Meta Ads Managerdagi yangilanish va oʻzgarishlar

Meta Ads Managerdagi yangilanish va oʻzgarishlar

Davlatjon Usmonov | t.me/facemanager
Meta Ads Manager 2022-yilda Biznes Maqsadingizga moslab, target reklamani yanada oson sozlashingiz uchun maqsadlar ro'yhati va interfeysini soddalashtirdi. Endilikda, Reklamalarni 11 ta emas 6 ta maqsad- to'plamidan birini tanlab yoqishingiz mumkin
Yangi Interfeys

Meta Ads Managerda yangilangan 6 ta maqsad: 

1️⃣ Awareness - xabardorlik, brend taniqligini oshirish uchun

2️⃣ Traffic - instagram, facebook yoki saytingizga trafik oqimini yo'naltirish uchun

3️⃣ Engagement - layk, komment, aktivlikni oshirish uchun

4️⃣ Leads - odamlarni kontaktini olish uchun

5️⃣ App promotion - mobil ilovalarni reklama qilish uchun

6️⃣ Sales - sayt orqali sotish uchun

Eski Interfeys

Ayrim eski interfeysdagi 11 ta maqsad turlari yangilangan 6 maqsadlar to'plamiga birlashtirildi, Biznes maqsadingizdan kelib chiqib ulardan birini tanlaysiz. Masalan, ko'proq odamlar brendingizni tanishi uchun Awarenessni, ko'proq odamlar videongizni ko'rishi uchun esa Engagementni tanlashingiz kerak.

Nomlardagi o'zgarishlar

Maqsadlarning eski va yangi nomlari


Oldingi maqsadlardan ba'zilari endi reklama to'plamini yaratganingizda xususiyat yoki optimizatsiya sozlamalari sifatida mavjud. Masalan, oldingi Reach (Oxvat) maqsadi Awareness maqsadi ichida optimallashtirish sozlamasi sifatida qo'shib yuborilgan. Bu sizga faqat nos kayfini emas, yanada samaraliroq reklama yoqish imkoniyatini ham beradi))

Keyingi maqolada Awareness haqida batafsil gaplashamiz

Ads Manager - Maqsadga yo'nalganlar uchun

Report Page