* Mehmonlarimiz

Olim TOSHBOYEV (1971)
Olim Toshboyev 1971-yil 27-mayda Surxondaryo viloyati Boysun shahrida tug‘ilgan. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlagan. Filologiya fanlari nomzodi. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. “Ultontoz” (roman va hikoyalar), “Abadiy zamondosh” (O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzaev haqida maqolalar), “Botindagi bo‘ron” (ilmiy-ma’rifiy maqolalar) kitoblari muallifi.