Microsoft Word matn muharriri uchun qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan Translit dasturi haqida

Microsoft Word matn muharriri uchun qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan Translit dasturi haqida

@itspecuz

Ko‘pincha bizga kirill yoki lotin alifbosida materiallar kelganida ularni kirilldan-lotinga, lotindan-kirillga o‘girish ehtiyoji paydo bo‘lib turadi. Bundan tashqari hujjatimizni odatdagidek emas, balki kitob ko‘rinishida chop etish ehtiyoji ham yuzaga keladi. Siz bilan bo‘lishmoqchi bo‘lganimiz, Translit dasturi ana shu muammolarni hal qilishingizda sizga yordam beradi:

Dasturni o‘zingizga yuklab olib, uni arxivdan alohida papkaga ajratib (Извлечь) oling. Dasturni o‘rnatish tartibi oddiy, buning uchun Setup.exe yoki Translit.exe ni ishga tushiramiz. Dasturni o‘zingizga o‘rnatayotgan paytingizda bu ikki ilova bir papkada bo‘lishi muhim hisoblanaladi. Dasturning o‘rnatilishi oxirida xatolik oynasi chiqadi:

buning dastur ishlashiga hech qanday ta’siri yo‘q, bu oynada Continue tugmasini bosib davom etamiz va keyingi oynada Close tugmasini bosib dasturni o‘rnatishni yakunlaymiz. Dasturni o‘rtatayotgan paytimizda Word dasturi ishga tushirilmagan bo‘lishi lozim.

Dasturni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng undan foydalanish uchun Word dasturini ishga tushiramiz va Menyu satri (Строка меню)da Надстройки bo‘limi (Вкладка)ni topamiz, uning tarkibida Kirill - Lotin, Lotin - Kirill va Print_Kitob tugmalarini ko‘rishingiz mumkin.

Kirill-Lotin tugmasini bosganingizda hujjatdagi to‘liq matn lotin alifbosiga o‘tadi, buni matnning bir qismini belgilab amalga oshirishimiz ham mumkin, shunda faqatgina belgilangan matn lotin alifbosiga o‘tadi.

Lotin-Kirillni qo‘llash ham xuddi shu singari amalga oshiriladi, faqat buni diqqat bilan ehtiyot bo‘lib amalga oshiring, chunki ingliz tilida yozilgan matn ham kirill alifbosiga o‘tib ketishi mumkin.

Print_Kitob tugmasini hujjatingizni tayyor holatida bosasiz, shunda quyidagi kabi oyna ochiladi:

hujjat uchun yetishmagan sahifalarni dastur o‘zi qo‘shadi va jami sahifalar sonini va printerga qancha qog‘oz yuklash kerakligini xabar beradi, Old sahifalar aktiv bo‘lib turgan paytda Chop etish tugmasi bosiladi, hujjat chop etilganidan so‘ng Orqa sahifalar aktiv bo‘ladi, chop etilgan qog‘ozlarni shu holida yana printerga yuklab, qolgan qismini chop etamiz. Dastur tomonidan qo‘shilgan sahifalar hujjatda qoladi, kerak bo‘lmasa ularni keyin o‘chirib tashlashingiz mumkin.

Umid qilamizki bu kichik, lekin samarali dastur sizga ham ma’qul keladi va ishingizni ancha osonlashtiradi.


E’tiboringiz uchun rahmat!

Biz bilan birga bo‘ling: @itspecuz

Report Page