Mening jannatim

Mening jannatim

Diyorbek Esanbayev https://t.me/Diyorbek0922

Mening jannatim - uning xududi juda katta bo'lib, baland tog' yon bag'rida joylashgan, uning o'rtasida baland minorali oppoq marmardan qasrim bo'lib, uning atrofini turli xil mevali daraxtlar o'rab turadi. Qasrimning tomlari ko'k rangda bo'lib, 10 qavatdan iboratdir.


Har bir qavatning bezatilishi bir-biridan farqlidir. Xonalari keng, shiftlari baland bo'lib, katta deraza va romlardan yorug'lik kirib turadi. Baland naqshinkor ustunlar unga ko'rk bag'ishlab turibdi. Zina poyalari oq marmar va yog'ochdan qilingan. Osma qandillar oltin va kumushdan yasalgan bo'lib, turli gavhar toshlar qadalgan va yorug'lik turfa ranglar taratib turadi. Qasrimning ichida, har bir qavatda turli rangdagi va ifor taratuvchi gullar tuvakalarda turibdi. Yerga solingan gilamlarda gullarni rasmi naqshlar tushurilgan bo'lib, juda yumshoq va mayindir. Oq, yashil, qizil, sariq va ko'k rangli ipakdan tikilgan pardalar insonning ko'zini quvnatadi. O'rindiq va so'rilar yog'ochdan nozik did bilan yasalgan va ularga par yostiqlar terib qo'yilgan.

Bog'imdagi mevalarni ko'nglim tusasa daraxt shohlarini egib, mevasini menga tutadi.

Qasrimning yonidan suvi musaffo daryo oqib o'tgan bo'lib, bog'im u bilan sug'oriladi, uning ustida so'ri qurilgan bo'lib, men unda ota-onam, juftim va farzandlarim bilan birga maroqli suxbatlashib o'tiribmiz.

Men Rosululloh s.a.v. ga qo'shniman, u muhtaram zotni ko'rgim kelgan zahoti ziyorat qilib kelaman. Bu mening jannatim edi, Alloh Ustozimizni, bizni va barcha yaqinlarimiz, oila a'zolarimiz, do'stu birodarlarimizni O'zining roziligini topadiganlardan qilsin va Jannatiga kirgirizib, O'zining jamolini ko'rishlikni nasib qilsin.

Report Page