etilib, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devoni Jamoat tartibini saqlashga koʻmaklashish va Qoʻshinlar xizmati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan bugun Milliy gvardiya Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasida tantanali marosim tashkil etildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik S.Mamayusupov va viloyat hokimligi hamda huquq tartibot organlari xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirda soʻz olganlar polkovnik L.Yaxshikovni muborakbod etib, keyingi xizmatchilarida ham samarali faoliyat olib borishida katta ishonch bildirishdi. Shuningdek, tashkilotlarning esdalik sovgʻalari topshirildi.




Tadbir davomida kuni kecha Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanida boʻlib oʻtgan ochiq Xalqaro turnirda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari kichik serjant M.Ubaydullayev, katta serjant E.Hasanov, oddiy askar D.Umarqulovlar sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritganligi bois, ularga gʻoliblik kamarlari, diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.


Report Page