Mehnat migratsiyasi muhojirlarimiz uchun xavfsiz bo'lishi kerak.

Mehnat migratsiyasi muhojirlarimiz uchun xavfsiz bo'lishi kerak.

Ш Р

      Barcha mehnat muhojirlari boshqa davlatda yuqori maoshli ish topishga intiladilar. Ba'zilar o'zlari borib ish izlaydilar, ko'plari qarindoshlari yoki do'stlarining taklifi bilan boradilar. Fuqarolarimizning kichik bir qismigina tashkiliy ishga qabul qilish jarayoni doirasida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali ishlagani ketishadi

    Qarshi shahrida mart oyida jami 3 ta tadbir doirasida o‘tkazilgan chet davlatlariga ketuvchi mehnat muhojirlari uchrashuvida odam savdosi holatiga tushib qolish xavfi va potentsial xavfli vaziyatlarning belgilarini tushuntirishga harakat qildik. Kimdir shunga o'xshash vaziyatlarga duch kelib qolsa yoki yordamga muhtoj bo'lsa, qayerga murojaat qilish kerakligini batafsil tushuntirdik.

 Ayni paytda "Ogohlantirilgan - demak qurollangan " chaqirig'i juda muhim va bu bizning asosiy vazifamizdir.

RIAM “ISTIQBOLLI AVLOD" 2001- yildan buyon xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan har bir insonga yordam berishga intiladi. Tashkilotimiz huquqiy maslahatlar beradi, ma’rifiy tadbirlar o‘tkazadi va qiyin vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga tezkor yordam ko‘rsatish uchun “Dolzarb aloqa tarmog‘i” faoliyatini yuritadi.

  Agar sizga yordam kerak bo'lsa, tashkilotimizning “Dolzarb aloqa tarmog‘i”ga murojaat qiling....

  Faoliyatimizni qo'llab-quvvatlagan va dunyoni yaxshiroq qilishimizga yordam bergan barchaga rahmat! 💪🌍

🌞 RIAM "ISTIQBOLLI AVLOD"Qashqadaryo viloyat bo‘limi

☎️ +998954799494



Report Page