"Mening Vatanim mening onam"

"Mening Vatanim mening onam"


Qorovulbozor tuman 2-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Mening vatanim mening onam" mavzusida yuqori sinf o'quvchilari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.O'sib kelayotgan yosh avlodni ona vatan tushunchasi nima ekanligini bilgan holda ulg'aytirishimiz kerak, shuning uchun har bir o'qituvchi, har bir o'quvchi vatanni yurakdan sevib ulg'aymog'i lozim. Biz o'zimizga savol berib ko'raylik vatan menga nima berdi? degan fikrda emas balki men ona vatanimga nima berdim degan g'oyalar bilan yashashimiz kerak. Ona vatanimiz

, shubhasiz, dunyodagi eng qadimiy va betakror o‘lkalardan biridir. Uni umrida bir bor ko‘rish orzusida yurganlar qancha. Biz esa betakror mana shu zamin bag’rida yashaymiz, uning musaffo havosidan, zilol suvlaridan, beqiyos ne`matlaridan bahramand bo‘lamiz. Bunday baxt hammaga ham nasib etmaydi. O‘zbekistonga ming-minglab sayyohlar tashrif buyuradi va ularning barchasi bu tarovatli, serquyosh zamin ularni o‘ziga maftun etgani haqida to‘lqinlanib, hayajonlanib so‘zlashadi. Haqiqatan ham, vatanimiz – O‘zbekiston dunyo havas qilarli boy ma`naviy merosga ham ega. Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Qarshi, Termiz, Karmana, Qo‘qon, Shahrisabz, Marg’ilon kabi qadimiy shaharlarimizdagi noyob obidalar ham bizning betakror ma`naviyatimiz ko‘zgusidir.

Vatanlar, vatanlar mayli gullasin,

Bog' unsin mangulik muzda ham ammo.

Yurtim faqat boyliklaringchun,

Sevgan farzand bo'lsa kechirma aslo

Shoir aytganidek har bir inson yurtini boyliklari uchun emas, balki shu zaminda, yurtda tug'ilgani uchun, bobokalonlari shu yurtda yashab o'tganligi uchun sevmog'i lozim. O'quvchilar yurt haqida chiroyli she'rlarini aytishdi. O'zbek tili o'qituvchisi G.Ahmedova Vatan haqidagi sermazmun fikrlari bilan o'quvchilarga ma'lumotlar berdi.

Qorovulbozor tuman 2-umumiy o'rta ta'lim maktabi MMIB direktor o'rinbosari D.Musaboyeva

Report Page