Mazali yumshoq keks 😋
💠 Tuxum – 4 ta
💠 Shakar – 1 stakan
💠 Un – 250 300 gr un
💠 Razrixlitel – 1 choy qoshiq
💠 Soda – 1 choy qoshiq
💠 Sut – 250 ml
💠 Yogʻ – 150 ml
💠 Malina
💠 Eritilgan sariyogʻ – 25 ml
1⃣ Dastlab, idishga tuxumni chaqib solamiz va unga shakar solib mikser bilan yaxshilab koʻpirtiramiz. Soʻngra 2-3 qoshiq un, razrixlitel va sodani limon suvi bilan oʻldirib solamiz.
2⃣ Ustidan sut va yogʻni quyib, unning qolgan qismini solamiz va quyuq holiga kelguncha mikserlaymiz. Massamizning yarmini qolipga quyib, orasiga malina, shokolad va boshqa shu kabi meva yoki shirinliklar solib olishimiz mumkin.
3⃣ Ustidan massaning yarmini quyamiz. Soʻngra ustiga eritilgan sariyogʻ quyib, yana malinalar bilan bezaymiz. Duxovkada 180°C da 40-45 daqiqada pishirib olamiz. Keks tayyor, yoqimli ishtaha.
❤️ Yoqimli ishtaha, azizlar!
turkona_cooking sahifasidan olindi