“Mega Loyiha” doirasida olib borilayotgan tadqiqot ishlarining abrobatsiyasi boʻlib oʻtdi

“Mega Loyiha” doirasida olib borilayotgan tadqiqot ishlarining abrobatsiyasi boʻlib oʻtdi


Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti mustaqil izlanuvchisi Djambilov Bekzod Xamitovichning 06.02.03.-xususiyy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarisah texnologiyasi ixtisosligi boʻyicha “Oʻzbekiston iqlim sharoitida orenburg zotli echkilarning biologik va mahsuldorlik xususiyatlaridan foydalanishning ilmiy asoslari” va mazkur ixtisoslik boʻyicha mustaqil izlanuvchi Ibragimov Baxodir Baxtiyorovichning “Quyonlarning biologik xususiyatlari va paratipik omillardan foydalanib mahsulodorlikni oshirishning ilmiy asoslari” mavzusi boʻyicha “Mega Loyiha” doirasida olib borayotgan tadqiqot ishlarining abrobatsiyasi boʻlib oʻtdi. 

Kirish soʻzini “Mega Loyiha” rahbari, universitet rektori, professor, X.Yunusov boshlab berib, bugungi abrobatsiya ishi tivit yoʻnalishidagi orenburg zotli echkilarning biologik va mahsuldorlik xususiyatlari hamda goʻsht yoʻnalishiga ixtisoslashgan quyonchilik boʻyicha boʻlib oʻtishi ta’kinlandi.

Dastlab tadqiqotchi B.X.Djambilov tomonidan hay’at a’zolari va ishtirokchilarga orenburg zotli echkilarning asosiy biologik xususiyatlari, tivit va qilchiq tolalarining ingichkaligi, echki sutining kimyoviy tarkibi, qonning morfologik tarkibi, goʻsht mahsuldorligi boʻyicha olingan natijalari bilan tanishtirib oʻtdi. 

Soʻng tadqiqotchi B.B.Ibragimov tomonidan erkak quyonlarda urugʻ sifatini baholosh boʻyicha olingan natijalar haqida toʻxtalib oʻtdi. Tadqiqotchi urugʻning qanday olinishi, hajmi, konsentratsiyasi, patologik shakllari, morfo-metrik koʻrsatkichlari boʻyicha olingan natijalar va ularning tahlili bilan tanishtirib oʻtdi. 

Hay’at a’zolari va ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga tadqiqotchilar tomonidan javob berildi. Abrobatsiya soʻngida hay’at a’zolari tadqiqotchilarga ilmiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan oʻz takliflarini berishdi.

🏛 Axborot xizmati



Report Page