O‘g‘il bolalar uchun ikki yillik "Mezana madrasasi" kursiga qabul bo‘yicha savol-javob

O‘g‘il bolalar uchun ikki yillik "Mezana madrasasi" kursiga qabul bo‘yicha savol-javob

Mezana xalqaro ilmlar akademiyasi

Assalomu alaykum azizlar! Istanbuldagi O'g'il bolalar uchun ikki yilga mo'ljallangan "Mezana madrasasi" kursida o'qish uchun qanday hujjatlar kerakligi, hujjat topshirish muddatlari haqida savollar kelib tushmoqda. Bugun ana shunday eng ko'p so’ralgan savollarga javob berishga harakat qilamiz.

1. Ikki yilga mo'ljallangan "Mezana madrasasi" kursiga qabul qachon boshlanadi?

Javob: "Mezana madrasasi" kursiga qabul jarayoni 24-iyuldan 25-avgustgacha qabul davom etadi.

2. Ikki yilga mo'ljallangan "Mezana madrasasi" kursi uchun yosh chegarasi mavjudmi?

Javob: Ikki yilga mo'ljallangan "Mezana madrasasi" kursiga qabul yoshi O'zbekistondan keluvchilar uchun 18 yoshdan boshlanadi. Turkiyadan topshirmoqchi bo'lganlarning qabul yoshi 15 yoshdan boshlanadi.

3. Ikki yilga mo'ljallangan "Mezana madrasasi" kursida kimlar dars beradi?

Javob: Ikki yilga mo'ljallangan "Mezana madrasasi" kursida darslar akademiyaning arab va o'zbek ustozlari tomonidan o'tiladi.

4. Ikki yilga mo'ljallangan "Mezana madrasasi" kursining darslari haftada necha marotaba va necha soatdan bo'lib o'tadi?

Javob: 2 yil davomida haftada 6 kun, kuniga 5-6 soatdan bo'lib o'tadi.

5. Talabalar uchun sayohat va ko'ngilochar maskanlarga sayohatlar ham uyushtiriladimi?

Javob: Albatta, bu ishlar bizni madrasamizda doimiy tarzda yo'lga qo'yib kelinadi.

Qo'shimcha savollarga javoblar:

1. Qabul uchun nima hujjatlar kerak?

Javob:

1. Pasport nusxasi yoki tug'ilganlik haqidagi guvohnoma;
2. Ota-onadan rozilik xati;
3. Ota-onasining telefon raqami;
4. Ota-onasining telegram raqami va @username;
5. Talaba bilan bog'lanish uchun telefon raqam va yashash mazili

2. Ikki yilga mo'ljallangan "Mezana madrasasi" kursida o'qish uchun imtihonlar olinadimi?

Javob: "Mezana madrasasi" kursida o'qish uchun imtihon qilinmaydi. Barcha o'rgatiladigan darsliklar 0 (nol) dan boshlab o'rgatiladi.

3. Oʻqishga kirgandan soʻng hujjatlarning asl nusxasini topshirish shartmi?

Javob: Albatta. Talaba o’qish uchun Istanbulga kelganidan so’ng hujjatlarining asl nusxasini topshirshi lozim bo’ladi.

4. Turkiyada yashash uchun ruxsatnoma olishda Akademiya tarafidan yordam beriladimi?

Javob: Shubhasiz. O’qishga kirgan talabalarga Turkiyada yashash ruxsatnomasi, yani "kimlik" olishda akademiya tomonidan amaliy yordam ko’rsatiladi.

5. Ikki yilga mo'ljallangan "Mezana madrasasi" kursida o'qish puli, yotoqxona hamda 3 mahal ovqatlanish uchun 1 yillik to'lov miqdori qancha?

Javob: Ikki yilga mo'ljallangan "Mezana madrasasi" kursida o'qish puli, yotoqxona hamda 3 mahal ovqatlanish uchun 1 yillik to'lov miqdori $3.000 (dollar)

6. Ikki yilga mo'ljallangan "Mezana madrasasi" kursida o'qish puli, yotoqxona hamda 3 mahal ovqatlanish uchun 1 yillik to'lov miqdorini bo'lib to'lash imkoni bormi?

Javob: Ha, kontrakt to'lovini har bir yili uchun 2 ga bo'lib to'lash mumkin, ammo abituriyentlar o'qishga qabul qilingandan so'ng birinchi o'quv yili uchun kontraktning 50% ni to'lashlari lozim. Qolgan qismini o'quv yilining 2-yarmida to'lashlari mumkin.

7. Ikki yilga mo'ljallangan "Mezana madrasasi" kursiga o'qish puli, yotoqxona hamda 3 mahal ovqatlanishga to'lanadigan puldan tashqari qo'shimcha to'lov puli bormi?

Javob: Toʻlov qilingandan soʻng deyarli hech qanaqa xarajatlar qolmaydi. O’quv yili boshlangandan keyin talabaning oʻquv qurollari va formasi uchun mablagʻ ketishi mumkin. Bulardan tashqari boshqa toʻlovlar yoʻq. Aviachipta olish, viza, Turkiyada yashash uchun “Iqoma” hujjatini olish, akademiyagacha boʻlgan xarajatlar va boshqa xarajatlar buning ichiga kirmaydi.

Turkiyada yashash uchun kerak boʻladigan barcha hujjatlarda Akademiya tomonidan yoʻl-yoʻriq koʻrsatiladi.

8. Shartnoma toʻlovining plastik kartadan oʻtkazish mumkinmi?

Javob: Albatta karta orqali toʻlovni amalga oshirish mumkin.

9. Boshqa davlatlardan pul oʻtkazish mumkinmi? (Rubl, Dollar, TL da)

Javob: Talaba yoki uning ota-onasi istalgan davlatdan shartnoma to’lovini amalga oshirishlari mumkin.

10. Bir oiladan ikki kishi oʻqisa toʻlov masalasi nima boʻladi? Bu holatlarda chegirmalar mavjudmi?

Javob: Akademiyada taʼlim olayotgan har bir talabaning xarajati eng kam miqdorda hisoblangan. Ta'limdan foyda ko'zlanmaganligini hisobga olib, (oiladan necha kishi boʻlishidan qatʼi nazar) belgilangan shartnoma toʻlovini toʻlaydi.

11. Akademiyaga o’quv yili davomida ham imtihon topshirib oʻqishga kirsa bo’ladimi?

Javob: "Mezana madrasasi"da boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlsa, talabaning bilim darajasiga qarab o'qishga qabul qilinishi mumkin.

12. Ota-ona tomonidan yoziladigan rozilik xati qay tartibda bo'ladi?

Javob: Rozilik xati quyidagi tartibda yoziladi.

@mezanauz


Report Page