“Media start” loyihasining NIZOMI

“Media start” loyihasining NIZOMI

@mediastartuzbot

“Media start” loyihasining NIZOMI

1. Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur Nizom aholining media savodxonligini oshirish, O‘zbekiston va butun dunyoda bo‘layotgan voqea-hodisalarni xolis va haqqoniy yoritish, sog‘lom fikrli jurnalist va blogerlarni qo‘llab-quvvatlash, blogerlik faoliyatiga qiziqqan yoshlarga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan – “Media start” loyihasining (keyingi o‘rinlarda – Loyihа) amalga oshirish mexanizmi va tartib-taomillarini belgilaydi.

2. Loyihaning maqsad va vazifalari

2.1. Loyihaning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:

  • blogerlik faoliyatiga qiziqqan yoshlarga bepul o‘qitish;
  • o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarning soha bo‘yicha loyihalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va zarur texnikalar bilan ta’minlash;
  • mutaxassislarni ish bilan ta’minlanishiga va blogerlik faoliyati orqali daromad topishiga ko‘maklashish;
  • milliy media maydonda sifatli va ijobiy kontent ishlab chiqishni rag‘batlantirish.

2.2. Loyihaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • blogerlik faoliyati bo‘yicha nazariy va amaliy o‘quv kurslarini tashkil etish;
  • ijtimoiy tarmoqlar, zamonaviy dasturlar va texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini o‘rgatish;
  • O‘zbekiston va butun dunyoda bo‘layotgan voqea-hodisalarni xolis va haqqoniy yoritishni o‘rgatish, faktcheking ko‘nikmalarini shakllantirish;
  • sog‘lom fikrli jurnalist va blogerlarni qo‘llab-quvvatlash, blogerlik faoliyatiga qiziqqan yoshlarga har tomonlama ko‘maklashish.

3. Tinglovchilarga qo‘yiladigan talablar

3.1. Loyihada 18 – 30 yoshdagi, blogerlik faoliyatiga qiziqqan, O‘zbekiston Respublikasi fuqorosi bo‘lgan oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Loyiha Toshkent shahrida tashkil etiladi (tinglovchi Toshkent shahrida yashashi yoki har kuni Toshkent shahriga qatnay olish imkoniyatiga ega bo‘lishi talab etiladi).

3.2. Tinglovchilarga o‘z sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga egaligi, ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritishga qiziqishi, ijodiy va kreativ fikrlashi ustuvorlik beradi.

3.3. Nomzod tinglovchilikka qabul qilin gandan so‘ng loyihaning o‘quv kurslari, yig‘ilishlari va amaliy tadbirlarida muntazam ishtirok etishi lozim.

Qo‘shimcha talab va afzalliklar:

  • Tinglovchilar ijodkorlikka moyil, yangicha fikrlay olish, jamoada ishlash va muloqot qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
  • Zamonaviy raqamli texnologiyalardan (smartfon, noutbuk, ijtimoiy tarmoq platformalari, foto va video muharrir dasturlari) foydalanish bo‘yicha asosiy ko‘nikmalarning mavjudligi (qo‘shimcha ustunlik sifatida qabul qilinadi);
  • Axborot bilan ishlash, tahlil qilish va qisqa hamda aniq ifoda qila olish, ijtimoiy tarmoqlarda ishlash tajribasiga ega bo‘lish, shaxsiy blog yoki ijodiy ishlardan namunalar taqdim etish nomzod uchun afzallik sifatida qaraladi;
  • Davlat tilida ishlay olish, rus va ingliz tillarida erkin muloqot qilish (tinglovchi uchun xalqaro hamkorlik sohasida ishtirok etish uchun ustuvorlik sifatida qabul qilinadi).

3.4. Loyihada jarayonida tinglovchilarning mas’uliyatli bo‘lishi, intizomga rioya qilishi va o‘z ustida ishlashga tayyor bo‘lishi talab etiladi.

4. Tinglovchilikka nomzodlarni tanlash tartibi

4.1. Tinglovchilikka talabgorlar bo‘lgan shaxslar “Media start” loyihasida ishtirok etishni istagan taqdirda e’lon qilingan “Mediastartuzbot” (@mediastartuzbot) telegram bot orqali ro‘yxatdan o‘tadi va quyidagi ma’lumotlarni kirita di va bu bilan o‘zlarining shaxsga doir ma’lumotlarini amaldagi qonunchilik talablariga ko‘ra yig‘ish va saqlashga rozilik bergan hisoblanadi:

  • ism-familiyasi, otasining ismi;
  • tug‘ilgan sanasi;
  • tug‘ilgan joyi;
  • yashash manzili;
  • fotosurat (9x12 hajm, JPEG formatda);
  • ta’lim olayotgan ta’lim muassasasi;
  • soha bo‘yicha olingan sertifikat, diplomlari (agar mavjud bo‘lsa);
  • ijodiy ishlardan namunа/portfoliyo (agar mavjud bo‘lsa);
  • aloqa uchun telefon raqami va boshqalar.

4.2. Tinglovchilar mazkur Nizom bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish jarayonida kiritgan ma’lumotlari asosida tanlab olinadi hamda og‘zaki va ijodiy imtihondan offline tarzda o‘tkazilib, “Media start” loyihasida ishtirok etish kelishuvini imzolagandan so‘ng tinglovchilikka aylanadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @mediastartuzbot

Report Page