Media tanlov

Media tanlov

OTFIV Toshkent shahar

I. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu Nizom “Toshkent bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihasi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufiga kiruvchi Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida Media tanlov (keyingi o‘rinlarda: tanlov) qoidalari, tashkil etish va uni o‘tkazish shartlarini tartibga soladi.

 II.  Tanlovning maqsad va vazifalari

  2.1. Tanlovining asosiy maqsadi salohiyatli kadrlarni aniqlash, sog‘lom raqobatni kuchaytirish, mustaqil va kreativ fikrlaydigan, yosh ijodkorlarni tarbiyalashda yuksak madaniyat, erkin fikrlash tafakkurini yuksaltirish, g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish orqali yosh ijodkorlarni bilimini kengaytirish hamda faoliyatini yanada takomillashtirish va rag‘batlantirishdan iborat.

2.2 Tanlov Toshkent shahridagi barcha oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli, kreativ fikrlaydigan faol talaba o‘quvchilarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish, jamoadagi hamjihatlik, zamon bilan hamnafasligi, yangi g‘oyalarga intilishi shu bilan birga o‘quvchilarning ta’lim dargohidagi fikrlarini o‘rganish maqsadida o‘tkaziladi.

 III. Tanlovda ishtirok etish tartibi.

  3.1. Media tanlovda ta’lim muassasalarining matbuot kotiblari yoki talaba yoshlar tomonidan avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan boy madaniy meʼrosni asrab-avaylash, me’yordan va bo‘yoqdorlikdan oshmagan holda yosh ijodkorlar tomonidan, avval hech qayerda joylanmagan, foydalanmagan, 3 daqiqadan oshmagan o‘quvchi yoshlar tomonidan ijtimoiy rolik tayyorlanadi va Toshkent shahar hokimligi va Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida yoritiladi.

3.2. Videoroliklar Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari;

Aholi uchun yaratilayotgan keng maskanlar, so‘lim ko‘chalar;

Talabalar uchun yaratilgan imkoniyat va qulayliklar;

Toshkent shahrining kecha va bugungi kundagi qiyofasi to‘g‘risida videorolik bo‘lishi kerak.

3.3. Tanlov 2024-yil 15-maydan, 22-mayga qadar davom etadi.

3.4. Birinchi bosqich (13-20-may kunlari). Har bir videoloyiha @just_diyor telegram manziliga yuboriladi. Har bir yuborilga videoloyiha Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida yoritiladi. Bildirilgan munosabat asosida ikkinchi bosqichga saralanib olinadi.

3.5. Ikkinchi bosqich (21-22-may kunlari) Toshkent shahar hokimligi rasmiy ijtimoiy tarmoqlariga joylanadi va ekspertlar guruhi tomonidan baholanadi.

3.6. Ko‘rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan videorolikka ovoz berish hisoblanmaydi.

IV. Appelatsiya komissiyasining vazifalari

4.1. Apellyatsiya komissiyaning tarkibi 3 kishidan iborat bo‘ladi.

4.2. Apellyatsiya komissiyasi ishtirokchilarning shikoyatlarini tanlov natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat muddat ichida ko‘rib chiqadi.

4.3. Apellyatsiya komissiyasi qabul qilgan qaror tegishli ravishda bayon bilan rasmiylashtiriladi.

V. Tanlovning baholash tartibi

5.1. Media tanlovi xolisonalik va shaffoflik asosida jamoatchilikning fikrini bilish orqali aniqlanadi va taqdirlanadi.

5.2. Ekspertlar guruhi ikkinchi bosqichga o‘tgan loyihalarni tasdiqlaydi va g‘oliblarni belgilaydi.

 VI. G‘oliblarni taqdirlash

6.1 Tanlov g‘olibi bo‘lgan ishtirokchilar sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

 VII. Ko‘rik-tanlovni yoritilishi

7.1. Toshkent shahar hokimligi va Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining matbuot xizmati tanlovni axborot ko‘makchisi etib belgilanadi





 


Report Page