“Men O’zbekman” mavzusida o’tkaziladigan ijtimoiy roliklar tanlovi.

“Men O’zbekman” mavzusida o’tkaziladigan ijtimoiy roliklar tanlovi.


Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda “Men O’zbekman” mavzusida o’tkaziladigan ijtimoiy roliklar tanlovi tashkil etildi.

Ushbu tanlovda Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va talabalari ishtirok etishlari mumkin.  Tanlov yoshlar tomonidan yaratilgan ijtimoiy roliklar bilan tanishish va qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish orqali ularda Vatanga sadoqat, mehr-muhabbat, o‘z tug‘ilib o‘sgan joyidan faxrlanish va yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini yuksaltirish, yoshlarni milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish, ajdodlardan qolgan boy ma’naviy merosni asrash va ulardan o‘rnak olish, jahon internet tarmog‘ida O‘zbekiston va o‘zbek xalqi milliy qadriyatlariga oid kontentni ko‘paytirish va targ‘ibot qilishga yo‘naltirilgan.

Tanlov quyidagi 3 ta nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

“Eng yaxshi informatsion rolik”

- yurtimizning boy tarixi va madaniyatidan so‘zlovchi turli qadamjolar, tarixiy inshoot va obidalar, hududlar nomi, ularning kelib chiqish tarixidan darak beruvchi ob’ektlar haqida ma’lumot beruvchi roliklar yaratish.

“Eng yaxshi ijtimoiy rolik”

- yurtimizda yoshlar uchun turli sohalarda yaratilayotgan shart-sharoitlar, keksalarni qadrlash, oilalar farovonligi va baxtli bolalikni madh etish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, shuningdek, yurt tinchligi, osuda hayotimizni qadriga yetish, yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, sog‘lom ma’naviy muhitni yaratish kabi g‘oyalarni o‘z ichiga oladi.

“Muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan rolik”

Davlat ramzlari ifodalangan, yurtimizning go‘zal manzaralari va madaniyat o‘choqlarida tasvirga olingan “Men O‘zbekiston farzandiman” kabi ezgu g‘oyani o‘zida jamlagan heshteykni Facebook va telegramm sahifalariga joylashtirish. Eng ko‘p layk to‘plagan media mahsulotlar saralab olinadi. 


Tanlovda Respublika hududiy ta’lim muassasalari qatori Buxoro shahar Prezident maktabida ham o’tkazilishi tashkil etildi. Hozirda tanlovning 1-bosqichi o’z yakuniga yetdi. Ushbu tanlovda ishtirok etish niyatida bo’lgan 70 dan ortiq o’z ijtimoiy roliklarini taqdim etgan o’quvchilar bo’ldi.



Hozirgi kunda ular orasidan eng saralarini ajratib olish jarayonlari qizg’in davom etmoqda.

Report Page