Media sohasiga qiziquvchilar uchun “Eko fokus” fotolar tanloviga start beramiz

Media sohasiga qiziquvchilar uchun “Eko fokus” fotolar tanloviga start beramiz

"Kamalak" bolalar tashkiloti

“Eko fokus” fotolar tanlovi - o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni fotografiya sohasiga qiziqtirish, yoshlarning qalbida ona tabiatga muhabbat uyg‘otish, ekologiya va atrof-muhitni asrab-avaylash, ekosavodxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkaziladi.

Tanlov ishtirokchilarining yosh toifasi:  10-18 yosh;

Foto suratlar ishtirokchilar tomonidan fotokamera yoki mobil qurilmalari yordamida suratga olinib, 8-fevraldan 18-fevral sanasiga qadar tanlovning rasmiy boti @kamalakdantanlov 👈 manziliga yuboriladi.

Ishtirokchi fotosuratini o‘zi nomlaydi va asosiy e'tiborni ekologiya va atrof muhitni asrab avaylashga qaratishi lozim.

Hakamlar hay’ati fotosuratlarni quyidagi mezonlar asosida baholaydi: 

a)Foto suratlarni tanlov mavzusidan kelib chiqib, to‘g‘ri tanlangani bo‘yicha — 25 ball;

b)Foto suratlarning kreativ va ta’sirchanligi bo‘yicha — 25 ball;

c)Foto suratlarning sifat darajasi, to‘g‘ri rakurs tanlanganligi bo‘yicha— 25 ball;

d)Foto suratlarning plagiat (ko‘chirmachilik) va mualliflik xuquqiga rioya qilinganligi bo‘yicha — 25 ball;

Ishtirokchilar maksimal 100 ball to‘plash imkoniyatiga ega.

Tanlov g‘oliblari "Kamalak" bolalar tashkiloti va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan diplom va quyidagi esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar:

1-O‘rin - 128 gb fleshka va kitoblar jamlanmasi;
2-O‘rin - Power Bank va kitoblar jamlanmasi;
3-O‘rin - Termo krujka va kitoblar jamlanmasi.


Tanlov yuzasidan barcha yangiliklarni 👉 @Kamalakbt_uz kanalida kuzatib boring!


Report Page