Miller qonuni
Abdulaziz Bekturdiyev
O'rtacha odam o'z xotirasida faqat 7 (±2) elementni saqlashi mumkin. Ya'ni o'rtacha olganda, inson ish xotirasida 5 tadan 9 tagacha bo'lgan diapozondagi elementlarni saqlab qola oladi.
Kelib chiqishi
1956 yilda Jorj Millerning ta'kidlashicha, tezkor xotira va mutlaq mulohazalar oralig'i taxminan 7 ta ma'lumot bilan cheklangan. Axborotning asosiy birligi - bu bit, ikkita bir xil ehtimoliy alternativa o'rtasida tanlov qilish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar miqdori. Xuddi shunday, 4 bit ma'lumot 16 ikkilik alternativlar (4 ta ketma-ket ikkilik qarorlar) o'rtasidagi qarordir. Chalkashlik noto'g'ri qarorni keltirib chiqaradigan nuqta - bu kanalning sig'imi. Boshqacha qilib aytganda, ma'lum vaqt ichida kanal orqali ishonchli tarzda uzatilishi mumkin bo'lgan bitlar miqdori.
Soddaroq tushuntirilsa, odamning miyasi to'g'ri qaror qabul qila olishi uchun uning xotirasi sig'imi e'tiborga olinishi kerak. O'sha sig'im 5-9 oralig'idagi, yoki o'rtacha 7 ta ma'lumot birligini ekanini 1956 yilda Jorj Miller ta'kidlagan.
Ishlatilishi
Bu qonunni amalda qo'llashning bir nechta uslublari mavjud. Qaysi uslubni qo'llash emas, balki qonunni to'g'ri tushunish va uni to'g'ri tadbiq qilish muhim. Eng asosiysi, ma'lumotlar to'plamini foydalanuvchilarga oson va tushunishga qulay tarzda taqdim qilish. Bunda Miller qonuni yani insonning ish xotirasidagi cheklovlarni e'tiborga olgan holda qaror qabul qilish kerak.
Guruhlash
Ma'lumotlarni oson va sodda qilib taqdim qilishning birinchi usuli guruhlashdir. Masalan, onlayn do'konni ko'rib chiqaylik. Korzinka misolida oladigan bo'lsak, u yerda mahsulotlarning 100 lagan turlari mavjud. Mijozlar mahsulotlar orasida adashib qolmasliklari uchun, ularni guruhlarga bo'linadi, masalan sut mahsulotlari, go'sht mahsulotlari va hokazo. Endi guruhlarga ajratilganidan so'ng, mahsulotarni topish yoki sotib olishda mijozlarga qulaylik yaratilda. Agar e'tibor bergan bo'lsangiz, Korzinkada go'sht mahsulotlari yana kichikroq guruhlarga, parranda go'shti, mol go'shti, qo'y go'shti va baliq lar kategoriyalariga ajratilgan. Bu esa mijozlar uchun qidiruv samaradorligini yananda oshiradi.

Korzinkaning onlayn do'konida ham huddi shunday guruhlash usulini qo'llanilsa, foydalanuvchilar uchun kerakli mahsulotni topish va eslab qolish juda osonlashadi. Bu faqat birgina holatdagi misol holos. Bu qonunni to'g'ri tadbiq qilingan 100 lagan misollarni keltirish mumkin.
Bu qonunni amalda ishlatilinishing boshqa bir samarasini ko'rib chiqamiz. Hech e'tibor berganmisiz, nima uchun telefon nomerlari 7 ta raqamdan iborat. Odatda, telefon raqamlari davlat kodi (+998), kompaniya yoki hudud raqami (99, 98, 97) va abonent nomerlaridan (532 99 00) dan tashkil topgan bo'ladi. Bu format hamma davlatlarda birdek ishlatiladi.

Bizning holatimizda davlat kodi shundog'am tushunarli, abonent qaysi davlatda yashayotganini va qaysi koddan foydalanishini juda yaxshi biladi. Kompaniya yoki hudud raqamlari ham shunday qabul qilinishi mumkin. Lekin abonent raqami eslab qolish zarur. Agar tanishingizdiz telefon raqamini so'rasangiz katta ehtimol bilan sizga oldin kompaniya kodini (99) keyin telefon raqamini aytadi. Uning raqamni aytishiga ham e'tibor beringda, masalan oldin 532 keyin 9900 deydi. Agar sizga 5,3,2,9,9,0,0 desa uni eslab qolishingiz qiyin. Raqamlarni guruhlash orqali, ularni miyamiz oson qabul qilishiga sharoit yaratib beramiz. Bu esa raqamni eslab qolishga yordam beradi. Tepadagi rasmda telefon raqamlarini guruhlash orqali, ularni eslab qolishga oson qilish mumkinligi ko'rsatilgan. Abonent raqamlarining 7 bo'lishi ham o'z o'zidan kelib chiqqan emas. Millerning qonuniga ko'ra 7 ta ma'lumot birligi xotiraning eslab qolish sig'imi, shunga ko'rsa abonent nomerlari ham 7 ta raqamdan tashkil topgan.
Ammo Millerning qonuni har bir kishiga nisbatan qabul qilinmagan. Ya'ni ba'zi insonlarning eslab qolish qobiliyati juda kuchli bo'ladi. Bu qonunni yanada to'g'ri tadbiq qilishingiz uchun oldin siz foydalanuvchilarni o'rganishinigiz kerak bo'ladi. UX tadqiqot natijalari sizga juda qo'l kelishi mumkin. Insonning eslab qola olish hususiyati ularning oldin olgan bilimlariga va o'sha jarayonda sarf qilgan vaqtlariga bog'liq. Umumiy olgan xotiramizning sig'imi 7ta ma'lumot birligi. Biroq, shunday holatlar bo'ladiki ba'zi toifa foydalanuvchilarning xotira sig'imlari bu qonundagi raqamlarga to'g'ri kelmaydi. Bu istisnolar sizning auditoriyangizning qaysi qismiga to'g'ri kelishini aniqlashingiz kerak. Agar siz akademik foydalanuvchilar uchun mahsulot dizayn qilayotgan bo'lsangiz, ularning xotira sig'imlari 7 ta ma'lumot birligidan ko'p bo'lishi mumkin.
Har qanday holatda bo'lgani kabi, Miller qonunida ham istisnolar bo'lib turadi. Ularni aniqlash va to'g'ri qarorlar qabul qilish esa sizning vaziyatingizga va tajribangizga bog'liq masala.
Xulosa
Bu qonundan oladigan asosiy xulosalarimiz:
- Keraksiz dizayn cheklovlarini oqlash uchun "sehrli yetti raqam" dan foydalanmang.
- Foydalanuvchilarga oson bo'lishi, tushunish va eslab qolishlariga yordam berishi uchun konentni kichikroq qismlarga ajrating.
- Esda tutingki, qisqa muddatli xotira hajmi har bir kishining oldingi bilimlari va vaziyat kontekstiga qarab o'zgaradi.