Mazali yegulik 😋

Mazali yegulik 😋


300 gr sut

450 gr un

500 gr kartoshka

300 eriydigan sir

4 dona sosiska

Ukrop

Tabga koʻra tuz

4 qoshiq oʻsimlik yogʻi

Kartoshkani qaynatib, tuz sepip pyure qilib ezib olamiz. Qirgʻichdan chiqarilgan sir, sosiska, ukrop va tuz solib aralashtirib olamiz.

Videoda koʻrsatilgandek koptokchalarni yasab olamiz.

Alohida idishda sut, tuz, oʻsimlik yogʻi va un solib yumshoq hamir qorib olamiz.

Biroz tindirib, zuvalachalarga boʻlib olamiz.

Hamirni yoyib orasiga pyureli koptokchamizni qoʻyib, videoda koʻrsatilgandek hamirni tugib olamiz.

Tugib olgan hamirimizni juva yordamida yoyib olamiz.

Quruq tovada pastroq olovda orqa oldini qizartirib olamiz.

Ikki tarafiga ham saryogʻ surtamiz.

Retsept tayyor, duo qilishni unutmang❤️!

Tass_cooking sahifasidan olindi

Kunlik_retseptlar

Report Page