Mentor topishda ko'mak uchun taqdim etiladigan mukofot pulini olish tartib va qoidalari

Mentor topishda ko'mak uchun taqdim etiladigan mukofot pulini olish tartib va qoidalari


Belgilangan miqdor 300$ bo'lib uni qo'lga kiritishda belgilangan qoida va ko'rsatmalar mavjud. Quyida ular bilan tanishib chiqishingiz mumkin.


Pulni olish shartlari:

  • Siz tomoningizdan tavsiya qilingan nomzod barcha saralash bosqichlari va 1 oylik sinov muddatidan muvaffaqiyatli o'tsa;
  • Tavsiya qilingan nomzod ishga qabul qilinsa, HR bo'limi a'zolarilari siz bilan aloqaga chiqadi;
  • Belgilangan miqdordagi pulni 30 ish kuni ichida shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan olish mumkin;
  • Summa to'lov amalga oshiriladigan vaqtdagi kurs hisobi bo'yicha o'lchanib tavsiya qiluvchi plastik kartasiga o'zbek so'mida o'tkazib beriladi.


Summa taqdim etilmaydigan holatlar:

  • HR  mutaxassislari  tavsiya etilgan nomzod bilan ish yuzasidan avval bog'langan bo'lsa;
  • Tavsiya qilingan nomzod "Najot Ta'lim" HR mutaxassislari tomonidan yo'naltirilgan bo'lsa;
  • Tavsiya qilingan nomzod talablarga javob bermasa;
  • Nomzod barcha talablar va suhbatlardan muvaffaqiyatli o'tgach 1 oylik sinov muddatida nomunosib deb topilsa;
  • Tavsiya qilingan nomzod "Najot Ta'lim"da avval ish faoliyatini olib borgan bo'lsa;
  • Nomzod "Najot Ta'lim" bitiruvchisi bo'lsa;
  • Nomzod to'g'ridan to'g'ri o'zi taklifga qiziqish bildirsa (3-shaxs aralashuvlarisiz);
  • Tavsiya qiluvchi shaxs "Najot Ta'lim" HR bo'limi a'zolaridan birining yaqin qarindoshi bo'lsa.




Report Page