🕌Memories🕌
Aliya
2-qism❤
Taehyung endi mashinasiga o'tirmoqchi edi telefoni jiringladi.
Jk:Tae kelib o'tirma.O'zim boryabman.O'sha yerda ovqatlanib qo'yaqolamiz.
Tae:Biroz sabr qilsang yetib borarmidim?
Jk:endi foyda yo'q men orqaga qaytmayman.Hohlasang o'zing uyga qaytaver,men ovqatlanib keyin boraman.
Tae:yaxshi,seni kutib turaman.Tezroq kel.
Jk:ho'p.
Taehyung mashina eshigini qayta yopib Malakka yaqin turgan stollardan biriga borib o'tirdi,ammo uni yuziga qarolmadi.
Aliya taksida Malakni oldiga qaytardi.Ammo yana tirbandlikka duch keldi.
A:amaki shu yerda tushib qolsam maylimi,yo'lni eslab qolganman o'zim ketaveraman.
Taksist:Ha albatta,ehtiyot bo'ling Seul ko'chalari juda chalkash.
A:ha albatta,rahmat amaki.
Aliya yo'l haqini berib mashinadan tushdi.Piyodalar uchun mo'ljallangan yo'lakdan yurib borarkan,Seulning haqiqiy atmosferasini,shovqinli hayotini ich ichi bilan his qildi.Bir necha soatlardan beri qovog'ini solayotgan osmondan maydalab yomg'ir tusha boshladi."Bir necha daqiqalardan so'ng to'xtasa kerak"deb o'yladi Aliya.Ammo qayoqda yomg'ir borgan sari kuchayar edi.U panaroq joyga o'tib yomg'ir tinishini kuta boshladi.Atrofni maroq bilan kuzatayotgan payt telefoni jiringladi.
M:Aliya kelyabsanmi?yomg'ir ham yog'yabdi.
A: Yo'l tirband edi,taksidan tushib qolgandim.Aksiga olib yomg'ir ham yog'yabdi.
M:panaga o'tib olganmisan?
A:ha,biroz kutaylikchi balki biroz tinar.
M:ha balki,
Qo'ng'iroq tugagach Aliya undan unchalik uzoq bo'lmagan avtobus kutish joyiga qarab yura boshladi.
Junkook Taehyungni oldiga ketyotib asosiy ko'cha tirband ekanini esladi.
Jk:undan ko'ra yonbosh yo'ldan keta qolaman,u yerdan mashina ko'p yurmaydi.Ham tinch.
Junkook mashina yo'nalishini o'zgartirib boshqa yo'ldan keta boshladi.Yomg'ir ham ancha kuchayib qolgandi.Mashina sirpanmasligi uchun tezlikni kamaytirib oyna tozalagichni yoqdi.Aksiga olib mashinani ham yoqilg'isi kam qolganini ko'rsatardi.Biroz vaqtdan so'ng yoqilg'i butunlay tugadi.Junkook mashina ruliga musht urib o'ziga o'zi gapira boshladi.
Jk:hammasi o'chakishadi,undan ko'ra uyda Taeni kutib o'tirsam nima bo'lardi.Yarim soat sabr qilib yana 20 daqiqa sabr qilolmasmidim!Uyga qaytaman och qolsam qolaveray.Dunyoga mashhur idolning ko'chada qolib ketishi bu sharmandalikJunkook atrofga qarab avtobus bekati borligini ko'rdi va uyga avtobusda ketmoqchi bo'ldi.
Jk:bu ham ahmoqlik lekin boshqa ilojim yo'q.
Taehyungga qo'ng'iroq qila boshladi.
Tae:nima bo'ldi.Buncha qolib ketding?Jk:mashinamni yoqilg'isi tugadi.
Tae:endi nima qilmoqchisan?mashina ichida uhlamoqchimisan.
Jk:jinni bo'lganim yo'q avtobusda ketmoqchiman.Tae:telba bo'lib qolibsan.O'zim boraman oldingga.
Jk:yo'q kerakmas.Uyga o'zing boraver.Men avtobusda boraman.
Tae:mayli hohishing.Agar qovun tushirsang qara lekin.
Jk:Havotir olma men sendek o'zimni o'zim sotmayman.Taehyung gapirmoqchi edi ammo Junkook go'shakni o'chirib qo'ydi.
Taehyung:Ahmoq.
Pov.Author.Bts guruhi a'zolari Junkook va Taehyungni telbalar deb atashardi.Sababini tepadagi muloqotdan ham sezgan bo'lsangiz kerak.Ikkisi kechalari sayr qilishni yoqtirishadi.Ammo doim qovun tushirib o'zlarini bilintirib qo'yishadi.
Avtobus bekati oldiga kelib turgan Aliya kechqurun aftobus harakatlanarmikan degan o'y bilan atrofga qaradi.Aftobus bekati oldidagi ekran esa aftobus bir necha daqiqalardan keyin shu yerda bo'lishini bildiruvchi ovozni yangratdi.Albatta Koreyada tunda ham hayot qaynaydi.Ba'zilar kunduzi o'qishadi kechasi ishlashadi.Kimlardir kunduzi dam olib tundan tonggacha dars qilib chiqadi.Boshqa davlatlarda bo'lganidek bu yerda ham ba'zi joylarda "uysizlar" uchrab turadi.Ammo ko'p emas.Aliya bekatdagi monitorga qarab aftobus Malak turgan ko'cha bo'ylab harakatlanishini ko'rib biroz tabassum qildi.Uzoqdan aftobus faralaridan tushayotgan yorug'ik ko'rindi.Shu paytda bekat oldiga boshdan oyoq qora kiyingan ustiga ustak niqob ham ta'qib olgan yigit keldi.Aliya biroz qo'rqdi.Chunki u qandaydir ko'cha bezorisi yoki shilqim erkak bo'lishi mumkin edi.Aftobus bekat oldida to'xtadi.Ichidan bir nechta odam tushdi.
Aftobusdagi odamlarni ko'pchiligi yoshlar.Ba'zilari ishga ketishyabdi.Ba'zilari o'qishdan qaytyabdi.Hozir tushgan yo'lovchilar ham ehtimol ishdan yoki o'qishdan qaytayotgan bo'lishsa kerak.Aliya aftobusdan joy egallar ekan boyagi yigit undan ko'zini uzmay termulardi.Aliya havotirlanib tezroq do'konga yetishni va universitet yotoqxonasiga borishni hohlardi.
Pov Junkook.Taehyung bilan gaplashib bo'lgach mashinani qulfladim va HYBE ishchilaridan biriga qo'ng'iroq qilib biror idishda yoqilg'i olib kelib mashinamni uyga olib borishini tayinlab o'zim ko'cha boshidagi bekatga qarab yura boshladim.Vaholanki men ko'chaning o'rtasidaman va bu uzundan uzun ko'chaning boshiga qachon yetib borishimni bilmayman.Menimcha bu Seuldagi eng katta ko'chalardan biri bo'lsa kerak.Ko'cha nomi ilingan peshtaxtaga qaradim "Namsan" yozuvini ko'rgach adashmagimga amin bo'lib yuzimda kichik kulgi paydo bo'ldi.Aftobus bekatiga yaqinlashar ekanman Aftobus bekatida qandaydir boshdan oyoq juda yopiq kiyinib olgan ayol yoki qizni ko'rdim.Menimcha u musulmon edi.Sababi konsertlarimizda shunday kiyingan musulmon qizlarni ko'rgandim.U meni tanimasligi uchun panamamni pastroqqa tushirib niqob taqib oldim.Telefonim ekranida o'z aksimni ko'rar ekanman,beixtiyor kulgim keldi.Meni ko'zlarim ham bazo'r ko'rinardi.Aftobus bekati oldida paydo bo'lishim bilan aftobus ham keldi.Aftobusga chiqdim.Aftobus ichi bo'sh.Oxirgi marta qachon aftobusga chiqqanim esimda yo'q.Menimcha ilk konsertimizdan oldin edi.Haligi qiz negadir e'tiborimni tortdi.Qandaydir boshqacha edi u.Qalin qora qoshlar,Tun kabi ko'zlar,nayzadek kipriklar.Boshidagi ro'moli esa unga juda ham yarashgandi.Menimcha u ro'molsiz holatda malikalardek bo'lsa kerak.Telefonimni olib unga bildirmasdan bir nechta rasmlar oldim.Rasmlarni tomosha qilar ekanman o'zimni telba oshiqdek his qildim.

Pov.Author.
Junkook rasmni tomosha qilar ekan,yuragi qandaydir boshqacha bo'lardi.
Junkook fanmeetinglarda ham ko'p musulmon qizlar bilan gaplashgan edi.Ba'zi qizlar u bilan gaplashmas shunchaki uning rasmi yoki albomga imzo qo'yib berishini so'rashardi.Albatta bu u uchun hayratlanarli.Boshqa ARMYlar ular bilan ko'proq gaplashishga iloji bo'lsa rasmga ham tushishga harakat qilishardi.Albatta taqiqlangam bo'lsada.
Aliya Malak bikan yurgan tanish ko'chasiga aftobus allaqachon yetib kelganini ko'rdi va yaqin qolgan bironta bekatda to'xtashini so'radi.
Aftobus bekatda to'xtadi va Aliya aftobusdan tushib do'kon tomon yura boshladi.Haligi yigit ham uning ortidan kelar,uni battar qo'rquvga solardi.
Aliya do'kon oldidagi o'rindiqda o'tirgan Malakni ko'rib uni oldiga borish uchun qadamini tezlatdi.
Malak telefondan boshini ko'tarib u tomonga kelayotgan Aliyani ko'rib o'rnidan turdi.Oldiga borib uni quchoqlab oldi.
M:baribir ham birgamiz.
Aliya:albatta.
Aliya ortiga qarab qarab qo'yardi.Malak hayron bo'lib uni savolga tutdi.
M:nega boshqachasan?
A:aftobusda kelayotgandim.Boshdan oyoq qop qora kiyinib olgan bir yigit men chiqqan bekatdan to tushgunimcha kuzatib keldi.Bekatda tushib qoldim u ham tushdi.Boshqa yerga ketsa kerak deb o'ylagandim.Lekin ortimdan kelayotgandi.
M balki shu atrofda ishlar,yoki uyi shu yerdadir.Tasodif bo'lib bitta bekatda tushgandirsizlar.
A:ha bo'lishi mumkin.
Aliya bilan Malak biroz suhbatlashishdi.
Aliya:Sumkalarimiz qayerda?