Men bosh qahramon boʻlishni istamayman!

Men bosh qahramon boʻlishni istamayman!

Avtor: Afina

18-qism.

"Vijdon"

Orginal novellada Elizabet bekorga yovuz qahramon emasdi...

Toʻgʻri u Rounni chin dildan sevgan lekin yoʻlida qurbon qilganlari qancha edi-yu boshidan qilich oʻtkazganlari qancha.

Uill...toʻgʻri u gersoglikka yaqin va imperiya uchun alohida qadr qimmatga ega boʻlgan oila vakili edi.Elizabet esa uni qattiq yomon koʻrardi lekin nima uchun?

Butun bir oila Uillni yaxshi koʻrishar va uni har bir ishida koʻklarga koʻtarib qoʻllab-quvvatlashardi.U oʻzining qilichbozlik sanʼati bilan yaxshigina mashhur edi.Elizabet esa mehr muhabbatdan mosuvo va hech qanday qobiliyatsiz farzand edi...aynan manashu sabab unda Uillga nisbatan boʻlgan nafratini yuksaltirib turardi.

Elizabet de Elestialning Uillga koʻrsatmagan qora kuni qolmagandi...

Elizabet Uillning harakatlarini yaxshi tushundi...lekin bu uning diliga xanjar kabi botdi.

Qiz tushunib yetdi u qanchalik harakat qilmasin boʻlgan ishlar uchun oddiygina uzr va yuzaki yaxshiliklar hech qanday ijobiy taʼsir koʻrsata olmaydi.

Uill Vildgeym

Ikkinchi qurbon esa...

Avery de Leynuri

Sodiq dugona....

Avery va Elizabet chin dugonalar lekin sevgi oldida koʻr boʻlgan inson uchun doʻstlik koʻrinarmidi?

Avery de Leynuri juda goʻzal ochiq va oydin gapiradigan ,choʻrtkesar qiz edi.Gersog Leynurining qizi boʻlsada oʻzi uchun harakat qiladigan, ayollar va erkaklar teng deb hisoblaydigan turdan edi u.

Uzun va qayragʻoch tus sochlari quyoshda juda och va chiroyli rangda tovlanishardi.Koʻzlarichi...har doim charaqlab turadigan koʻzlarda inson oʻzi uchun barcha kerakli narsani olardi...

Lekin taqdiri shunchaki Elizabetning oʻyinlariga tortilib ayanchli va juda ogʻir oʻlim bilan yakunlanishini kim ham kutgandi?

Hozirgi Elizabet uni kelajakdagi oʻlimdan himoya qilishi kerak edi...huddi oʻzi bu taqdirdan qochgani kabi.U ikkala hayotida ilk bor paydo boʻlgan yagona dugonasi uchun biror bir yaxshilik qilishi kerak edi ...

Uchinchi qurbon kim deb oʻylaysiz?

Bu albatta Uilyam de Elestial edi.

Uilyam de Elestial oʻz qatorida yagona va qimmatbaho aka.

Toʻgʻri tugʻilish ayb emas lekin baribir oʻzining dunyoga kelishi bilan u kichik bir jondan onasini tortib olgandi....va bu Uilyam edi.

Uilyam de Elestial huddi Itan va Elizabet kabi tilla kabi tovlanuvchi sochlar va osmonni eslatuvchi koʻzlari bor edi.Oʻzining ajoyib bir feli bilan barchaning yodida qolardi.

Oilada birgina mehr taftini ulashuvchi qondosh.

Gersog va Itan uni koʻrish uchun koʻzlari boʻlmagan bir vaqtda Uilyamning onasidan qolgan quvonchi bu singlisi edi...

Hayot achchiq... boshqalarning nafrati kimningdir mehrini toʻzon kabi bosib ketarkan...

Otasi va katta akasi kamiga jamiyatning fikri sabab Elizabetga Uilyamning mehri koʻrinmasdi...bir vaqtlar buvisi va bobosi oldida oʻsgan bor dunyosi akasi Uilyam boʻlgan qiz uchun endi Uilyam koʻrinmas qora qogʻozdagi qora nuqtaga oʻxshab qolgandi...

Uilyam boshqalar kabi ogʻir oʻlim topmadi lekin u ham Elizabet uchun qurbon boʻlgandi...

Ha~...bu safar Elizabet yaxshi odamlar uchun loyiq inson darajasiga yetishi kerak....

Uilyam de Elestial

Eng katta va eng ohirgi qurbon...

Bu...

Elizabetning oʻzi edi.

Roun va Elizabet qachon tanishishganu, qiz unga qachon koʻngil qoʻygan?

Yoshlik chogʻida ozgina tarafkashlik uchun kim ham qutqaruvchisiga koʻngil qoʻymasdi?

Bogʻda Elizabet va bir yigit qattiq tortishishgan edilar.Bu kun Elizabetning tugʻilgan kuni va har doimgidek u yolgʻiz edi.

Yosh yigitcha uni haqorat qilganida qayerdandir paydo boʻlgan Roun uni oddiy ikki ogʻiz gapi bilan himoya qilgani keyinchalik qizning uni tinmasdan taqib qilishigacha olib borgan sabab edi.

Bu shunchaki yuzaki qilingan ishlar edi holos.

Roun taxtga chiqqunga qadar unga bildirmasdan har qanday yoʻl bilan unga yordam berdi...Keyin esa...U taxtga oʻtirishi va Elizabet bilan birga baxtli boʻlishi kerak boʻlgan bir vaqtda Olivia paydo boʻldi...Qanchalik choʻzilmasin u baribir Rounning yonidan joy oldi...birinchi qurbon...qazigan qarmoqlari oʻziga qarshi ishladi... ikkinchi qurbon...aniq koʻringan oʻlim sevgisi uchun toʻsiq emasdi... uchinchi...qurbon...eng ohirgisi esa oʻzi edi.

U uchun orzu koʻringan narsalar unga bagʻishlanmagandi lekin oʻzi buni tushunishni istamasdi....

Ohir oqibat eng katta va eng ayanchli boshqalar uchun jirkanch koʻringan ohirgi qurbon...oʻzi edi.

Haqiqiy Elizabet qilgan ishlaridan haqiqatda afsus qilardi...

U yana bir bor imkonni qoʻlga kiritib bu safar oʻzining yaqinlari uchun harakat qilmoqchi edi.

Lekin...

Bu umid Xeriga tushdi.Najot...? Elizabet ikkinchi marotaba yashay olmasada uning oʻrniga boshqa biri bor edi...


Sovuq polda oʻlikka ham tirikka ham tortmaydigan qiz yotardi.U na nafas olardi na olmasdi.

Elizabet koʻzlari yigʻidan shishgan ,qovoqlar uyqu yetishmovchiligi sabab osilib qolishgandi.U shu kunlarda oʻzini bunday ogʻir his qilmagandi.

Ogʻir va kechirib boʻlmas ishlar uniki emasdi lekin oʻzining va haqiqiy tana egasining hissiyotlar qoʻshilib qattiq qaygʻu ogʻushini hosil qilgandi.

Qiz hattoki oʻylashni ham istamasdi.

"Xeri...Xeri...Xeri...Oʻz vaqtimga qayta olsam nima qilaman?U yerda meni kutadigan yoki qaygʻuradigan yaqinim yoʻq-ku...Baribir ortga yoʻl topish mumkin ham emasdi...Agar bu yerda qolsam hech boʻlmaganda yaqinlarim boʻlishiga ishonishni boshlagandim...Adashdimmi?"

Elizabetning koʻzidan yoshi yanogʻini siypalab oʻtib boʻyni aro polga sirgʻandiyu "chak" etib tushdi

"Nima qilmoqchi edim?Men oʻylagan rejalar chappasiga ketdi...Bu yerda boʻlishi kerak boʻlmagan Aruld ham ortiqcha muammo tugʻdirdi menga...Rounga kelsak.Men unga nima qildim!Telba!Aqldan ozgan sigir!Ogʻzi tinmay vovvillaydigan it!Ahhhhh....kimga gapiryapman!.... Bularning bariga Elizabetning qiliqlari aybdor ...Lekin uni aybdor qilaverish shunchaki masʼuliyatdan qochishga oʻxshaydi..."

Ha....chunki hattoki haqiqiy Elizabet ham oldin bunday emasdi...U boshida aytilgan tavsiflardan uzoq edi...U ismi kabi sof edi.

"Odamlar uchun qanchalik harakat qilma...qanchalik yaxshi boʻlishga urinma...ular seni qanday koʻrishsa shunday qolaverarkansan"

Elizabet oʻng qoʻlini koʻzlariga qoʻydi.

"Ikki olamdagi otalarim ham meni yomon koʻrishadi... koʻrgani koʻzlari yoʻq...Qilgan ishlarimni esa oqlab boʻlmasada yaxshi boʻlmoqchi edi...Hattoki bu ishlar meniki emasdi! Baribir yaxshi boʻlishga!Ular bilan chiqishib ketishga!Va!Va vaqti kelganda uzoqqa ketib oʻsha oʻzim bilmaydigan kasallikdan vafot etishga rozi edim!"

U...ilk bor ikkala insonning hissiyotlari bilan koʻzlaridan yosh chiqardi.Hozirgacha yigʻlaganda ular haqiqiy emas ,yoki biriniki yoki ikkinchisiniki edi.

"Balkim endi ularni bezovta qilishni toʻhtatarman?Shunda barchamizga yaxshi boʻlardi...Albatta ular uchun huddi arvohdek yashashim mumkin...bu ikki taraf uchun ham yaxshi deb oʻylayman..."

Elizabet sekin polda turdi.Quyosh allaqachon koʻtarilgan soatni tahmin qilganda bir sakkiz yoki toʻqqizlar atrofi ekanligini aytish mumkin edi.

"Uillning uzoqdagi tanasiga qaraganimda...Men koʻrinmasda lekin bor boʻlgan nafratni koʻrgandim.U harakatlarimdan oʻzini olib qochsada yoki har doim sodiq boʻlsada oʻtmishda unga qilganlarimni kechirib boʻlmasdi.Ha bu aniq edi."

Elizabet quyoshga yana bir bor qarab yotogʻiga yotdi va koʻzlarini yumib haqiqatdan qochish uchun intildi.

Bir hafta....

Bir haftadan buyon Elizabet honasini tark etmadi.U tashqariga chiqmasdi.Qorongʻu xonasiga qamalib olgancha sukutda oʻtirardi.Emi uni bir ikki bor tashqariga olib chiqishga harakat qildi lekin ular qizning magʻlubiyati bilan yakunlandi.

Gersoglikka Elizabetning nomiga kelgan xatlar qalashib ketgandi.

Uilyam allaqachon qandaydir mahfiy ishidan qaytib kelgan va qizni bir, ikki bor sayrga olib chiqishga harakat qilgandi.Lekin har bir harakatlariga singlisidan birgina javobni:

"Kechirasan aka biroz mazam yoʻq...keyingi safar chiqaylik..."

Shu soʻzlarni olardi holos.

Orqama- ketin qizni tashqariga olib chiqishga uringan Uilyam ham ohiri yengildi.

Saroy jim-jit...Roundan habar yoʻq edi.

Itan va gersog huddi oldingidek beeʼtibor edilar...Ha...har doimgidek ular uchun qiz hozirgi oʻyinlaridan zerikgan va yana eski tomoshalarini boshlagandek tuyulayotgandi.

Uilyam Emi bilan boʻlgan bir-ikki suhbatlardan soʻng qizning eshigi tagiga keldi lekin jurʼati yetmay qaytib ketdi.

Elizabet rostdan ham kasalga oʻxshab qolgandi.

Bir necha bor u bilan koʻrishmoqchi boʻlgan Aruld ham manfiy javoblar sabab ortiga qaytishga majbur boʻlgandi.

Elizabet oʻrnidan turib xonasidagi pardalarni ikki yonga ochib tashladi.

Oyning yoruq kumush tola kabi nurlari xonani yorita boshladi

Qiz ogʻir nafasini chiqarib oʻzini yengillagandek his qildi.

-Tinchlik qanday yaxshi narsa....

Elizabet ortiga oʻgirilib xatlar qalashib yotgan ish stoliga qaradi.

Taq,taq,taq

Eshik taqilladi va undan Emi kirib keldi.

-Emi kechki ovqatni shu yerga qoʻyib meni yolgʻiz qoldir...

Emi unga qarab turib bir nima deyishga ogʻiz juftlab keyin esa fikridan qaytdi.

-... Aytgancha Emi oʻzimni gʻalati his qilyapman....men uchun hammomni tayyorlab ber...yordam kerak emas.

Elizabet oʻsha yerdagi javoncha ustiga patnisni qoʻyib bosh silkidiyu oʻzi juda gʻamgin ifodasida xonani tark etdi.

Elizabet ish stoli ustiga oʻtirib xatlarga nazar tashlay boshladi.

Grafiniya Volfgausdan,Ersgersoginiya Filolandan,Vikontessa va yosh baronessalardan tushgan kichik choyxoʻrlik bazimlari uchun chaqiruvlar.

"Hammasi nega saroyga serqatnov boʻlib keyin xaydov yeganimga qiziqayotgan pastkashlar"

Qiz achchiq va kesatiqli kuldi.

"Haaaa~...qoʻrquv ustun lekin qiziquvchanlik undan yuqori oʻrinda turipti...."

Qiz keyingi vazirlardan kelgan xatlarni koʻrdi va ularni barini ahlat qutisiga otib yubordi .

"Bu xudbinlar esa nega xaydov yeganim bilan qiziqishyapti ...Ahir ularga Rounga turmushga chiqish fikridan qaytganimni aytgandim! Tushunishni istamaydigan qaysar chollar yigʻini!"

Qiz achchiqlandi.

-Keyinchi...?

Saroydan xat?

Qiz qoʻliga xatni oldi lekin ochib koʻrish istagi yoʻq edi.

"Nima?!Saroyga qaytib bormasligim mumkin!Va boshqa hech narsa yoʻqmi?! masalan:Kechirasan...sen men haqimda qaygʻurding men esa seni naq boʻgʻib oʻldirib qoʻyay dedim bu ishimdan afsusdaman?!"

Qiz xatni gʻijimlab ahlat qutisiga otdi.

-ARGH~

U boshini qoʻyib yana bir-bor endi hech kimga yaqinlashishga harakat qilmaslik boshida toʻgʻri fikr boʻlganligiga amin boʻldi.

"Ozgina yaxshi munosabat uchun nimalarni hom hayol qilib yubordim"

U oʻzicha oʻyladi.

-Oh Avery....

Elizabet sal yengillik his qildi.

-Elizabet xonim hammom tayyor.

Emining gaplari sabab Elizabet xatni sal keyinroqqa qoldirishga majbur boʻldi.

-Yaxshi Emi.Sen ketaver oʻzim eplayman.

Zamonaviy qiz uchun oʻzi yuvinib olish muammo emasdi lekin oldingda hizmatchilar boʻlsa yanada ajoyib...Hozirgi vaziyatda esa Elizabet yolgʻiz qolishni istardi.

-Ammo..

-Emi ketaver oʻzim....eplayman dedimku.

Emi noiloj edi.

-Ah...mayli.

U egilib xonani tark etdi.

Elizabet hammomga kirib issiq suv toʻldirilgan va par bilan birga atirgul isi taralayotgan pushti suvga qaradi.

Qiz sekin suvning ichiga kirib biroz vaqt koʻzlarini yumib bu lazzatdan bahramand boʻldi.

-Qanday yaxshi...

U oʻng qoʻlini koʻtarib unga qarab turdi.

-Muammolarim ham shunday hal boʻlsa edi...

Qiz bir muncha vaqt oʻtib yengillik hissi bilan u yerni tark etdi.

Xonaning oynalarini va ayvon eshigini katta qilib ochib yuborgan qiz yana oʻsha bir vaqtlar juda betartib boʻlgan xona eshigiga qarab qoldi.

Xonaga eshikni ochib kirgan qiz bu safar u yerni yaxshilab koʻzdan kechirishga harakat qila boshladi.

Tortmalardan birini ochgan qiz u yerdan daftar topib oldi.

Bu kundalik edi....

Kundalik sahifalarini bir bor aylantirib chiqqan Elizabet ikki satrga koʻzi tushdi.

Bugun Uilyam akam sochlarimni tarab qoʻydi...Eleyn buvim akamni koʻp maqtadi.Uilyam akam biram aqlliki uni judayam yaxshi koʻraman.Itan akamni va dadamni ham koʻrishni istardim...ularni judayam sogʻindim.Ular meni sogʻinishganmikin?"

Bu yosh qizaloqning satrlari edi...

"Ertaga tugʻilgan kunim lekin dadam bilan Itan akam kela olishmas ekan...Men judayam hafa boʻldim!Bu hayotimdagi eng yomon kun!Oyi agar siz boʻlganingizda balkim barchasi boshqacha boʻlarmidi...Uilyam akam va bobomlar dadamning muhim ishlari borligini aytishdi lekin men dadamni tugʻilgan kunimga ataylab kelmayotganini bilaman!Mana qattiq yigʻlab ularni xunob qilganim uchun javrab berishdi endi esa ulardan yashirinib oʻtiripman..."

Sahifa koʻz yoshlari bilan yozilgani unda qolgan tomchi izlaridan maʼlum edi.

"Ertaga Uilyam akam poytaxtga dadam va Itan akamning yonlariga qaytib ketyapdi.Men juda hafa boʻldim... Uilyam akam meni tashlab ketishini istamayman!Lekin u ketishi kerakligini aytdi!Uilyam akam ham meni yaxshi koʻrmas ekan!..."

Bu sahifa oldingilariga qaraganda koʻproq dogʻ edi.

Elizabet bu sahifalarni oʻqib davom ettirishni istamadi.

Kundalikni joyiga qoʻyarkan koʻzlari oʻsha kuni yoyilib yotgan hozir esa bir tartibga keltirib qoʻyilgan qogʻozlarga tushdi.

-Bular nima ekan...

U qogʻozlarni olib birma-bir oʻqiy boshladi.

Qogʻozlar izlanishlar natijasi edi...

"Qon afsuni"mana Elizabet bu yerda nima yashirgan ekan.

Izlanishlar chala edi.Aytarli hech qanday maʼlumot yoʻq shunchaki rivoyatlardan parchalarga oʻxshardi.

"Har bir holat uchun alohida afsun.."

Elizabet soʻzlarni oʻqib birinchi fikri Rounning kasali boʻldi.

"Mana nima uchun u foyda koʻrsatmagan ekan"

Keyingi varoqlar gʻalati harflardan iborat edi ularni qiz oʻqiy olmasdi.

"Qon afsuni"

Bu biror bir inson tanlamaydigan lekin oʻxshashlik jihatidan avloddan avlodga oʻtuvchi qobiliyat edi.U oʻz tashuvchisi uchun befoyda lekin atrofidagi odamlar uchun shifo kabi edi.

Bir vaqtlar "Qon afsuni" bilan tugʻilganlar juda koʻp edi lekin odamlarning nafsi ularni parokandalikka olib keldi....

Ohir oqibat "Qon afsuni" ning avlodi yoʻq boʻlib ketdi.Qadimdan ajdodlar aytishicha uni koʻp ishlatish....

Qogʻozning davomi yonib ketganligi sabab yoʻq edi.

"Nima....keyin nima?!Keyin nima boʻldi?!AAAAARGH"

Varoqlar turli harflarda yozilgan baʼzilari oʻta koʻrimsiz holga kelib qolishgandi.

-Menimcha endi oʻzim harakat qilishim kerak.

Elizabet koʻzlari qorachigʻini tepaga koʻtarib ensa qildi.

Qiz narsalarni joyiga qoʻyib sekin oʻzi chizgan rasm oldiga keldi.Unga qarab turib shahzodaning soʻzlari yodiga tushdi.

"U oppoq terili,toʻlishgan ham oʻzgʻin ham emasdi.Koʻzlari katta gavhar toshlarini eslatib yuborishardi...Oyim ...kulganida ikki yanogʻi huddi yangi pishgan shaftoliga oʻxshab ketardi...U har doim qulay va uncha zarga burkanmagan kiyimlar kiyishni afzal koʻrardi.Uning sochlari dengiz toʻlqinlari kabi ajoyib va takrorlanmas edilar"

Elizabet suratning ustiga mato tashlab xonadan tashqariga chiqib eshikka suyanib turib qoldi.

"Elizabet....u buni boshqalardan yashirgan ekan...demak menham yashirishim kerak ekanda...Ohhh"

U yana yoʻq joydan topilgan muammo sabab qoʻlini peshonasiga qoʻydi.

-Buni hech kim bilmasligi shart.Men bu haqida koʻproq narsa bilishim kerak bu novellada koʻrsatilmagan narsa edi agar kalit boʻladigan roʻl oʻynasa nima qilishim mumkin...

Ortiqcha bosh ogʻriq...

-Yaxshilab oʻylash kerak...

Qiz eshikka tayanishdan toʻhtab unga qaradi va boʻynidagi zanjirini yechdi.

-Sir....sirligicha qolishi kerak.

U zanjirdagi kalit yordamida eshikni qulflab yana qaytib kalitni boʻyniga ildi.

-Xonani Emi yigʻishtirib olgandi...u foyda keltirmaydigan narsalarga ortiqcha etibor berishni yomon koʻrardi.Demak qogʻozlarni oʻqimagan boʻlishi kerak.

Elizabet toʻgʻri oʻylayotgandi chunki oʻsha kuni Emi bu muhr rasmi* portlaganday boʻlib qolgan xonani oʻz nolinishlari bilan zoʻrgʻa yigʻishtirib olgandi.

Sekin....va ovozsiz harakatlari ila qiz ayvonga chiqib ochiq osmonga tikildi.

-Qanday yaxshi...

Iyun juda issiq boʻlmasada oʻzining hovurini koʻrsatib turardi.

-Bunday osmonni Seulda koʻrish qiyin edi...Hozir esa shaharda yashay turib bemalol undan lazzatlanishim mumkin

Qiz bemalol osmonga termulib turarkan daraxt shitirlab undan kimdir ayvonga yumalab tushdi.

-VOY!

Elizabet qoʻrqib ketib ortiga siljidi.

-Jim!Jim!Bu men! Aruld!

-A-Aruld....?

-Ha~....

Yigit oʻrnidan turib belini silab qoʻydi

-Bu yerda nima qilyapsiz?!

Elizabet ayvondan pastga bogʻga qarab qoʻydi .

-Baxtimizga hech kim yoʻq~

Qiz yengil nafas chiqardi.

-Shimolda daraxtlar boshqacharoq edi.

Yigit daraxtga qarab qoʻyib labini tishladi.

-Ahvolingiz yaxshimi?

Qiz kelib unga boshdan oyoq qarab chiqti.

-Ha...yaxshi shekilli...

Yigitning ogʻriqli ovozi sabab qiz jim tura olmadi

-Ichkariga yuring

Unga yordam berib ichkariga olib kirib ketdi.

-Xonamda har doim ham birinchi yordam uchun narsalar tayyor turmaydi shuning uchun aybga buyurmang.Emini esa chaqira olmayman...

-Ixx...hech qisi yoʻq.

Qiz uning qoʻliga maz qoʻyib bint bilan bogʻlab qoʻydi.

-Endi ancha yaxshi...

Elizabet qarab oʻz ishidan koʻngli chiqqanday boʻldi.Lekin nimadir kamday edi.

-Shu yerda oʻtirib turing.

Qiz oʻrnidan turib Emi olib kelgan patnis ustidagi hattoki tegilmagan kechki ovqatni olib xonadan chiqib ketdi.

Aruld xonada turib hattoki uning qadamlarini ham eshitmadi.

Elizabet sekin yurib oshxona qavatiga tushgancha patnisni stol ustida qoldirib sal pari uchun qaynagan suvni olib choy damladi.Uyoq buyoqdan ahtarib mayda-chuyda narsalarni likopcha ustiga solib patnisga joyladi-yu iziga qaytdi.

Elizabet tez va ovozsiz yurishga harakat qilarkan ovozlarni eshitishi bilan joyida qotdi va yashirinib oldi.

-Gersog bu ish juda qiyin....

-Buni qilishing shart.

-Ammo bu sizga qarshi ishlashi mumkin.

-Konlar hozir moʻjiza changiga toʻlgan vaqt ularni nima qilib boʻlsa ham Elestiallarning nomiga olish kerak.

-Bu ish havfli ekanligini tushunyapsizku!

Qora yopinchiqli odam unga gapini oʻtkazishga harakat qildi

-Hozir bu bizga qarshi ishlamasada agar u konlarni qoʻlga kiritsa barchaning kuni bitdi hisob.Qora sehr kundan kunga rivojlanib borayapti oʻzing koʻrib turibsan shunday ekan boshqa iloji yoʻq.

-Ahhhh.....

Bu odam ilojsizlikdan nafas chiqardi.

-Kerak boʻlsa uni oʻldir.

Elizabet koʻzlari kattalashib nafasi ichiga tushib ketdi.Qoʻlidagi patnisni qattiq ushlab olgancha qoʻlidan tushirib yubormaslik va oʻzini fosh qilib qoʻymaslik uchun harakat qila boshladi.

"Bu yana nima boʻldi..?!Ahir novellada bunday narsalar yoʻq edi shekilli..."

Ozgina oʻsha yerda qolgan Elizabet Gersog xonasiga kirib eshigini yopgandan soʻnggina qiz shoshib xonasiga yugurdi.

-Houh, Houh, Houh

-Biror narsa boʻldimi...

-Yoʻq...shunchaki qorongʻuda chiqib kelish qoʻrqinchli boʻldi.

Aruld unga qarab turib kulib yubordi.

-Voy kulmang!

-Qorongʻudan qoʻrqaman deganingda birga borib kelardim.

Ikovlari kulib yuborishdi.

-Kechirasiz menda moʻjiza yoʻq shuning uchun biror narsa qila olmayman.Qoʻlingizga muz qoʻyish kerak edi.

-Hech qisi yoʻq men shimol odamiman ,tezda tuzalib ketaman.

Aruld tabassum qildi

-Sizga choy va narsalar olib keldim.

Elizabet patnisni uni yoniga qoʻyib choy quyib berdi.

-Seni oldingga bir necha bor kelgandim.

-...ha~...Emi aytgandi

-Ahvoling yomon deb eshitdim.Saroydan shahzoda quvib solibdi.

-Ha biroz mazam boʻlmadi.

-Shahzoda biror narsa qildimi.

-Meni notoʻgʻri tushundi shekilli naq boʻgʻib oʻldirib qoʻyay dedi.

Elizabet hijolat boʻlib boʻynini ushlab kuldi.

Aruld unga qarab turib sal qovogʻi solindi.

-Shahzodadan jahling chiqdimi?Undan achchiqlanyapsanmi?

Elizabet ozgina jim boʻlib qoldi

-Yoʻq ~ boshida sal achchiqlangandim.Keyin esa uni sevishdan qayta turib oʻsha yerda qolganim uchun...oʻzimdan katta martabadagi insonning ozgina yordami uchun vijdonim qiynalgani sabab oʻzimga rahmim keldi.Men sevgimni koʻma turib voz kecha olmagan ekanman, qoʻyib yubora olmagan ekanman deb oʻyladim...

Elizabetning boshi egildi.

Aruld unga qarab qoldi.

-Ammo endi hech kimdan hafa emasman chunki oʻzim bularning sodir boʻlishiga aybdorman shunday ekan oʻtmish,oʻtmishda qolishi kerak.

Aruld uning gaplarini tinglab kuy eshitganday boʻldi.Bu juda boshqacha edi.Aruld ozgina sukut saqlab ogʻiz ochdi

-Tashqariga chiqishni istaysanmi...bu yengillik beradi.

Eshitgan va kutilmagan gaplar sabab oʻzi hayollari tarqoq qiz unga qarab qoldi

-Men oldin tashqariga chiqib koʻrmaganman.

-Koʻlga tushib ketgan kuningchi.

Aruld ayyorona kulib yubordi.

-Bu boshqa mavzu!

Elizabet kuldi

-Oʻsha kuni faqatgina markaziy fontanni koʻrgandim holos keyin esa koʻlga kelib qolgandim....

Qiz lablarini buradi

-Unda men bilan aylanishga nima deysan?

-...em~...jon deyman!

U juda yorqin tabassum qildi.

Oy nurida qizning kulgusi juda chiroyli koʻrinardi .Aruld unga termulib qolarkan, koʻz uza olmasdi.

-Unda shahar aylanishga nima deysan Elizabet xonim.

Aruld ayvonga chiqib unga qoʻl choʻzib tabassum qildi.

-Nega endi Elizabet oldingi kabi Elaisa deb atayvering.

Elizabet kulib ustiga yopinchiq ildi va beliga hamyonini bogʻlab oldi.

-Unda sen ham meni Aruld deb chaqir.

Ular bir-birlariga tabassum ulashib ayvondan oshib tushishga harakat qila boshlashdi.

-Oʻzi ayvondan tusha olasizmi?

-Albatta.Chiqib oldimku.

-Unda siz birinchi tushing .

Qiz pastga ishora qildi

Yigit qizga qarab qoldida yugurib borib sakrab pastga tushib ikki bor yumalab ketib ortiga qaytib turgancha qizning yoniga kelib uni chaqirdi

-Tushaqol .

-Meni ilib oling!

-Tezroq tush.

Aruld atrofga qarab qoʻydi.

-Agar yiqilib biror joyimni sindirsam sizni ham ortimdan olib ketaman .

Qiz chuqur-chuqur nafas olib sakrarkan u toʻgʻri Aruldning qoʻyniga tushdi.

-Oh

U koʻzlarini moʻlt -moʻlt qilib yigitga qarab qoʻydi.

-Nega xatlarimga javob bermading?

Yigit savol berdi.

-Xat?Men xatlarni koʻrganim yoʻq edi.

Elizabet javob berdi jonli bozorda odamlarning orasida yigit bilan yurib ketisharkan.

-Sen menga bergan suratlar auksionda sotilgani haqida aytmoqchi edim

-Rostdanmi!

Qiz darrov yigitga qaradi.

-MEN BOYMAN!

Qiz hursand boʻlib qichqirarkan bazibir odamlar unga qarab qoʻyishdi.

-Yuring biror narsa sotib olamiz

Elizabet yigitni tortqilab ketdi.

Ular har- bir doʻkonchani aylanib chiqisharkan Elizabet yigitga qaradi.

-Haligi issiq sabab oʻzimni noqulay his qilyapman.Biror boshqa narsa kiymoqchi edim.

Qiz ortidagi kiyim doʻkoniga ishora qildi

-Ah~...mayli.

Yigit kuldi.Hozirgacha nima harid qilishgan boʻlsalar uning pulini yigit toʻlagandi.

. . .

-Yarashdimi.

Qiz oʻz oʻqi atrofida aylanib yigitga kuldi.

Aruld unga termilib qoldi.Bugunga nechinchi bor shunday boʻlishi?

-Ajoyib.

Yigit bosh barmogʻini koʻrsatdi.

Ular doʻkondan tashqariga chiqib yana ancha sayr qilishdi.

-AZIZ HARIDOR BUYOQQA KELING!

Elizabetni bu holat oʻziga jalb qildi.

Yuring borib koʻramiz.

Chiroyli xanjarlarni tomosha qilisharkan ulardan biri Elizabetning nazariga tushdi.U oʻziga juda tortardi.

-Men manabu xanjarni sotib olmoqchiman.

Aruld endi pul chiqarmoqchi boʻlarkan.

-Men oʻzim.

Elizabet uni toʻxtatdi.

Qiz xanjarni sotib olib boʻlishgandan soʻng yigit bilan qayergadir yoʻl olishdi

Ular odamlar ichiga qoʻshilib ketisharkan Elizabet raqsga tushayotganlarga duch keldi.

-Men yaxshi koʻrgan musiqa.

Elizabet Aruldga yorqin yuzi bilan qaradi.

Qiz raqsga tushib ketarkan Aruldni yana hayron qilib qoʻydi.

Elizabet ich-ichidan mazza qilib raqsga tusharkan Aruldni ham tortdi.

. . .

-Sizlar sevishganlarmisiz?

Sotuvchi qiz Aruld va Elizabetga qarab kuldi.Ikkisi qizarib ikki tarafga qarab olisharkan

-Y-yoʻq adashdingiz.

Ikkovlari koʻcha taomidan sotib olishgach Aruld bilan qayergadir ketishdi.

. . .

-Oooooouv.Bu yer biram chiroyli ekanki

-Bu yerni mahalliy aholi nima deb atashini bilasanmi?

-Yoʻq.

Qiz yigitga qaradi

-"Ubi sol lucet" yani lotinchadan "Quyosh nuri tushgan joy" degan maʼnoni anglatadi.

-Nega endi?

-Chunki bu yerda yoruqlik hech qachon soʻnmaydi.Eng birinchi sehrgarlar bu yerga moʻjiza changi bilan makon zamon sehrini ishlatishgan.

-Shunday de~

Elizabet markazda joylashgan haykalga tikilib qoldi...

-Qanday chiroyli.

Ular borib haykalning tagidan joy olisharkan Elizabet sekin Aruldga qaradi.

-Haligi....buni siz uchun olgandim.Yani bugungi sayr va auksion uchun rahmat.

Qiz xanjarni yigitga uzatdi

-Kerak emasdi.Aslida hech kimdan sovgʻa olmayman lekin sen uchun bu qoidani bekor qilib turishim mumkin.

Yigit kuldi

-Qoʻlingni menga uzat.

Aruld Elizabetning qoʻliga labini tekkizib turarkan sovuq shamol esib qizning boʻynida nimadir chirsilladi.

-Bu nima edi

Qiz qoʻli bilan boʻynini ushladi.

-Bu shimol muhri.Mening minnatdorchiligim.

Ular soʻzsiz koʻzlariga termulib turishdi

18-qism yakunlandi.

Report Page