Midnight Heart Race
꙳⍣Юн Дживон⍣꙳❤️🔥#Midnight_Heart_Race❤️🔥
Ep. 18 - Final
--Bu bola Jiminga o'xshaydi - dedi Jiwon jiddiy ohangda.
--Jiminga...? Jiwon nimalar deyapsan?
--Chunki bu Jiminning farzandi...
--Jiwon...? - Jungkook qizning ko'zlariga hayronlik bilan tikildi. Qizning yuzi hanuz jiddiy qiyofa kasb etgan.
--Jiwoniee iltimos... Agar bu hazil bo'lsa.. Haddan oshib ketding..! Tushuntirib ber... Nega.. Jiminga..?
Jiwon Jungkookdan ko'zlarini olib qochgancha ho'rsinib yotoqdan turdi.
--Qayoqqa ketyapsan!? Savolimga javob ber!
--Chunki... Bu test meniki emas.. Yonaniki.. Ya'ni men emas Yona xomilador.
Jiwon kulgisini bazor tiygancha Jungkookning yuz ifodasi tushkunlikdan jahlga o'zgarishini kuzatdi.
--Yaaa!
Jungkook o'rnidan turishi bilan qiz oyog'ini qo'lga olgancha qochib, xonadan uchib chiqdi.
--O'sha yerda to'xta Jeon Jiwon!!! Adabingni berib qo'yaman! Meni aqldan ozdirmoqchimisan! Aish..
Jungkook Jiwonning ortidan katta qadamlari bilan bir zumda yetib oldi.
--O'zing gapirishimga qo'ymadingku yaa! - Jiwon zaldagi divanning narigi tomoniga o'tgancha qochishga urindi.
--Va keyin keskin hazillashishga qaror qildingmi? Juda yaxshi!
Jungkook divanni ustidan sakrab o'tdida Jiwonni tutib yelkasiga ortdi.
--Yaa axmoq!
--Jimin va Yona farzandli bo'layotgan ekan nega biz bo'lmasligimiz kerak..!
--Nima?! Yo'q men tayyor emasman - qiz yana xonasi tomon yurib ketayotgan Jungkookni yelkasidan tushishga befoyda urindi - Yaa~ men hali bolali bo'lishga tayyor emasman..
--Hechqisi yo'q azizam o'rganib olamiz.
--Aqldan ozdingmi?!! Yaa! Ho'p mayli kechir..
Jungkook xonaga kirgach Jiwonni o'ringa yotqizib qo'llarini ikki yoniga qo'ydi.
--Kechirim so'rashga kechmasmikin. Oxirgi vaqtlar ko'p qaltis hazillar qilding. Menga yolg'on gapirding. Jimin bilan gaplashayotganingni yashirding. Qara babe juda ko'p sabrli bo'libman.
--Eyy~ u faqat Yona borasida yordam so'radi xolos. Undan jahling chiqmasin deb senga aytmagandim.
--Endi esa sendan jahlim chiqyapti.
--Qara, issig'im hali ham tushgani yo'q.. Mazam bo'lmayapti - Jiwon zo'raki yo'talib qo'ydi - Kel yaxshisi bugun meni quchoqlab uhla.
Yana bir bor soxta yo'talgan qiz beozor qo'zichoq qiyofasini yasab Jungkookni eritishga urindi.
--Aishsh.. bu mitti yaramas tovlamachini qarang..! Yaxshi, oldin dori ichasan keyin uhlaymiz.
Jungkook kaftini Jiwonning peshonasiga qo'yib ko'rdi. So'ng tortmadan dori olib qizga ichirgach yoniga yotgancha bag'riga tortdi. Ko'ngli joyiga tushgan Jiwon ham o'zining qulay o'rnini topgandek, Jungkookning pinjiga yaxshiroq joylashib olib yuzini ko'ksiga ko'mdi.
***
Timeskip➡️
Tun... Yona sekinlik bilan o'ychan qadam tashlab uyi tomon yaqinlashardi.
*Tushunarsiz holat... Hursandchilik his qilaymi..? Qo'rquvmi.? Bola..? Endi nima qilaman.. Men.. uddalay olamanmi..
Beixtiyor chalkash hayollarini yig'gan qiz uyi yaqinida turgan mashinaga ko'zi tushdi. Mashina yonida turgan Jimin Yonani ko'rishi bilan shaxdam qadamlar bilan unga yaqinlashdi.
--Jimin..?
--Nega aytmading?! - jahldor ohangda so'radi Jimin - Buni menga qachon aytmoqchi eding!
--N-nimani?
Jimin qizni yelkasidan ushlab o'ziga yaqinroq tortdi.
--Bola.. Bizni bolamiz.!
--Jimin.. O'zim ham bugun bildim... Senga Jiwon aytdimi?
Jimin qo'llarini Yonaning yuziga olib o'tib kaftlari orasiga oldi.
--Yona.. Uyimizga qayt... Iltimos.. Ikkingizni ham yoningizda bo'lishni istayman.. Voz kecha olmayman.. Yana yonimga qayt..
--Bizni uy yo'q Jimin... Biz ajrashganmiz.. Men hali aniq bir qarorga kelolmadim..
--Bu nima deganing?
--Hech narsa... Kutilmaganda bu ishlar.. Bu yangilikni hazm qilib olishimga vaqt ber... Hammasini yaxshilab o'ylab olishim kerak.. Bu safar qaysarligingni qilma iltimos.
Jimin Yonaning ko'zlariga biroz qarab turdida bir qo'lini beliga qo'yib, boshqasi bilan sochlarini ushlagancha bag'riga bosdi. Hech narsa demadi... Ikkisi shu tarzda biroz jim turishdi... Ba'zan sukunat ko'p narsalarni o'zgartira oladi..
*Jiminning quchog'i.. Eng halovatli joydek tuyildi hozir.. Undan keladigan ifor.. ko'ksining tafti.. Bularni sog'inibman.. U meni yanada qattiqroq quchoqlashini istayman..
--Istaganingcha kutaman.. Faqat va'da ber.. Yana yonimga qaytasan, to'g'rimi? Xudbin bo'lmayman so'z beraman. Kel, bizga yana bir imkon beramiz..
***
Uyga kirgan Yona derazadan Jiminning mashinasi ketishini kuzatib turdi. So'ng xonasiga kirib kiyimini ham alishtirmay o'zini yotoqqa tashladi. Qiz nigohsiz ko'zlarini qayoqqadir tikkancha biroz o'ylanib yotdi.
--Aaaiisshhh! O'ylab ko'rishim kerak emish! Nega u bilan ketmadim. Axmoqman! O'zingni kim deb o'ylayapsan Yona! Nega bunday dedim a!?
Yona asabi buzilgancha yotish holatini o'zgartirib tepaga qaradi va yana biroz jim yotdi. Birdan boshini ko'tarib qorniga qaradi. Bir muddat o'ychan qarab turgacha sekinlik bilan tegib ko'rdi.
--Hoy.. Shu yerdamisan.. Nega borligingni ertaroq bildirmading..? Bilaman juda mittisan - Yona shu so'zlarni aytar ekan birdan yuziga tabassum yugurdi - Jiminning mitti nusxasi..
Qiz ovoz chiqarib kulgancha yana yotoqda boshqa tomoniga o'g'irilib yotdi.
***
Tong...
Hali to'liq uyg'onib ulgurmagan qiz o'rnida o'ranib yotar ekan, eshik qo'ng'irog'i chalinganini eshitdi.
--Ertalabdan kim bo'ldi..?
Yona uyqusragancha yarim ochilgan ko'zlari bilan o'rnidan turdi va chalishgan oyoqlari bilan eshik yoniga borib uni ochdi.
--Hayrli tong!
--..Jimin..?
O'ziga tabassum bilan qarab turgan Jiminni ko'rgan Yona barmoqlari bilan uyqudan to'zgigan sochlarini tartibladi.
--Tong saxardan bu yerda nima qilyapsan?
Jimin ikki qo'lini ko'tarib hozirgina sotib olingan bir dunyo narsalarni ko'rsatdi.
--Sen va kichkintoyni sog'inib keldim - dedi Jimin keng tabassum bilan.
U ruxsat ham so'rab o'tirmay uy ichkarisiga kirdi.
--Tuni bilan malumotlar o'qib chiqdim - gapirishda davom etdi Yonaga qaramagan Jimin oshxona tomon yurib - Soat 7 dan kechikmay nonushta qilishing kerak ekan. Hozir senga nonushta tayyorlab beraman. Va faqat yangi narsalar yeyishing kerak.
Jimin huddi o'z uyida yurgandek muzlatkichni ochib ichidagilarni chiqardida olib kelgan narsalarini joylay boshladi. Dovdirab qolgan Yona uning harakatlarini axmoqlik kasb etgan qiyofasi bilan kuzatardi.. Ko'p vaqt o'tmay oshxona stoliga Jimin tominidan nonushta uchun bir qancha yeguliklar va giyohli choy qo'yildi.
--Jimin..? Bu harakating nimasi?
--Shunchaki yaxshi er va ota bo'lishga harakat qilyapman..
--Shoshma shoshma.. Meni battar asabiylashtiryapsan. Iltimos o'zingni bunday tutma..
--Senga asabiylashish mumkin emas.. Yaxshi.. Qanday bo'lishim kerak.
--Uff Jimin..
Yigit Yonaga yaqinroq kelib yelkasidan tortgancha stulga o'tkazdi va yoniga cho'kkaladi.
--Hammasi joyida..Yona.. Unga tegib ko'rmoqchiman.. Ruxsat berasanmi?
Qiz Jiminning ko'zlariga biroz jim qarab turdi. So'ng rozi bo'lgandek bosh irg'idi. Yigitning yoqimli iliq kafti hali xomila sezilib ulgurmagan terisiga tekkanida noqulaylikdan stul chetini qo'li bilan siqdi. Kutilmaganda ichida sodir bo'lgan qo'zg'alishdan Yonaning yuragi tezlashdi. Jiminning yuz qiyofasidan u ham bu harakatni his qilganini ma'lum.
--Oh.. U qimirladi.. - Jimin ko'zlarini katta katta ochgancha Yonaga qaradi.
--.. Jimin.. Sen ham sezdingmi.. U..
Jimin Yonaning qorniga yuzini qo'ygancha qizni quchoqlab oldi va shu holatda gapirdi.
--Kichkintoyim.. Men shu yerdaman.. Dadang ham oying ham seni yaxshi ko'radi.. Ikkimiz ham seni kutyapmiz.. Faqat oyingni jonini og'ritma ho'pmi..
Jimin o'rnidan turgancha Yonani mahkam bag'riga bosdi.
--Yona... Sen juda ajoyibsan.. Hayotimda seni uchratganimdan juda baxtiyorman.. Seni telbadek sog'indim..
Ko'zlari namlangan Yona ham qo'llarini Jimindan o'rab mahkam quchoqladi.
--Men ham... Nega qolishimni so'ramading??!! - qiz jahl bilan o'zini quchoqlab turgan Jiminning yelkasiga urdi.
--Qo'rqdim.. Qolishingni iltimos qilsam-da meni tark etishingdan.. Meni sevmaysan deb o'ylagandim..
--Axmoq! Qanday qilib buni o'ylashing mumkin.. - Yona araz ohangida gapirib burnini tortib qo'ydi - Hech qachon bu hayolga borma.. Seni sevaman!
Jimin soniyaga bo'lsa ham o'ylanib o'tirmay Yonaning lablariga labini bosib ishtiyoq va sog'inch bilan bo'sa olishni boshladi. Ba'zida masofalar sevgini kuchaytiradi degan gap rost bo'lsa kerak... Bu teginishlar.. lablar.. Har doimgidanda ko'proq quvonch bermoqda.. Yuraklar huddi bu hayoti davomida ko'rgan eng baxtli lahzasidek quturgancha energiya bilan qattiq urib qon emas, quvonch ishlab chiqarmoqda go'yo...
--Kel bugun shifokorga boramiz.. Kichkintoyimizni ko'rish uchun..
--Yaxshi.
***
...Mashina katta yo'l bo'ylab odimlab ketmoqda.. Uni boshqarib ketayotgan Jimin bir qo'li bilan yonidagi Yonaning qo'lidan tutgan.. Bir qancha vaqtlik yo'ldan so'ng ular qandaydir Universitet binosi yonida to'xtashdi.
--Shifoxonaga ketyapmiz deb o'ylagandim.. Lekin.. Bu yer..
--Ha, biz o'qigan Universitet.. Aynan shu yerda seni uchratgandim.. Qani ketdik!
Jimin mashinadan tushgach Yona bilan birgalikda ichkariga kirishdi.. Universitetda deyarli odam ko'rinmaydi.. Aftidan qandaydir bayram tufayli ta'til bo'lsa kerak..
--Deyarli o'zgarmagan... Bu yerga nega keldik.. - so'radi Yona
--Biroz o'tib bilib olasan.
Jimin yonidan dastro'molini oldi va Yonani ko'zlarini bog'ladi.
--Bu shartmi..?
Javob qaytarmagan yigit Yonani qo'llariga ko'tardi.
--Jimin.. Meni qo'rqityapsan..
Ko'zlari hech narsani ko'rmagan qiz eshik ovozi va qandaydir xonaga kirishganini his qildi. Ko'p o'tmay oyoqlari yana yerga tekkanini sezdi..
--Bo'ldi ko'zlaringni ochishing mumkin...
Yona barmoqlari bilan dastro'mol bog'ichini bo'shatgach eng avval Jiminni ko'rdi... So'ng esa.. ulkan auditoriya... Huddi shu auditoriyada psixologiya professori leksiyasida Jiminni ilk uchratgani, yonma yon o'tirib qolishgani va tanishuvini qiz yaxshi eslaydi. Yorugʻlik nuri pasaytirilgan.. Har bir stulda yonuvchi sharlar, atirgul barglari..va shamlar..
--Jimin.. Meni aqldan ozdirmoqchimisan.. Bular..
Qiz ko'zlari yoshlangancha Jiminga yuzlandi.. Yonidan kichik quticha chiqargan yigit Yona qarshisida tiz cho'kdi.
--Bilaman ilk turmushimiz chalkashliklardan iborat bo'ldi. Eplab qo'lingni ham so'ray olmadim.. Ammo bu safar hammasi risoladagidek bo'ladi.. Yonam.. Menga turmushga chiqasanmi..
Yona ham Jiminning qarshisiga cho'kkalagancha bo'ynidan mahkam quchoqladi.
--Ha.. Haa
***
Ikki juftlik daryo yoqasiga qurilgan chodirdan sal narida qarmoqlariga o'lja joylashardi.
--Jungkook.. Bu yer chindan xavfsizmi? Har holda ochiq havo..
--Qo'rqyapsanmi?
--Menmi? Yo'q albatta.. Men sinab ko'rishni istayman..
Kulib qo'ygan Jungkook qarmog'ini suvga tashladi. Uni kuzatib turgan Jiwon ham Jungkookning harakatlarini takrorladi.
--Oldin hech qachon baliq tutmaganman.. Qachon ilingan bo'ladi..
--Qarmoqning ipi qimirlaydi..
--Qara u qimirlayapti!
--Yo'q bu shunchaki yengil to'lqindan
--Qiyin ekan. Menimcha tayyor baliq sotib olish qulayroq. Buncha harakat sarflanmaydi. Shunchaki cho'ntagingdan pulingni chiqarasan tamom. Baliq seniki. Undan ham osoni shunchaki oshxonaga bor va tayyor pishganini sotib ol..
Tinmay bidirlayotgan Jiwonni Jungkookning kutilmagan bo'sasi jim qildi.
--Ya.. Nima qilyapsan.? - yuzlari qizara boshlagan qiz Jungkookni o'zidan itardi.
--Dam olish uchun tinch joyga keldik deb o'ylagandim. Lekin seni birga olganimni hisobga olmabman - jilmaygancha javob berdi Jungkook.
--Istasang ketishim mumkin.
--Yo'q istamayman. Kechasi uhlayotganimda ayiqlar kelib qolsa meni kim himoya qiladi.
--Nima?!!! Bu yerda ayiqlar bormi???! - Jiwon vahima qilgancha atrofga qarab chiqdi.
Ayni vaqtda uning qo'lidagi qarmoq daryoga tushib ketdi. Qizaloqni qo'rqib ketganidan kulgisi kelgan Jungkook uni quchog'iga olgancha o'zining qarmog'ini ushlatdi.
--Baby, bu yer xavfsiz hudud.. Xavotir olma..
--Yaramas..
***
Yarim tun.. Chodir tepasiga tushayotgan yomg'ir tomchilar Jiwonni uyg'otib yubordi. Quchog'idagi bosh qimirlaganini sezgan Jungkook ham ko'zlarini ochdi.
--Nima bo'ldi..
--Yomg'ir yog'yapti - past ovozda javob berdi Jiwon.
--Chodirdan o'tmaydi.. Hechqisi yo'q.. Yoki qo'rqyapsanmi..?
--Biroz.
Ayni vaqtda qattiq shovqin solgan chaqmoq va momaqaldiroq ovozidan qiz o'rnidan sapchib turdi. Biroz yoshlangan ko'zlarini chodir tomiga tikib quloqlarini berkitdi. Uning shovqindan qo'rqayotganini ko'rgan Jungkook ham qizning yoniga o'tirib bag'riga bosdi.
--Jiwoniee.. Hammasi joyida... Bu shunchaki momaqaldiroq. U senga ozor bermaydi..
--Kechir... Dam olishni ham rasvo qildim..
--Nimalar deyapsan? U sen bilan qiziq.. Nafaqat bugun.. Balki meni har kunim.. sen nima qilishingdan qat'iy nazar.. sen bilan go'zal - Jungkook Jiwonga tasalli bergancha sochlaridan siladi - Agar istasang mashinada uhlaymiz. Yoki hozir uyga ketishimiz mumkin..
--Yo'q.. Shart emas..
--Mm. Bir daqiqa..
Jungkook chodir chetida turgan sumkasidan quloqchinlar chiqardi. So'ng Jiwonning yoniga qaytib ularni qizning qulog'iga taqdi va sokin musiqa qo'ydi.
--Balki biroz tinchlik berar.. Kel endi uhlashga urinamiz..
Jungkook yana to'shalgan joyga yotdi. Quloqlarida sokin musiqa yangrayotgan qiz unga biroz qarab turdida, Jungkook egnidan kiygan hoodiesi etagini ko'tarib ichiga kirib oldi. Uning qilig'idan kulib qo'ygan Jungkook qizni o'z kiyimi ustidan quchdi.
--O'zimni qo'rqoq quyoncham...
***
Timeskip➡️ 2 kundan so'ng...
Bugun Jiwon va Yona eski odatlaridek tushlik vaqtida ikkising ishxonasi o'rtasidagi kafeda uchrashishga kelishishgan..
--Tibbiy ko'rikdan o'tdingmi? - tushlik davomidagi suhbatda so'radi Jiwon.
--Ha.. Bola yaxshi.. Aytgancha..
Yona sumkasidan taklifnoma konvertini chiqarib uzatdi.
--Turmushga chiqyapman.. Eng avval senga aytishni istadim..
--Nima?! Hazilmi bu? Kimga?
--Shunchaki taklifnomani ochib ko'r...
Qo'lidagi qog'ozni ochib eng avvalo kuyovning ismiga qaragan Jiwon tiqilib qolay dedi.
--Jimin!! Jimin!! Rostdanmi??!
Qizning baland ovozda xitob qilib yuborganida kafedagilar ular tomon qarab qo'yishdi. Bir qancha ko'z soqqalari o'zi tomon qaratilganini sezgan Jiwon ovozini pastlatdi.
--Qoyil! Xursandman! Nihoyat yana yarashibsizlarda.
--Ha.. O'tgan safargidek yonimda bo'lishingni istayman..
--Albatta! Bo'lmasamchi..
***
Timeskip➡️Oradan bir hafta o'tdi...
Tong... Jiwon oshxonada nonushta tayyorlash mobaynida nimalardir kavshab yurardi. Taxtaga qo'ygan limonni parraklab og'ziga solar ekan ayni vaqtda oshxonaga kirib kelgan Jungkook qizga yaqin kelib ortidan quchoqladi.
--Hayrli tong.
--Senga ham hayrli tong - og'zida limon bo'laklari bo'lgan Jiwon g'ongillagancha javob berdi - Tezroq nonushta qil. Bugun Yona va Jiminning to'yi ekanini unutmadingmi? Ertaroq borishimiz kerak.
Jungkook parraklangan limonlardan birini og'ziga soldiyu shu zahoti yuzi burishib og'zidan qaytarib chiqardi.
--Buni qanday yeyapsan.. Ewww
--Bilmadim.. Menga yoqyapti. Negadir faqat o'tkir ta'mli narsalar yegim kelyapti.
Jiwonning gapini eshitgan Jungkook yarq etgancha qizga qaradi.
--Jiwon..? Balki.. sen..
Yigit gapini davomini gapirmasdan qo'lini o'z qorni ro'parasida harakatlantirib xomiladorlikka ishora qildi.
--Yo'q.. Bu bo'lishi mumkinmas - ishonchla javob berdi Jiwon.
--Haligi... Bo'lishi mumkin.
--Nima demoqchisan?
--Men.. xomiladan saqlanish uchun ichadigan doringni to'kib tashlab.. o'rniga oddiy vitamin dorilar solib qo'ygandim...
Kutilmaganda yangragan ovozdan oshxona derazasi yaqinidagi daraxtda o'tirgan qushlar uchib ketdi.
--YAAA JEON JUNGKOOOK!!!!
***
Yuvinish xonasi eshigi ochilib Jiwon tashqariga chiqdi. Eshik yonida kutib turgan Jungkook shoshib qiz qarshisiga keldi. Jiwon biroz uning yuziga tikilib turdida nihoyat tilga kirdi.
--Yaxshi ota bo'lishga so'z ber.. Chaqaloq yo'lda - Jiwon shunday deb xomiladoelik testini ko'rsatdi.
Qizning gaplarini eshitgan Jungkook hayajondan toshgancha uni mahkam quchoqladi.
--Chindanmi?!! Uni dunyoga keltirasanmi?!!
--Qanday qilib voz kechishim mumkin...
--Jiwoniee.. Seni sevaman.. Endi meni 2 ta babyim bo'ladi. Ikkingizni ham sevaman...
***
Pov Yona*
..Ikkinchi bor turmushga chiqish g'alati... Ikkisida ham aynan bir odamga turmushga chiqish esa undan ham g'alati.. Ammo sevgi odamni istagan ko'yiga solib o'ynaydi.. Mazax qiladi.. Ammo biz ko'r ko'rona uning qiliqlariga ergashamiz.. Men Jiminni shunday sevaman.. Telba bo'lish qadar... Telbadek qayta qayta uni sevib qolaman..
Kelin libosidagi Yona gullar to'shalgan yo'lakda Jimin tomon yurib borar ekan qalbidan shunday o'ylar o'tdi... Sokin musiqa tingach qiz Jiminning qarshisiga kelib to'xtadi. Ko'zlari porlayotgan Jimin Yonaning qo'llaridan ushladi. Doim bo'ladigani kabi nikoh marosimi so'zlari...
*Risoladagidek to'y... Ulkan bezatilgan zal.. Mexmonlar to'la stollar, chiroyli kelin libosi.. Bazm... Lekin, tushunib yetdimki, nikoh risoladagidek bo'lishi uchun qarshingdagi sevgan insoning kifoya.. Menga Jimin kifoya...
***
Timeskip➡️ Bir necha oydan so'ng...
Haydovchi mashinani zamonaviy uy qarshisiga to'xtatdi. Ko'p o'tmay u orqa eshikni ochgach mashinadan Yona va qo'liga chaqaloq ushlagan Jimin tushdi.
--Ehtiyot qil..
--Xavotir olma. Unga ziyon yetishiga yo'l qo'ymayman..
Yona Jiminga kulib qo'ygancha uning qo'lida bir necha kun oldin tug'ilgan, hozir sokingina uhlayotgan o'g'ilchasi Jihyonga qaradi. Bundanda to'laqonli baxt bo'lishi mumkinmi...?
Ular uy ichkarisiga kirishi bilanoq Jiminning ota onasi va Jungkook bilan yaqinda farzand kutayotgan Jiwon shu yerda ekanini ko'rishdi. Albatta.. Bugun chaqaloqni shifoxonadan olib chiqish kuni. Shu sabab ular shu yerda. Uy yoqimtoy tarzda bezatilib, katta xarflar bilan:
"WELCOME PARK JIHYON"
so'zlari yozilgan.
Park xonim darrov nabirasini ko'tarishga shoshdi.
--Oh.. O'zimni xazinam...
--Oyi, ehtiyot bo'ling
--Seni ham o'zim ko'tarib katta qilganman aqlsiz bola - Park xonim Jiminni koyib berdi.
--Tabriklayman.. - Jiwon quchoqlagancha Yonani tabrikladi.
--Raxmat... Sen ham yaqinda..
--Ha.. Yana taxminan 1 yarim oy. .
Kunning qolgan qismi ham shunday o'tdi... Hamma yangi tug'ilgan chaqaloq bilan ovora.. Go'yo bu uyga nur kirib kelgandek. Kutilmaganda yangragan og'riqli ovoz hammaning tomirlaridagi qonni muzlatib yubordi.
--JUNGKOOK!
Jimin bilan barchaga qahva tayyorlayotgan Jungkook Jiwonning yoniga yugurib bordi. Qiz yuzi og'riqni ifodalagancha qiynalib nafas olardi.
--Jiwon!
--Jungkook.. Suv sindi..
--Azizam nimalar deyapsan? Suv sinmaydi.
--Axmoq! Bola!! U tashqariga chiqmoqchi.
--Nima! Axir hali vaqtli ediku - Jungkook vahimaga tushib qoldi.
--Bilmayman! Bilmayman! Iltimos nimadir qil.
Jungkook darrov Jiwonni qo'liga ko'tardi va chiqish eshigi tomon yugurdi.
--Jimin. Ular bilan bor
--Yona senchi?
--Oyim va dadam shu yerda mendan xavotir olma. Jungkookni yonida bo'l. Menimcha u ham qo'rqib ketdi. Iltimos hammasi haqida xabardor qilib tur.
--Yaxshi.
Jimin ham ularning ortidan yugurdi.
***
Shifoxona.. Jiwonning tug'ruq stoliga yotqizilganini ko'rgan Jungkook battar dovdirab qoldi.
--Jungkook.. ketib qolma..Qo'rqyapman
--Shu yerdaman hayotim, hammasi yaxshi bo'ladi - Jungkook cho'kkalagancha Jiwonning qo'lidan ushladi.
Allaqachon terga botgan qizning rangi oqara boshlagan. Kuchli og'riq to'lqini kelib Jiwon ingragancha Jungkookning sochlarini ushlab oldi.
--Aaah Jiwon.. Jonimni og'rityapsan.
--Menga og'riq haqida gapirma yaramas! Xuddi sen meni jonimni og'ritmagandek...
--Yaxshi o'sha ishlarim uchun kechir faqat iltimos sochimni qo'yib yubor. Bolamizni otasi tepakal bo'lishini istaysanmi?!
--Aishh..
Jungkookning sochlari yanada qattiqroq tortilish barobarida xonadan Jungkook va Jiwonning baqirig'i eshitildi. Tashqarida betoqat turgan Jimin hayron bo'lgancha eshikka qarab qo'ydi.
--Bu nimasi? Jiwon tug'yaptimi yoki Jungkook.
Birdan sochlari xalos bo'lgan Jungkook boshini ishqagancha o'rnidan turdi va ayni vaqtda chaqaloq yig'isini eshitdi. Shoshib shifokorlar tomon qarab hozirgina dunyo yuzini ko'rgan farzandiga nigohi tushdi.
--Janob... Tabriklaymiz! O'g'il farzand.
Ko'zlari yoshga to'lgan Jungkook unga yaqinlashgancha bolani qo'liga oldi.
--Bolam.. Meni bolam.. Meni o'g'lim - u shu so'zlarni takrorlagancha yoshlari oqdi - Jeongsan...
Kutilmaganda xonadagi apparatlarning signali vahimali tus oldi. Favqulodda xolat tugmasi yonib o'cha boshladi.
--Nima bo'ldi..? Jiwon..
--Onasining ahvoli og'irlashyapti..
Hamshiralardan biri shoshib Jungkookning qo'lidagi chaqaloqni oldi.
--Unga nima bo'ldi.
Shifokor qo'li bilan hushidan ketib ulgurgan qizga yurak massaji berib o'ziga keltirishga urindi. Unga ulangan apparatlar ekrani ko'rsatkichlar tushib borayotganini ifodalamoqda. Jiwonning yoniga shoshgan Jungkook uning muzlab qolgan qo'llaridan tutdi.
--Jiwon..! Yo'q.. Iltimos unday qilma! Meni tashlab ketma! Bizni tashlab ketma iltimos.
Doktor Jiwonni hayotini saqlab qolish uchun ko'ksiga elektr tokini yuborayotganini ammo qiz ko'zini ochmayotganini ko'rib turgan Jungkook battar vahimaga tushdi.. yo'qotish qo'rquvi..
--Biz bunga kelishmagandik Jeon Jiwon! Ko'zingni och! Ko'zingni och! Meni tashlab ketishga haqqing yo'q - Jungkook baqirgancha uni hushiga kelishga undardi - Iltimos menga buni ravo ko'rma! Sen yashamasang men ham yashamayman! O'zinga kel iltimos.
--Janob xonadan chiqing... Janob..
--Tegma menga!!
Ayni vaqtda qo'riqchilar kirib Jungkookni xonadan olib chiqishga urina boshladi. Xonaga qo'riqchilar kirganini ko'rgan Jimin ham eshikdan ichkariga kirib ko'rgan narsasidan yuragi orqaga tortib ketdi.
--Tegmang unga - Jimin qo'riqchilarni qo'lini Jungkookdan oldi va o'zi mahkam tutgancha xonadan olib chiqishga urindi - Hoy og'ayni o'zingni bos.. Qani yur tashqariga
--Jimin.. Uni yo'qota olmayman..
--Yo'qotmaysan! Tinchlan..
Jimin yordamida tashqariga chiqishgach ortlaridan eshik yopildi. Jungkook eshikka suyanib shifoxonaning sovuq poliga o'tirib qoldi. So'ng qo'llarini yuziga tirab ovoz chiqarib yig'lay boshladi. Tinimsiz oqqan yoshlari yuzini nam qilar edi. Jimin ham uning yoniga o'tirib qo'lini yelkasiga qo'ydi.
--ltimos kuchli bo'l..
--Hammasi meni aybim.. Meni deb bo'ldi.. U juda kichkina edi.. Menga ona bo'lishga tayyor emasman degandi! Hammasi meni deb.
Jungkook bor ovozi bilan baqirgancha eshikni mushtladi.
***
Timeskip➡️
Bir necha yildan so'ng...
Kuz.. Kichik bolakay qarshisidagi ikki yonma yon qabr toshlariga qaragancha biroz turdi. Ko'nglidan nimalar o'tayotganini taxmin qilish qiyin.
--Jeongsan..
Bolakayning yoniga kelgan Jaehyuk uning bo'yi barobar cho'kkaladi.
--Qani yur ketamiz..
Bolakay yana qabrlar tomon bir bor qaradida mitti kaftlar orasidagi o'zi bilan olib kelgan gulchani erkakning qabri ustiga qo'ydi. So'ng Jaehyukning mashinasi tomon yurib keta boshladi. Uning ortidan biroz qarab qolgan Jaehyuk ayolning qabri tomon nigohini burdi. Ko'zlaridan oqqan ikki tomchi yosh yuziga o'rmaladi. Jaehyuk ham Jeongsanning ortidan borib mashinaga o'tirdi va uy tomon haydadi...
***
Mashinadan tushib Jeongsan bilan eshik qarshisiga kelgan Jaehyuk qo'ng'iroqni chaldi. Eshik ochilib Jungkook ko'rinish berdi.
--Qaytdingizmi? - Jungkook egilgancha o'g'lini qo'liga ko'tarib oldi - Kirsang bo'lardi. Jimin va Yona ham shu yerda.
--Yaxshi. Shunchaki salomlashib ketaman. Uchrashuvim bor.
--O'xo, qiz bola bilanmi?
--Ha..
Ular birgalikda mexmonxonaga o'tishdi. Tushlik dasturxoni tuzalgan.. Jeongsan Jungkookning qo'lidan tushib olgancha Jihyonning yoniga borib o'tirdi.
--Qayerda bo'lganimni aytsam ishonmaysan! Jae amakim meni qabristonga olib bordi.
--Nima!!! - kutilmagan ovozdan barcha bir sapchib tushdi - Jaehyuk yosh bolani qabristonga olib bordingmi?
--Jiwon.. U o'zi iltimos qildi. Shunchaki Bobom va oyimni ziyorat qilib keldik - tushuntirgan bo'ldi Jaehyuk qo'lida patnis bilan kirib kelga Jiwonga
--Sen shunchaki jiyanimni aylantirib kelaman deganding. Lekin qabristonga olib bordingmi... U qo'rqishi mumkin.
--Men qo'rqmadim oyi.. Chindan..
--Aha. Unda kechasi sen bilan uhlashimni so'rama - ensa qotirdi Jiwon.
--Jeongsan meni o'g'lim. U hech narsadan qo'rqmaydi. To'g'rimi oshna - Jungkook o'g'li bilan musht urishtirib qo'ydi. So'ng ovozini pastlatgancha gapirdi - Chindan ham kechasi oyingni sen bilan uhlashini so'rama. Shunda senga uka olib kelib beraman.
--Hoy Jungkook, yosh bolaga nimani o'rgatyapsan - kulib yubordi Jimin - Hozirgi zamonda gaplaringga ehtiyot bo'lishing kerak...
--Hechqisi yo'q. O'g'lim aqlli bo'lishi yomon emas.
--Haa sendan aqlli ekani aniq - Jiwon Jungkookni boshiga urib qo'ydi.
Jeongsan va Jihyon yana o'zlari bilan o'zlari bo'lib ketdi. Ularni kuzatib o'tirgan Jimin birdan gap ochdi.
--Ular ham bizdek do'st bo'lishadi... Va balki kun kelib ikki dugonani uchratishar..
--Jihyonni allaqachon sevgan qizi bor - dedi Jeongsan - Lekin uning dugonasini yoqtirmayman. U juda ko'p gapiradi va tentak.
Bolakayni gaplarini eshitgan Yona o'g'liga jahl bilan qaradi.
--Jihyon! Sen atigi 6 yoshdasan.
--Jihyonda qizlarni jalb qilish borasida mendan o'tgan qobilyat bor shekilli - kulib yubordi Jimin. So'ng Yonaning zaxarli nigohiga uchragach tez qo'shib qo'ydi - Men faqat seni nazarda tutdim.
Ularni tabassum kuzatib turgan Jaehyuk telefoniga kelgan sms xabardan hayolini yig'di.
--Mayli, men boraqolay.. Tez orada safingizga qo'shilaman nazarimda...
- Sevgi.. g'alati narsa.. Ko'zga ko'rinmaydi.. Lekin har doim g'olib. Aslida ko'pchilik o'ylagandek murakkab narsa ham emas.. Shunchaki ruhning so'zlayotganini eshitish kifoya.. Yurakning tezlashgan zarbli to'lqinlarini tushunishning o'zi yetarli.. Sevgi bu... Yuraklar poygasi...
•The end•
E'tiboringiz uchun raxmat...
Avtor: Yoon Jiwon
Kanal: @Alien_life