Mehmonlarimiz

Shodmon SULAYMON (1975)
Shodmon Sulaymon 1975-yilda Buxoroda tug‘ilgan. Buxoro davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakultetini tugatgan. Filologiya fanlari nomzodi. “Xosiyatli kun”, “Kuz xayoli”, “Tug‘ilgan kun”, “Men baxtli yaraldim”, “Odamning soyasi”, “Otamning ayvoni” kabi she’riy va nasriy kitoblari; “Qaynoq qum kengliklarida”, “She’riy san’atlar sehri”, “Adabiyot nazariyasiga oid tushunchalar”, “Adabiyotshunoslik atamalarining qisqacha izohli lug‘ati”, “Mutolaa shukuhi”, “Adabiy Buxoro: kecha va bugun” singari ilmiy risolalari nashr etilgan.