Men, Bas qil, ey nafs!

Men, Bas qil, ey nafs!

Shaxzod To'rayev
Men, Bas qil, ey nafs! (Fotih Duman)

Ushbu asardan olgan insight va quote'larim;

1. Nafs inson eng kuchsiz, eng yolg'iz paytda uning yoqasiga yopishadi.
2. Eng yomon dushman - tanimagan dushmaning.
3. Ustozi yo'qning ustozi shayton.
4. Iloji yo'q dema, hamma narsaning iloji bor.
5. Allohga osiy bo'lgan shayton har ishni qilishiga ishonasan-u, Allohning izni bilan Allohning bir do'sti qila oladigan ishga nima uchun ishonmaysan?
6. Nafs uchun eng xavfli qalb iymon keltirgan qalbdir.
7. Inson odamlardan uzoqlashib, tafakkur qilish uchun yolg'iz qolsa, Allohga yaqinlashadi.
8. Siz yashayapman deb o'ylagan bu hayot tush bo'lsachi?
9. Qadimda Istanbulga o'lish uchun kelar edilar, endi esa ko'rish uchun.
10. Sukunat nafsning eng katta dushmanlaridan biri, inson sukunatga tolib, tafakkur qilganda haqiqiy insonga aylanadi.
11. Nafsning ovozini o'chirish uchun joningni qiynashing, kam yeb, kam uxlashing kerak, kam gapirishing kerak.
12. Odamlar bir-biridan cho'chiydigan bo'lib qolgan. G'alati-a?
13. Ro'za tutgan inson nafs zanjirini qo'liga oladi.
14. Birodar, men hatto o'zimni ham unutdim, seni qanday eslayin? (Mahmud Aziz Xudoiy)
15. Nafsini gunohlardan poklagan najot topur, uni gunoh bilan ko'mgan esa noumid bo'lur. (Shams surasi 9-10-oyatlar)
16. Alloh uchun qilgan ishingizning oxiri xayrdir, nafs uchun qilganingiz esa falokatdir.
17.Dunyoda nima qilayotgan bo'lsang, bilki, bu ish yo Alloh uchun, yo nafsing uchun qilinayotgan bo'ladi.
18. Nafsingga mashaqqat bergan har bir narsa sen uchun xayrlidir.
19. Bu dunyo tushga o'xshaydi. Tushingizda ko'rgan narsalaringizni uyg'onganingizda topa olasizmi?
20. Noumid bo'lish shaytonning ishi.
21. Kimda-kim nafsga qarshi sabru sabot bilan jang qilsa, Alloh nafsni ham unga xizmatkor qilib qo'yadi.
22. Kimki Allohga bir qadam yaqinlashsa, Alloh unga ming qadam yaqinlashadi, Allohni sevganni Alloh ham sevadi.
23. Inson har bir qilgan ishini Allohdan deb bilishi kerak.
24. Aziz Mahmud Xudoiy - nafsini o'ldirmasdan o'lmagan avliyo.
25. Nafs - shaytonning malayidir, uning ishi - insonga shaytonning buyrug'ini bajartirish.
26. Har kimning topingan bir buti bor.
27. Qorni to'q odamning qalbi dunyoga moyil bo'ladi.
28. Yig'lasang, anglab yetasan. Anglab yetsang, yig'laysan.
29. Oluvchi ham Sensan, berguvchi ham Sensan, bildirguvchi ham Sensan!
30. O'lim intiho emas, ibtidodir.
31. O'zidan kelganmiz, yana O'ziga qaytamiz.
32. Bu dunyo o'zi yolg'on, lekin o'zini haqiqat qilib ko'rsatadi.
33. Yo'lga chiqqan insonga yo'llar shifo.
34. Kalom qayerdan chiqqan bo'lsa, o'sha yerga ta'sir qiladi.
35. Har kelganni Xizr bil.
36. Bilish boshqa-yu, bildirish boshqa... Olim bo'lish boshqa-yu, orif bo'lish boshqa... Ilm boshqa, irfon boshqa.
37. Olimlik boshqa, oriflik boshqa, oshiqlik esa tamoman boshqadir.
38. Qulim menga eng ko'p yaqinlashadigan amal - farz qilgan amrlarimni bajo keltirishdir. (Imom Buxoriy rivoyati)
39. Tavbalarimga ham tavba qildim. (Aziz Mahmud Xudoiy)
40. Dunyodagi eng chin narsa - o'limdir. O'lim yolg'on dunyoning haqiqatidir.
41. Aslida tug'ilgan kuning o'lgansan, o'lgan kuning tug'ilasan.
42. Haqdan keldim, yana Haqqa keturman...


👉 t.me/shaxzodtorayev

Report Page