Mehnat va ijro intizomi – yutuqlar garovi

Mehnat va ijro intizomi – yutuqlar garovi


Bugun Davlat kadastrlari palatasi rahbariyatining topshirig‘i bilan o‘rganish va amaliy yordam berish uchun tuzilgan Ishchi guruh a’zolari, Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi T.Yuldashev, Davlat kadastrlari palatasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi yetakchi mutaxassisi N.Misirov, a’zolar Sh.Kuvanov, X.Sanginov, D.Xoliqovlar boshqarmaning To‘raqo‘rg‘on, Namangan va Chortoq tumanlarida joylashgan filiallar faoliyati bilan tanishdilar va xodimlar bilan suhbatlashdilar. 

Tadbirlarda Namangan viloyat boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar ishtirok etmoqdalar.

Ishchi guruh a’zolari joylarda kadastr xizmati xodimlari bilan uchrashuvlarda Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Respublikada kadastr tizimida bo‘layotgan katta o‘zgarishlar, yangi qurilishlar, raqamlashtirish va sohada korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar haqida batafsil gapirib berdilar. Tizimda uchrayotgan bir qator muammolar va salbiy faktlarga to‘xtalib, ularni tahlil qilib o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.

Ishchi guruh a’zolari o‘rganish jarayonida asosiy diqqat e’tiborni, mehnat va ijro intizomiga, xizmat va kiyinish madaniyatiga rioya qilish, murojaatchilarga xushmuomalada bo‘lish, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarga o‘z vaqtida javob berish, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga qaratmoqdalar. Yosh xodimlarning malaka oshirish haqidagi, ish vaqti va mutaxassislar oliy o‘quv yurtlarida o‘qishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqidagi qiziqarli savollariga javob berdilar.  

“Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, qayerda bilimli, irodali, vijdonli xodimlar ishlar ekan u yerda hech qanday noqonuniy ishlarga va korrupsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi. Shu sababli hozirgi shiddatli axborot asrida har bir xodim o‘z bilimini oshirib borish va albatta kitob o‘qishi kerak” – dedi Ishchi guruh a’zosi T.Yuldashev. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishi bo‘yicha hozirgacha qabul qilingan qonunlar va qonunosti hujjatlarining mazmun mohiyatini oddiy til bilan batafsil tushuntirdi.

Uchrashuvlarda ma’ruzachilar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar uchun belgilangan moddalarining mazmun-mohiyatini tushuntirdilar. Korrupsiyani oldini olish uchun barcha xodimlar o‘z xizmat vazifalarini vijdonan, halol bajarishlari, aholi va tadbirkorlarga sifatli xizmat ko‘rsatishlari, hushyor bo‘lib turli nopok kimsalarning aldoviga uchmasliklari, ularga va’da bermasliklari qayta-qayta tushuntirildi.

Amaliy yordam berish maqsadida kelgan Ishchi guruh a’zolari xodimlarga ularni qiziqtirgan va tajribada uchrab turgan muammoli masalalar yuzasidan maslahatlar berdilar.

O‘rganish ishlari davom etmoqda.

Matbuot xizmati.


Report Page