“Mehr uyi”ga tashrif

“Mehr uyi”ga tashrif

Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti

Barchamizga ma’lumki, yurtimizda kam ta’minlangan, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj va yolg‘iz keksalar holidan xabar olish, ularni ko‘nglini ko‘tarish hamda ularga har tomonlama yordamlar ko‘rsatish xalqimizga xos an’analardan biri.

O‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashovchi keksalarni ma’naviy-ruhiy hamda psixologik qo‘llab-quvvatlash maqsadida joylardagi davlat organlari va muassasalarining malakali psixologlari, faol yoshlardan iborat bo‘lgan volontyorlik guruhlari tomonidan har ikki oyda kamida bir marotaba o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarning holidan xabar olish masalalarini muvofiqlashtirishga yoshlar yetakchilari shaxsan mas’ul etib belgilangan hamda yolgʻiz keksalar holidan xabar olish va ularga maʼnaviy-ruhiy hamda psixologik yordam koʻrsatish maqsadida faol yoshlar va soha vakillaridan iborat volontyorlik guruhlari doimiy ravishta bu tashabbusning amaliy ishlarini amalga oshirmoqda.

Jumladan, joriy yilning iyul oyida Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali boshlangʻich tashkilot yetakchisi H.Rashidov, yoʻnalish va fakultet koordinatorlari hamda bir guruh talabalari ham ana shunday an’ana va qadriyatlarimizni ulug‘lab, xayrli ishlarni davom ettirgan holda yolg‘iz va himoyaga muhtoj keksalar holidan xabar olishib, mehr-eʼtibor ko‘rsatildi, zarur bo‘lgan oziq ovqat mahsulotlari olib borib, ularning suhbatlarini va duolarini olish maqsadida Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on shaharda joylashgan “Mehr uyi”ga tashrif buyirib u yerdagi aholi holidan xabar olindi, ular bilan suxbatlashildi, u yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishib chiqildi.


Report Page