Men o'qigan kitobga ko'ra, Iso maxsus mo'jizalarni amalga oshirish uchun maxsus qudratga ega bo'lgan. Bu shundaymi? U qanday mo'jizalarni amalga oshirgan?

Men o'qigan kitobga ko'ra, Iso maxsus mo'jizalarni amalga oshirish uchun maxsus qudratga ega bo'lgan. Bu shundaymi? U qanday mo'jizalarni amalga oshirgan?

marvarid.org

Yuhanno 9:1-12

1Iso yoʻlda ketayotib, bir tugʻma koʻr odamni koʻrib qoldi.2Shogirdlari Isodan soʻradilar: — Ustoz, kimning gunohi uning koʻr boʻlib tugʻilishiga sababchi boʻldi? Oʻzinikimi yoki ota–onasinikimi? 3Iso shunday javob berdi: — Bu odamning gunohi ham, ota–onasining gunohi ham bunga sabab boʻlmagan. Xudoning ishlari unda namoyon boʻlishi uchun u koʻr tugʻilgan.4Kun yorugʻ ekan, Meni Yuborganning ishlarini qilishimiz lozim. Ana tun kelyapti, oʻshanda hech kim ish qila olmaydi.5Men olamda bor ekanman, olamning nuridirman. 6Iso bularni aytdi–yu, yerga tupurdi, tupukdan loy qilib, koʻrning koʻzlariga surtdi.7Soʻng unga: — Borib, Siloam hovuzida yuvingin, — dedi. (Siloam “yuborilgan” demakdir.) Koʻr odam borib yuvindi va koʻra oladigan boʻlib qaytdi.8Shunda uning qoʻshnilari va ilgari uning sadaqa soʻraganini koʻrgan odamlar: — Bu haligi tilanchilik qilib oʻtirgan odam emasmi? — deb soʻrashardi.9Baʼzilar: — Bu xuddi oʻsha, — desalar, boshqalar: — Yoʻq, oʻshanga oʻxshaydi, xolos, — deyishardi. Odamning oʻzi esa: — Oʻsha menman, — deb taʼkidlardi. 10— Unday boʻlsa, koʻzlaring qanday ochildi? — deb soʻradilar. 11— Iso degan kishi loy qilib, koʻzlarimga surtdi–yu, “Borib, Siloam hovuzida yuvingin”, dedi. Men borib yuvindim va koʻradigan boʻlib qoldim, — dedi shifo topgan koʻr. 12— Oʻsha Odam qani? — deb soʻradilar. — Bilmayman, — deb javob berdi u.

Luqo 8:40-56

40Iso koʻlning bu qirgʻogʻiga qaytib kelganda, xalq Uni qarshilab oldi, chunki hamma Uni kutayotgan edi.41Shu payt Yair ismli bir odam kelib qoldi. U sinagoga boshligʻi edi. U Isoning oyogʻiga bosh urib: “Iltimos, uyimga yuring”, deb yolvordi.42Chunki Yairning oʻn ikki yoshli yolgʻiz qizi oʻlim toʻshagida yotgan edi.
Iso oʻsha odam bilan ketdi. Olomon Isoni har tomondan qisib qoʻyardi.43Olomon orasida oʻn ikki yildan beri qon ketishidan azob chekayotgan bir ayol ham bor edi. U bor–budini tabiblarga sarflagan boʻlsa ham, birontasi unga shifo bera olmagan edi.44Ayol Isoning orqasidan kelib, Uning kiyimi etagiga qoʻl tekkizdi. Shu zahoti qon ketishi toʻxtadi.
45— Menga kim tegdi? — deb soʻradi Iso. Isoga qoʻl tekkizganini hech kim tan olmadi. Shunda Butrus dedi:
— Ustoz, olomon Sizni oʻrab olib, siqib qoʻyganini koʻrib turibsiz–ku!
46Lekin Iso dedi:
— Kimdir Menga qoʻlini tekkizdi. Ichimdan bir kuch chiqqanini sezdim.
47Nazardan chetda qola olmasligini bilib, ayol titragancha Isoning oldiga keldi. Uning oyoqlari ostiga oʻzini tashlab, butun xalq oldida nima sababdan Isoga qoʻlini tekkizganini va qoʻl tekkizgan zahoti shifo topganini aytib berdi.
48Iso unga dedi:
— Qizim, ishonching seni sogʻaytirdi. Eson–omon bor.
49Iso shunday deb turgan ham ediki, sinagoga boshligʻining uyidan kimdir kelib unga:
— Qizingiz oʻldi, Ustozni ovora qilmay qoʻya qoling, — dedi.50Buni eshitgan Iso sinagoga boshligʻi Yairga dedi:
— Qoʻrqmang. Faqat ishoning, qizingiz shifo topadi.
51Iso boshliqning uyiga kelganda, Butrus, Yuhanno, Yoqb va qizning ota–onasidan boshqa hech kimning ichkariga kirishiga ruxsat bermadi.52Hamma qizcha uchun dod–faryod qilayotgan edi. Iso ularga dedi:
— Yigʻlamanglar, axir, qizcha oʻlmagan, u uxlab yotibdi.
53Ular esa Isoning ustidan kuldilar, chunki qizcha oʻlganini bilardilar.54Iso esa qizchaning qoʻlidan ushlab:
— Qizaloq, tur oʻrningdan! — dedi.
55Qizchaga jon kirdi. U shu zahoti oʻrnidan turdi. Iso: “Qizchaga ovqat beringlar”, — deb buyurdi.56Qizchaning ota–onasi dong qotib qoldilar. Iso esa ularga boʻlgan voqea haqida hech kimga ogʻiz ochmaslikni buyurdi.

Report Page