Mening ustozim Park Jimin
Mira Sakesani
Siz quyoshni yorug‘idan uyg‘onib ketdingiz. Ertalab soat 6 va siz biroz norozilik bilan o‘rningizdan turdingiz va yuvinishga kirib ketdingiz
20 min tayyorlanishdan so‘ng oshxonaga o‘tdingiz va u yerda oyingiz allaqachon nonushtani tayyorlab kutib o‘tirgandi.
--Hayrli kun
--Hayrli bo‘lsin, Y/n, bekon ko‘proqmi yo kamroq?
--Kamroq, bo‘lmasa kech qolaman-dedingizda yotoqxonagizga kiyinish uchun yugurib kirib ketdingiz
*uzr aytish esdan chiqibdi. Eiz bugundan yangi maktabga borasiz. Siz-Lee Y/n sharoitga qarab yana boshqa memberlar ham qo‘shiladi😉*
Nonushta qilib stoldan turdingiz va oyiz bilan xayrlashib ko‘chaga otlandingiz.
*sizning velosipedingiz yo‘q, shu sababli siz o‘qishga doim aftobusda borasiz*
Siz tezda bekatga bordingiz va aftobus keldi, siz unga mindingiz va tezroq tushib darsga kech qolmaslik uchun yugurdingiz, ammo yugurgang vaqtingizda oyiq kiyimingizni ipi yechilib ketgan edi. Endi uni bog‘lamoqchi bo‘lganingizda, ya'ni egilganigizda boshingizga bir poy oyoq kiyim kelib urildi. Siz uni zarbidan o‘zingizni ushlab qololmadingiz va o‘tga yiqildingiz. O‘tirgan holda, siz ikki qo‘lingiz bilan bechora boshingizni tozaladingiz. Lekin og‘riqqa qaramay, siz boyagi to‘satdan uchib kelgan narsaning egasini topishga qaror qildingiz. Ko‘p qidirish shart bo‘lmadi, chunki shundog‘am siz tomonga bir poy oyoq kiyimli, yoqimli ko‘k sochli, yaxshi kiyingan yigit yugurib kelyotgandi.
Davomi keyingi qismlarda🥰